1-mavzu: Harakat faoliyatini shakllashtirishning qonuniyatlari Reja: O’rgatish jismoniy tarbiya jarayonining bir tomoni ekanligi



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə67/71
tarix25.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#194093
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
2-kurs JMNM new majmua 2023

18-19-mavzu: Jismoniy sifatlarning umumiy tavsifi va ularni rivojlantirishni nazorat qilish
Reja:
1.Jismoniy sifatlar to’g’risida tushuncha.
2.Jismoniy qobiliyatlar rivojlanishining asosiy qonuniyatlari.
3.Jismoniy qobiliyatlar rivojlanishining bosqichliligi.


Tayanch iboralar: jismoniy sifatlar, jismoniy qobiliyat, tezkorli, chaqqonlik, kuch,egiluvchanlik, chidamlilik.


Jismoniy sifatlar to’g’risida tushuncha
Shaxsning jismoniy madaniyatini shakllantirish jarayonida shug’ullanuvchilar harakatlarni va ular bilan bog’liq bilimlarni o’zlashtiribgina qolmay, o’z jismoniy qobiliyatlarini ham rivojlantiradilar.
Hozirgi vaqtda insonning harakat imkoniyatlarini tavsiflash uchun ―jismoniy qobiliyatlar va
―jismoniy sifatlar atamalaridan foydalaniladi. Bu tushunchalar ma‘lum ma‘noda o’xshash bo’lsalarda, lekin bir xil emaslar.
Afsuski, adabiyotlarda mazkur tushunchalarning ta‘rifi va o’zaro aloqasi haqida birmuncha qarama – qarshi fikrlarni uchratish mumkin.
Masalan, bir holatda jismoniy qobiliyatlar organizmning harakat faoliyatida ishtirok etayotgan hamda uning ta‘sirini belgilaydigan funksional tizimlar layoqatining namoyon bo’lish shakllari sifatida tushuniladi (G.G.Natalov,1977), boshqasida hayotda, ayniqsa, harakat faoliyatida amalga oshiriladigan va asosini jismoniy sifatlar tashkil etadigan insonga xos imko-niyatlar nazarda tutiladi (A.P.Matveev, 1991); uchinchisida qobi-liyatlar deganda, organizmning ruhiy – fiziologik va morfoligik xususiyatlariga asoslanuvchi rivojlangan tug’ma qobiliyat nishona-lari tushuniladi (E.P.Ilin, B.V.Evstafev, 1987).
Jismoniy qobiliyatlar – insonning u yoki bu mushak faoliyati talablariga javob beradigan va uning samarali bajarilishini ta‘minlaydigan ruhiy – fiziologik hamda morfologik xususiyatlari majmuasidir.
Inson harakat imkoniyatlarining alohida jihatlarini ifo-dalash uchun uzoq vaqt ―jismoniy (harakatlantiruvchi) sifatlar degan atama qo’llanilgan. Hozir ayrim mualliflar uni ―jismo-niy sifatlar tushunchasining sodda formalastik mazmuni tufay-li ilmiy muomaladan chiqarib yuborishni va ularning o’rniga faqat ―jismoniy qobiliyatlar atamasini qo’llashni taklif qilmoqdalar. SHunga qaramay, kundalik nutqda va ilmiy – usuliy adabiyolarda mazkur atama ancha keng tarqalgan. Shuning uchun, ehtimol, bu ikki tushuncha orasidagi o’xshash va farqli tomonlarni aniqlash, ulardan foydalanish vaziyatlarini belgilab olish o’rinlidir.
Eng avvalo, qayd etib o’tish kerakki, ―sifat tushunchasi har doim biron – bir narsaga nisbatan qo’llanilib, uning boshqa narsalardan farqlab turadigan, mohiyatiga xos belgisini ifodalaydi, xususan, buyum, xom ashyo, oziq – ovqat mahsuloti, hayot sifat-lari, shaxsning, bilimning sifati va hokazo haqida shunday gapiriladi. Jismoniy tarbiya sohasida ham bu atamadan xuddi shu ma‘noda foydalanish lozim.
Demak, insonning jismoniy sifatlarini uning harakat imkoniyatlariga xos ba‘zi xususiyatlar singari jismoniy qobiliyat-lar namoyon bo’ladigan u yoki bu shakllarga nisbatan qo’llab tekshirish, ya‘ni ular to’g’risida amalga oshirib bo’lingan qobiliyatlar asosida fikr yuritish mumkin.
Inson sifat jihatidan bir-biridan farq qiluvchi turli-tuman qobiliyatlar egasi bo’lishi mumkin. Aynan shu turli jismoniy qobiliyatlarning sifati o’ziga xosligi uning jismoniy sifatlari to’g’risida guvohlik beradi. Turmushda, jismoniy tarbiya va sportda inson qobiliyatlarining sifatiga xos xususiyatlar
