Internet saytlari 1. www.gov.uz – Oʻzbekiston Respublikasi hukumat portali.
2. www.lex.uz – Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi.
3. http://www.Ziyonet.uz.
3-mavzu: Harakatlarga o’rgatish jarayoni bosqichlarining xususiyatlari va tuzilishi Reja: 1. Dastlabki o’rgatish bosqichining maqsadi va vazifalari.
2. Chuqurlashtirilgan o’rgatish bosqichining maqsadi va vazifalari.
3. Harakatlarni mustahkamlash va yanada takomillashtirish bosqichining maqsadi va vazifalari.
Tayanch iboralar:o‘rgatish bosqichlari, dastlabki o‘rgatish, chuqurlashtirilgan o‘rgatish, takomillashtirish.
Harakatlarga o’rgatish bosqichlari O’rgatish jarayonining umumiy yo’nalishi mashq texnikasi negizini va uning variantlarini (mashq negizi puxta egallangandan keyin) mustahkam o’zlashtirishdan iboratdir. O’rgatish jismoniy sifatlarning, avvalo, chaqqonlikning rivojlanib borishi bilan bir vaqtda davom etadi.
Harakatli mashqlarga o’rgatishning uzoq davom etishi va qiyinligi ko’p jihatdan mashq tuzilishining qay darajada murakkabligiga bog’liqdir. Mashq tuzilishining murakkabligi, o’z navbatida, uni tashkil etuvchi harakatlarning miqdoriga, ularning masofa hamda vaqt jihatidan aniq bajarilishiga, mushaklarning zo’r berib aniq harakat qilishiga, shuningdek, ularning o’zaro aloqada bo’lishiga va harakat aktining umumiy ritmiga ham bog ‘liq bo’ladi.
O’rgatish vaqtida murakkab harakat aktlari – tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi fazalar o’rtasidagi o’zaro aloqalarning xususiyatlari ham hisobga olinadi. Bo’lib yuborish metodidan foydalanish harakatni o’rganishning izchilligini belgilash uchun, shuningdek, tayyorgarlik mashqlarini tanlash uchun muhimdir. O’rganishni ba‘zi hollarda, asosiy fazadan – harakat faoliyatining asosiy mexanizmidan boshlash mumkin (masalan, granata uloqtirishdan, yugurib kelib sakrashdan va b. Boshqa hollarda, asosiy fazani bajarish tayyorgarlik fazasiga, ayniqsa, kuchli bog’liq bo’lganda, birinchi navbatda, tayyorgarlik fazasini o’zlashtirish maqsadga muvofiqdir (maslan, qo’shpoyada siltanib orqaga ko’tarilishdan avval gavdani qo’l barmoqlari tomon siltab tortish); ba‘zida shikastlanishning oldini olish maqsadida avval yakunlovchi fazani o’rganish ma‘quldir (masalan, sakrashda to’g’ri tushish).
Ayrim harakat faoliyatiga o’rgatish jarayoni quyidagi bosqichlardan iboratdir: