3-bob. Yakunlovchi qoidalar
9. Vazirlik ushbu Nizomga muvofiq ko‘krak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlarning hujjatlari xolis ko‘rib chiqilishi uchun bevosita javobgardir.
10. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-yanvardagi 65-son qaroriga
3-ILOVA
“Alpomish” ko‘krak nishoni tavsifi
“Alpomish” ko‘krak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘lib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
“Alpomish” ko‘krak nishonining old tomoni chegara qismidan 5 millimetr oraliqda eni 1,5 millimetr qalinlikda ichki doira shaklida bo‘lgan sariq rangli hoshiya bilan o‘ralgan. Hoshiyaning ichida, ko‘krak nishoni old yuqori qismida bosma harflar bilan “ALPOMISN” so‘zi lotin alifbosida (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 16-kegl) jigarrang va sariq ranglar aralashmasidan hosil bo‘lgan rangda yozilgan.
“ALPOMISN” so‘zi boshlanishi va yakunida 4 millimetr kattalikda yer yuzida tinchlik uchun xizmat qiluvchi bilim va ma’naviyatni yanada boyitishni ifodalovchi sakkiz qirrali yulduz ramzi tushirilgan. Ko‘krak nishonining old past qismida 8 millimetr kattalikda sakkiz qirrali yulduz ramzi tushirilgan.
Pastki sakkiz qirrali yulduz ichida rim raqamida uzunligi 6 millimetr, qalinligi 2 millimetrlik “I”, “II” yoki “III” raqami tasviri qora hoshiyada tushurilgan. Ko‘krak nishonining old past qismida joylashgan yulduzning o‘ng va chap tomoni yuqorida joylashgan sakkiz qirrali yulduzgacha tinchlik ramzini ifoda etuvchi lavr bargi tasviridagi chambar jigarrang va sariq ranglar aralashmasidan hosil bo‘lgan rangda tushirilgan.
Ko‘krak nishonining markazi tinchlik, soflik ramzi bo‘lgan yashil rang bilan qoplangan. Ko‘krak nishonining markazida “Alpomish” dostonining bosh qahramoni — mardlik, jasurlik, epchillik, chaqqonlik, shijoat va vatanparvarlik, komillik va ezgulik timsoli bo‘lgan Alpomishning Boychibor otida qo‘lida kamon ushlab turgan tasviri ifodalangan. Alpomishning yuzi oq, soqoli qora, qo‘llaridagi himoya kiyimi va oyog‘idagi etigi hamda otining egari qizg‘ish, sovuti va kamoni oq va qora rangdan hosil bo‘lgan och rangda tasvirlangan.
Alpomishning Boychibor laqabli otining dumi, yoli, tumshug‘ining old qismi hamda tuyoqlari oq va qora rangdan hosil bo‘lgan och rangda tasvirlangan. Otning o‘zi oq randa, oyog‘ining o‘ng orqa oyog‘i qoramtir rangda tasvirlangan.
Ko‘krak nishonining qalinligi 2.2 millimetr.
Ko‘krak nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan o‘ralgan.
Nishonning orqa tomoniga kiyimga taqib qo‘yish uchun to‘g‘nag‘ich moslama o‘rnatilgan.
“Alpomish” ko‘krak nishoni
“Alpomish”ko‘krak nishoni guvohnomasining tavsifi
“Alpomish” ko‘krak nishoni guvohnomasi 100x70 millimetr o‘lchamdagi to‘rt burchak shaklida bo‘lib, 350 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qog‘ozdan tayyorlanadi.
Guvohnomaning tashqi tomoni moviy rangda bo‘lib, uning chegara qismidan 5 millimetr oraliqda eni 3 millimetr qalinlikda ichki to‘rt burchak shaklida bo‘lgan to‘q ko‘k rangli hoshiya bilan o‘ralgan.
Guvohnomaning tashqi tomoni yuqori qismi hoshiyasidan 5 millimetr pastda kirill alifbosida katta harflar bilan “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” deb yozilgan.
Guvohnomaning ustki qismi markazda “Alpomish” ko‘krak nishonining asliga teng o‘lchamda va rangda nishonning tasviri aks ettirilgan. Tasvirning pastki qismida katta harflar bilan “GUVOHNOMA” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) so‘zi yozilgan. Yozuvlar zarhal rangda aks ettirilgan.
Guvohnomaning ikkinchi tomoni oq rangda bo‘lib, 5 millimetr oraliqda eni 3 millimetr qalinlikda ichki to‘rt burchak shaklida bo‘lgan to‘q ko‘k rangli hoshiya bilan o‘ralgan. Guvohnomaning yuqori qismi chekkasidan 12 millimetr pastda kirill alifbosida katta harflarda “Alpomish” kompleksi talablarini bajarganligi uchun” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 12-kegl) so‘zlari yozilgan.
So‘zlardan 15 millimetr pastda taqdirlanadigan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oralig‘i 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan va uchinchi chiziq oxiriga “miqyosidagi” so‘zi (“Times new Roman Bolt” shrifti, 12-kegl), chiziq ostida (“Times new Roman Bolt” shrifti, kursiv, 7,5-kegl) mahalla, tashkilot, ta’lim muassasasi, tuman (shahar), viloyat, respublika so‘zlari yozilgan.
Undan 5 millimetr pastda uzunligi 5 millimetr bo‘lgan bitta chiziq tortilgan, chiziqdan so‘ng “darajali ko‘rak nishoni bilan taqdirlanadi.” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 12-kegl) so‘zlari yozilgan.
Undan 15 millimetr pastda uzunligi 80 millimetrli bitta chiziq tortilgan, chiziq osti chap tomoniga “(lavozimi)”, o‘rtada “(imzo)” va o‘ng tomonda “(muhr o‘rni)” kursivda (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan.
Guvohnomaning ikkinchi tomoni past hoshiyadan 5 millimetr yuqori qismi chap tomonidan “20___ yil “____” _________________” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan. Yozuvlar va chiziqlar qora rangda aks ettirilgan.
“Alpomish” ko‘krak nishoni guvohnomasi
“Barchinoy” ko‘krak nishoni guvohnomasining tavsifi
“Barchinoy” ko‘krak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘lib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
“Barchinoy” ko‘krak nishonining old tomoni chegara qismidan 5 millimetr oraliqda eni 1,5 millimetr qalinlikda ichki doira shaklida bo‘lgan sariq rangli hoshiya bilan o‘ralgan. Hoshiyaning ichida, ko‘krak nishoni old yuqori qismida bosma harflar bilan “BARCNINOY” so‘zi lotin alifbosida (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 16-kegl) jigarrang va sariq ranglar aralashmasidan hosil bo‘lgan rangda yozilgan.
“BARCNINOY” so‘zi boshlanishi va yakunida 4 millimetr kattalikda yer yuzida tinchlik uchun xizmat qiluvchi bilim va ma’naviyatni yanada boyitishni ifodalovchi sakkiz qirrali yulduz ramzi tushirilgan. Ko‘krak nishonining old past qismida 8 millimetr kattalikda sakkiz qirrali yulduz ramzi tushirilgan.
Pastki sakkiz qirrali yulduz ichida rim raqamida uzunligi 6 millimetr, qalinligi 2 millimetrlik “I”, “II” yoki “III” raqami tasviri qora hoshiyada tushirilgan. Ko‘krak nishonining old past qismida joylashgan yulduzning o‘ng va chap tomoni yuqorida joylashga sakkiz qirrali yulduzgacha tinchlik ramzini ifoda etuvchi lavr bargi tasviridagi chambar jigarrang va sariq ranglar aralashmasidan hosil bo‘lgan rangda tushirilgan.
Ko‘krak nishonining markazi tinchlik, soflik ramzi bo‘lgan yashil rang bilan qoplangan. Ko‘krak nishonining markazida “Alpomish” dostonining qahramoni — ayollar timsolidagi mardlik, jasurlik, epchillik, chaqqonlik, shijoat va vatanparvarlik, komillik va ezgulik timsoli bo‘lgan Barchinoyning otda o‘tirgan holatda chap qo‘lida oq ro‘molcha ushlab turgan tasviri ifodalangan. Barchinoyning yuzi, ro‘moli va kiyimi oq, nimchasi ko‘kimtir, oyoq kiyimi, ichki kiyimi va otining egari qizg‘ish rangda tasvirlangan. Barchinoy otining dumi, yoli, tumshug‘ining old qismi hamda tuyoqlari oq va qora rangdan hosil bo‘lgan och rangda tasvirlangan. Otning o‘zi oq rangda, oyog‘ining chap orqa oyog‘i qoramtir rangda tasvirlangan.
Ko‘krak nishonining qalinligi 2.2 millimetr.
Ko‘krak nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan o‘ralgan.
Nishonning orqa tomoniga kiyimga taqib qo‘yish uchun to‘g‘nag‘ich moslama o‘rnatilgan.
“Barchinoy” ko‘krak nishoni
“Barchinoy” ko‘krak nishoni guvohnomasining tavsifi
“Barchinoy” ko‘krak nishoni guvohnomasi 100x70 millimetr o‘lchamdagi to‘rt burchak shaklida bo‘lib, 350 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qog‘ozdan tayyorlanadi.
Guvohnomaning tashqi tomoni ko‘k rangda bo‘lib, uning chegara qismidan 5 millimetr oraliqda eni 3 millimetr qalinlikda ichki to‘rt burchak shaklida bo‘lgan to‘q ko‘k rangli hoshiya bilan o‘ralgan.
Guvohnomaning tashqi tomoni yuqori qismi hoshiyasidan 5 millimetr pastda kirill alifbosida katta harflar bilan “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” deb yozilgan.
Guvohnomaning ustki qismi markazda “Barchinoy” ko‘krak nishonining asliga teng o‘lchamda bir rangda nishonning tasviri aks ettirilgan. Tasvirning pastki qismida katta harflar bilan “GUVOHNOMA” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) so‘zi yozilgan. Yozuvlar zarhal rangda aks ettirilgan.
Guvohnomaning ikkinchi tomoni oq rangda bo‘lib, 5 millimetr oraliqda eni 3 millimetr qalinlikda ichki to‘rt burchak shaklida bo‘lgan to‘q ko‘k rangli hoshiya bilan o‘ralgan. Guvohnomaning yuqori qismi chekkasidan 12 millimetr pastda kirill alifbosida katta harflarda “Alpomish” kompleksi talablarini bajarganligi uchun” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 12-kegl) so‘zlari yozilgan.
So‘zlardan 15 millimetr pastda taqdirlanadigan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oralig‘i 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan va uchinchi chiziq oxiriga “miqyosidagi” so‘zi (“Times new Roman Bolt” shrifti, 12-kegl), chiziq ostida (“Times new Roman Bolt” shrifti, kursiv, 7,5-kegl) mahalla, tashkilot, ta’lim muassasasi, tuman (shahar), viloyat, respublika so‘zlari yozilgan.
Undan 5 millimetr pastda uzunligi 5 millimetr bo‘lgan bitta chiziq tortilgan, chiziqdan so‘ng “darajali ko‘rak nishoni bilan taqdirlanadi.” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 12-kegl) so‘zlari yozilgan.
Undan 15 millimetr pastda uzunligi 80 millimetrli bitta chiziq tortilgan, chiziq osti chap tomoniga “(lavozimi)”, o‘rtada “(imzo)” va o‘ng tomonda “(muhr o‘rni)” kursivda (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan.
Guvohnomaning ikkinchi tomoni past hoshiyadan 5 millimetr yuqori qismi chap tomonidan “20___ yil “____” _________________” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan. Yozuvlar va chiziqlar qora rangda aks ettirilgan.
“Barchinoy” ko‘krak nishoni guvohnomasi
Dostları ilə paylaş: |