―kuchli, ―tezkor, ―chaqqon, ―egiluvchandegan iboralarda o’z aksi-ni topgan. Bu sifatlarning hayotdagi ahamiyati ularni ayirib ko’rsatish mezoni hisoblangan. Aslida, jismoniy sifatlar alohida jismoniy qobiliyatlarning erishilgan darajasi, ularning aniqligi, o’ziga xosligi, ahamiyati ifodasi sanaladi. Masalan, insonning kuch qobiliyatlarini olaylik. Ular mushaklarning zo’riqish darajasi yuqori, qisqarish
tezligi esa nisbatan uncha katta bo’lmagan kuch mashqlarida namoyon bo’ladi. Asli kuch qobiliyatlari
―sust kuch, ―siquvchi kuch, ―statik kuch kabi kuch sifatlarini tavsiflaydi. Tezlik – kuch qobiliyatlari mushaklarning jiddiy zo’riqishi va ularning yuqori qisqarish tezligini talab etuvchi mashqlarda yuzaga chiqadi. Tezlik – kuch qobiliyatlarining rivojlanishi, eng avvalo ―portlovchi kuch deb ataladigan sifatda aks etadi.
Yuqorida tilga olingan kuch sifatlari insonning kuch qobiliyatlarini yaxlit tarzda aniqlash va farqlashga imkon beradi. Xuddi shunday boshqa jismoniy qobiliyatlarning ham sifat tafo-vutlarini ifodalash mumkin. Jismoniy qobiliyatlar va sifatlar orasida ko’p ma‘noli bog’liqlik bor. Bir xil qobiliyat turli jismoniy sifatlarni namoyon qilishi, turli qobiliyatlar esa ulardan faqat bittasini tavsiflashi mumkin. Masalan, «epchil» sifati asosida ko’pgina qobiliyatlar: muvofiqlash, tezkorlik , kuch va boshqalar yotadi. Tezlik – kuch qobiliyatlari faqat «kuch» emas, «tezkorlik» sifatida ham o’z aksini topadi.
Shunday qilib, insonning jismoniy sifatlari jismoniy qobiliyatlari bilan uzviy bog’liq bo’lib, turli harakatlar chog’ida ularning namoyon bo’lish xususiyatlari bilan belgilanadi, jismoniy qobiliyatlarning rivojlanish va namoyon bo’lish darajasiga bir tomondan atrof – muhit omillari (turmushning ijtimoiy – maishiy sharoitlari, iqlimiy va geografik sharoit mashg’ulot o’tkaziladigan joylarning moddiy tasdiqlanganligi, ularni rivojlantirish usuliyati va h.k.),
ikkinchi tomondan esa organizmning turli tas‘irlarga o’ziga xos reaksiyasi bilan bog’liq bo’lgan irsiy omillar («motor» qobiliyat nishonalari) ta‘sir o’tkazadi, jismoniy qobiliyat nishonalari sifatida inson organizdaqing anatomik, fiziologik va ruhiy xususiyatlari yuzaga chiqadi. Biror-bir faoliyatni bajarish jarayonida ―motor nishonalar organizm-ning moslashish o’zgarishlari asosida takomillashib, tegishli jis- moniy qobiliyatlarga aylanadi.
Ta‘kidlash zarurki, ―motor nishonalar ko’p funksiyali bo’lib, mushak faoliyati sharoitlariga qarab u yoki bu yo’nalishda rivojlanishi va u yoki bu shakldagi jismoniy qobiliyatlar rivojini ta‘minlashi mumkin. Professor Y.V. Verxoshanskiyning fikricha, bunday shakllar harakat faoliyati turlari qancha bo’lsa, shuncha ko’p bo’lishi mumkin, chunki ularning har biriga o’ziga xos tuzilish, harakatlarning maqsadli yo’naltirilganligi, mushaklar muvofiqlashi, organizm faoliyati rejimi hamda uning quvvat bilan ta‘daqlanishi kabi xususiyatlar xosdir. Shu sababli ham organizmdan chidamlilik yoki harakatlar tezkorligini rivojlantirishga javobgar bo’lgan qandaydir alohida mexanizmlarni izlash befoyda. Ularning takomillashuvi asosida inson organizdaqing morfofunksional ixtisoslashuviga olib keladigan moslashtiruvchi ta‘sir, butun bir adaptiv reaksiya yotadi.
Morfofunksional qayta qurishlar organizmni to’laligicha qamrab oladi. Biroq bu eng ko’p darajada va birinchi navbatda asosiy ish yuklamasini ko’taradigan mushak guruhlari hamda ularning ish qobiliyatini ta‘minlovchi fiziologik tizimlarga taalluqlidir. Funksional ixtisoslashuvning bunday tanlash xususiyati, asosan, organizmning ma‘lum faoliyat sharoitidagi ish rejimiga, uning yaqqol namoyon bo’lish darajasi esa jismoniy yuklamalarning shiddati va hajmiga bog’liq.
Hozirgi vaqtda jismoniy qobiliyatlarni besh asosiy turga ajiratish qabul qilingan: kuch, tezkorlik va muvofiqlash qobiliyatlari, chidamkorlik va egiluvchanlik. Ularning har biri harakat faoliyatining har xil turlarida xilma xil shakllarda namoyon bo’ladi.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin