1-mavzu: Harakat faoliyatini shakllashtirishning qonuniyatlari Reja: O’rgatish jismoniy tarbiya jarayonining bir tomoni ekanligi



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə71/71
tarix25.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#194093
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
2-kurs JMNM new majmua 2023

Pedagogik ta’sirotlar natijasini o‘stirishda yuksaltirib borish va moslashtiruv – adekvat chegaraviyligi tamoyili.
Mazkur tamoyil jismoniy qobiliyatlar rivojlanishining bosqichma – bosqichligi va bir tekisda bormasligi qonuniyatlariga asoslanadi. Bu tamoyilga ko’ra, jismoniy qobiliyatlarni takomillashtirish jarayonida ikkita, bir qarashda o’zaro zid yo’nalishlarni uyg’unlashtirish zarur bo’ladi.
Asta-sekin, darajama – daraja, ya‘ni tadrijiy ravishda yuklamani ham alohida bir mashg’ulotda, ham qator mashg’ulotlar davomida oshirib borish inson organizmining ularga moslashishini osonlashtiradi, sodir bo’layotgan moslashuv jarayonlarini chuqur-lashtiradi va mustahkamlaydi, shu tariqa yuklamalarning yangi, yuqoriroq darajasiga o’tish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Organizmdagi a‘zolar va tizimlarning jismoniy imkoniyatlariga mos kelmaydigan, haddan tashqari
baland talablar qo’yish, jismoniy qobiliyatlarni tez o’stirishga urinish (jadallashtirilgan mashg’ulotlar) teskari ta‘sir ko’rsatib, salomatlik uchun zararli bo’lishi ham mumkin.
Shuni yodda tutish kerakki, yuklama ta‘sirida organizmdagi turli a‘zolar, tizim va funksiyalarning morfologik takomillashuvi sur‘atlari bir xil bo’lmaydi. Demak, shug’ullanish jarayo-nida turli yo’nalishdagi mashqlarni qo’llash har bir holatda yuklamaning o’ziga xos tarzda oshirib borilishini talab qiladi. Masalan, ―shpagat mashqi uchun bo’g’imlardagi harakatchanlikni oshirishda jiddiy yutuqlarga 3 oylik mashg’ulotlar davomida erishish mumkin, harakat apparatining bir necha mushak guruhlaridagina hajmni sezilarli kattalashtirish uchun kamida 6 oy zarur bo’ladi.
Ayni vaqtda yurak – qon tomir va nafas tizimlari faoliyatini yaxshilash maqsadida 10-12 oy davomida muntazam shug’ullanish kerak. Jismoniy qobiliyatlar xususida so’z borganda, bu tafovutlarni sodda qilib quyidagicha ifodalash mumkin: egiluvchanlik kun sayin ortib boradi; kuch – hafta sayin; tezkorlik – oy sayin; chidamlilik esa yil sayin.
Yuklamalarni oshirib borishdagi tadrijiylik chegaraviy (maksimal) yuklamalarning qo’llanilishini istisno etmaydi, balki ko’zda tutadi. Bunday yuklamalar muayyan sharoitlarda jismoniy qobiliyatlarning rivojlanish darajasida juda yuqori ijobiy o’zgarishlarga sabab bo’la oladi. Chegaraviy yuklama deganda, inson organizdaqing funksional zahiralarini to’la safarbar etadigan, lekin uning moslashish imkoniyatlari chegarasidan chiqmaydigan yuklama tushuniladi. U organizmning me‘yorida faoliyat ko’rsatishiga zarar keltirmaydi, uning haddan ziyod zo’riqishiga sabab bo’lmaydi. ―Chegaraviy yuklama tushunchasi nisbiy ma‘noga ega: tayyorlikning bir darajasida chegaraviy hisoblangan yuklama boshqasida bunday sanalmaydi. Shu tariqa muntazam mashg’ulotlar jarayonida organizmning funksional imkoniyatlari ortib borar ekan, ilgari maksimal bo’lgan yuklama odatdagiga aylanib boradi.
Shunday qilib, maksimal yuklamaning haqiqiy ko’rsatkichlarini insonning muayyan jismoniy holatiga nisbatangina aniqlash mumkin.
Albatta, jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishda maksimal yuklamalarni shug’ullanuvchilarda tegishli tayyorgarlik mavjud bo’lganda, ularning yoshini, alohida xususiyatlarini, shuningdek, yuklamalarning ham o’ziga xos jihatlarini e‘tiborga olgan, boshqa tamoyillarga rioya qilgan holda qo’llash zarur.
Jismoniy yuklamaning kattaligi uning hajmi va shiddati bilan tavsiflanadi. Shunga ko’ra yuklama ish hajmini oshirish yoki uni bajarish shiddatini kuchaytirish yoxud bir vaqtning o’zida har ikkala ko’rsatkichni o’zgartirish hisobiga amalga oshiriladi. Amaliyotda yuklamani tadrijiy ravishda orttirib borishning turli shakllaridan foydalaniladi: to’g’ri chiziqli, ko’tariluvchi, pog’onali, to’lqinsimon va sakrovchan ravishda orttirish.
Turli xususiyatli pedagogik ta’sirotlarni vaqt mobaynida oqilona taqsimlash va uyg‘unlashtirish tamoyili.
Bu tamoyil bir mashg’ulot doirasida ham, mashg’ulotlar seriyasi doirasida ham kattaligi va yo’nalishi jihatidan turlicha yuklamalarning o’zaro aloqasi hamda navbatlashuv tartibining oqilona asoslanishi, maqsadga muvofiqligiga rioya qilinishini talab eta-di. Uni joriy etish uchun ish va dam olishni navbatlash negizida yotuvchi qonuniyatlarni hamda jismoniy qobiliyatlarning ―ko’chishi qonuniyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega.
Jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish jarayonida ko’proq tanlab ta‘sir qiluvchi va majmuali tavsifdagi, har xil – katta, o’rta va kichik yuklamalardan foydalanish mumkin. Birinchi tilga olingan yuklamalar asosan alohida qobiliyatlarni, masalan, tezkorlik va kuch qobiliyatlarini, keyingilari esa turli faoliyat chog’ida tezkorlik va chidamlilik imkoniyatlarini izchil yoki muvoziy tarzda (ayni bir vaqtda) takomillashtirishni ko’zda tutadi.
Alohida mashg’ulot yoki mashg’ulotlar seriyasi davomida ma‘lum bir qobiliyatni rivojlantirishda bir xil yo’nalishdagi yuklamalardan foydalanish inson organizmiga majmuali yuklamalarga qaraganda ancha chuqur, lekin chegaralangan ta‘sir ko’rsatishi isbotlangan. Amaliyotda tanlab ta‘sir ko’rsatuvchi yuklamalarning turli uyg’unlikdagi variantlari ko’p uchraydi. Masalan, bir mashg’ulot mobaynida chang’ichi – poygachining aerob chidamliligini rivojlantirish uchun faqat motorli chang’ilarda harakatlanishdan foydalanish mumkin. Lekin bu mashqni turli usullar rejimida bajarish lozim: dastlab oraliqli, keyin esa bir me‘yorli usul qo’llaniladi yoki, aksincha, bir usuldagi mashg’ulot tuzilishida bir yo’nalishli har xil vositalar majmuasidan foydalanish mumkin.
Majmuali yo’nalishdagi yuklama organizmga ancha keng, ammo yuzakiroq ta‘sir ko’rsatadi. Turli qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan majmuali yo’nalishdagi yuklamalarni qo’llashda, birinchi navbatda, quyidagilarga e‘tibor berish zarur:
oqilona izchillikni, ya‘ni har xil qobiliyatlarni rivojlantirishga ko’maklashadigan yuklamalarni mashg’ulotga kiritish tartibi va ketma – ketligini aniqlab olish;
yuklamalar hajmi va shiddatining oqilona nisbatini tanlash.
Ma‘lumki, tezkorlik xususiyatiga ega bo’lgan yuklamalar chidamlilikning ko’proq namoyon etilishini talab qiladigan yuklamalar uchun qulay fiziologik sharoit yaratadi. Ular esa o’zidan keyin bir necha soat mobaynida (agar jiddiy o’sish yuz bergan bo’lsa), tezkorlik mashqlarining bajarilishiga salbiy ta‘sir ko’rsatadigan ―iz qoldirib ketadi. Yana shu ham aniqlanganki, tezkorlik yuklamalari kuch xususiyatlariga ega bo’lgan ta‘sirotlar bilan yaxshi uyg’unlashadi, bunda ijobiy davomli ta‘sir ma‘lum sharoitda, ya‘ni kuch mashqlari tezkorlik mashqlaridan avval bajarilgandagi holatda ham, ularning teskari ketma – ketligi holatida ham amal qilishi mumkin.
Shuning uchun majmuali mashg’ulotlarda yuklamaning eng maqbul ketma-ketligini tanlashda ularning asosiy yo’nalishiga qarab quyidagi tartibda qo’llash mumkin:



Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin