1-mavzu: Harakat faoliyatini shakllashtirishning qonuniyatlari Reja: O’rgatish jismoniy tarbiya jarayonining bir tomoni ekanligi


Aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari musobaqalarini o‘tkazish



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə65/71
tarix25.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#194093
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   71
2-kurs JMNM new majmua 2023

Aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari musobaqalarini o‘tkazish
SXEMASI

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-yanvardagi 65-son qaroriga
2-ILOVA
Alpomish” va “Barchinoy” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlash to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Alpomish” va “Barchinoy” ko‘krak nishonlari (keyingi o‘rinlarda ko‘krak nishoni deb ataladi) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
2. Ko‘krak nishoni bilan mamlakatimizning aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishni tizimli yo‘lga qo‘yish, aholining barcha qatlamlarini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etishda munosib hissa qo‘shgan hamda “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari bo‘yicha musobaqalarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan shaxslar taqdirlanadilar.
3. Ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
4. Musobaqaning mahalla, tuman (shahar), Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi bosqichlarining g‘olib va sovrindorlari O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) tomonidan “Alpomish” va “Barchinoy” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlanadi.
2-bob. “Alpomish” va “Barchinoy” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim etish tartibi
5. Ushbu Nizomning 1-bandiga muvofiq:
I darajali ko‘krak nishoni bilan “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus test va musobaqalarida birinchi o‘rinni egallagan shaxslar;
II darajali ko‘krak nishoni bilan “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus test va musobaqalarida ikkinchi o‘rinni egallagan shaxslar;
III darajali ko‘krak nishoni bilan “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus test va musobaqalarida uchinchi o‘rinni egallagan shaxslar taqdirlanadilar.
6. “Alpomish” ko‘krak nishoni bilan erkaklar hamda “Barchinoy” ko‘krak nishoni bilan ayollar taqdirlanadilar.
7. I darajali ko‘krak nishoni yuqori darajali hisoblanadi. II yoki III darajali ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar keyinchalik uning yuqori darajalari bilan bosqichma-bosqich mukofotlanishi mumkin. Bir yosh toifasida bir xil darajadagi ko‘krak nishoni takroran berilmaydi.
8. “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari bo‘yicha musobaqalarning g‘olib va sovrindorlarini I, II va III darajali ko‘krak nishonlari bilan taqdirlash bo‘yicha kiritilgan talabnomalar asosida qonunchilik hujjatlariga muvofiq Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin