Harakat malakalari va jismoniy qobiliyatlarningo’zaroaloqasivabirligi. Jismoniy qobiliyatlar faoliyat chog’ida namoyon bo’lar ekan, ularni harakat malaka va ko’nikmalaridan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi. Insonning u yoki bu harakat faoliyatini qay darajada o’zlashtirib olganiga qarab tegishli jismoniy qobiliyatlarini yuzaga chiqarish darajasi ham o’zgaradi.
Jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish tamoyillari
Harakatga o’rgatish va jismoniy qobiliyatlarni rivojlan-tirish jarayonlari, ularning ta‘sir ob‘ekti bitta - jismoniy mashqlarni bajarayotgan muayyan odam bo’lishiga qaramay, turli qonuniyatlarga bo’ysunadi. Qonuniyatlarning o’ziga xosligi ularni ro’yobga chiqarish uchun tegishli pedagogik (usuliy) amallarni talab qiladi: harakatlarga o’rgatish uchun - bir xil pedagogik tamoyil-lar, jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish uchun boshqalari. Aytmoqchi, harakat faoliyatlarini o’zlashtirishda bu pedagogik jarayonning alohida xususiyatlaridan hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya sohasida pedagogik jarayonni olib boruvchi kishi uni faqat ta‘lim va tarbiya tamoyillariga emas, jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish tamoyillariga muvofiq ravishda qurishi kerak bo’ladi. Bunda shuni hisobga olish lozimki, jismoniy mashqlarga o’rgatish tamoyillari yagona talablarni o’zida aks ettiradi: har qanday pedagogik jarayon onglilik, faollik va boshqa tamoyillar asosiga qurilishi zarur. Ammo mazkur tamoyillarning aniq ro’yobga chiqarilishi (ya‘ni vosita hamda usullarning tanla- nishi) hal etiladigan vazifalarga (yo o’rgatishning, yoki jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishning vazifalariga) muvofiq bo’li-shi shart. Deylik, harakat faoliyatini o’rgatishda tadrijiylik tamoyili hozirlovchi mashqlar tizimi qurish orqali, jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishda esa jismoniy yuklama tizimi qurish orqali amalga oshiriladi.
Demak, jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishning har qanday usuliyati didaktik tamoyillarning o’ziga xos tarzda amalga oshirilishini ko’zda tutishi lozim. Harakatlarga o’rgatish o’rganuvchiga berilayotgan jismoniy yuklamalarning ta‘siriga bog’liq ekan, organizmning taxmin qilinayotgan yuklamalarga javob ta‘siri qonuniyatlarini hisobga olish ehtiyoji paydo bo’ladi. Shuning uchun ham insonning holati bilan jismoniy yuklamalarning ularni vaqt nuqtai nazaridan tashkil etish bilan bog’liq tarzdagi aloqalari qonuniyatlarini ifodalovchi alohida, o’ziga xos tamoyillar mavjud.
Pedagogikta’sirotningmuntazamligitamoyili. Mazkur tamoyil insonning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanishi zaruriyatini ko’zda tutadi. Chunki qobiliyatlar, avvalo, o’z-lari namoyon bo’ladigan faoliyat jarayonida rivojlanadilar va takomillashadilar. Mazkur tamoyil asosida shunday qonuniyatlar yotadiki, ular inson organizmida harakat hamda faoliyatlarning takroriy ta‘siri, ishchanlik qobiliyati tiklanishining har bir bosqichida ish va dam olishning turlicha navbatlashuvi qanday aks etishini, shuningdek, mashg’ulotlar orasida o’zini oqlamaydigan darajadagi uzoq muddatli tanaffuslar yuz berganda, qobiliyatlar rivojining qaytariluvchanligini tavsiflaydi.
Jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishda ta‘sirotlar-ning mustaqilligi alohida dars doirasida u yoki bu mashqlarni zarur tartibda bajarish, shuningdek, ma‘lum vaqt mobaynida (haf-ta, oy, chorak, yil va h.k.) dars va ular orasidagi dam olish oraliq-larini to’g’ri navbatlash orqali ta‘minlanadi. Alohida darsda harakat faoliyatini ko’p marotabalab bajarish hamda darslarning o’zini takrorlash natijasida inson organizmida funksional siljish yuz berib, ular tegishli ta‘sirni tavsiflaydi. Har bir mashqni bajargandan so’ng yoki dars yakunida organizmda sodir bo’la-digan o’zgarishlarni tez muddatli (yaqin)ta‟sirsifatida belgilaydilar. Bu ta‘sir darhol yo’q bo’lmaydi, u ma‘lum muddat saqlanib turadi.
Avvalgi dars tugaganidan keyingi dars boshlan-guniga qadar organizmning holatida kuzatiladigan barcha o’zgarishlar chetga surilgan yoki shakli o’zgartirilgan ta‟sir deb ataladi. Agar darslar orasida haddan tashqari uzoq tanaffus bo’lsa, bu ta‘sir umuman yo’qolib ketishi mumkin, bu esa jismoniy qobili-yatlar rivojida jiddiy tarzda aks etmaydi. Shuning uchun jismoniy qobiliyatlar ko’rsatkichlarida ijobiy o’zgarishlar bo’lishi yoki ularning erishilgan darajasini saqlab qolish uchun tanaffuslarga yo’l qo’ymaslik kerak, ular darslarning ijobiy ta‘sirini yo’qqa chiqaradi.
Boshqacha aytganda, pedagog pedagogik jarayonni shunday qurishi kerakki, har bir avvalgi darsning ―izlari keyingi darsning ta‘siri ustiga ―qoplanishi (unga qo’shilishi) zarur. Bunday ish olib borish natijasida jamg’ariluvchi (to’planuvchi) ta‟sir yuzaga keladi, organizmda moslashish bilan bog’liq chuqur qayta qurishlar amalga oshib, ular tana a‘zolari va tuzilmalarning sifat jihatidan yangi funksional darajaga o’tishiga erishish imkonini beradi.
Demak, muntazamlik tamoyilini amalga joriy etishda jismoniy qobiliyatlar rivojlanishining asosini tashkil etuvchi funksional hamda tuzilishga oid moslashuv jarayonlarining uzluksizligi, ya‘ni doimiyligini ta‘minlash lozim. Bunga, eng avvalo, har bir qobiliyatni takomillashtirish uchun eng maqbul sanalgan harakat faolligi rejimiga rioya qilish orqali erishiladi, uning asosida esa, ma‘lumki, ish va dam olishni u yoki bu tarzda navbatlash tartiblari yotadi.