60 — 69 yoshdagilar
1. Bilimlar. Shaxsiy gigiyena. Badanni parvarish qilish, suv muolajalarini qabul qilish, isish va sovishning oldini olish (yoki saqlanish), kiyimlar ozodaligi. Sport kiyimlarini tartibli saqlash. Ovqatlanish gigiyenasi. Jismoniy mashqlarni bajarish qoidalari.
2. Ko‘nikmalar. Darslarda jismoniy daqiqa mashqlarini bajarish.
Sinov turlari va mezonlari
|
T/r
|
Shartlar
|
O‘lchov birligi
|
Erkaklar
|
Ayollar
|
hisob
|
III
darajali
ko‘krak nishoni
|
II
darajali
ko‘krak nishoni
|
I
darajali
ko‘krak nishoni
|
hisob
|
III
darajali
ko‘krak nishoni
|
II
darajali
ko‘krak nishoni
|
I
darajali
ko‘krak nishoni
|
Majburiy sinovlar
|
1.
|
30 m.ga yugurish
|
soniya
|
11,0
|
10,5
|
10,0
|
9,5
|
12,5
|
12,0
|
11,5
|
11,0
|
yoki 60 m.ga yugurish
|
14,5
|
14,0
|
13,5
|
13,0
|
15,5
|
15,0
|
14,5
|
14,0
|
2.
|
Skandinavcha yurish 3 km.
|
vaqt hisobga olinmaydi
|
3.
|
Gimnastika o‘rindig‘iga tayanib qo‘llarni bukib yozish
|
marta
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1
|
1
|
2
|
3
|
yoki 3 kg. sport anjomini (gantel) bir qo‘lda yuqoriga ko‘tarib tushirish
|
marta
|
3
|
4
|
6
|
8
|
-
|
-
|
-
|
-
|
4.
|
Past turnikda tortilish
|
marta
|
3
|
4
|
6
|
8
|
1
|
2
|
3
|
4
|
Ixtiyoriy sinovlar
|
5.
|
Joydan uzunlikka sakrash
|
sm
|
90
|
100
|
110
|
120
|
80
|
90
|
100
|
110
|
6.
|
300 gr. sport anjomini uloqtirish
|
metr
|
8
|
10
|
15
|
20
|
-
|
-
|
-
|
-
|
150 gr. sport anjomini uloqtirish
|
-
|
-
|
-
|
-
|
6
|
8
|
10
|
15
|
7.
|
25 m.ga erkin suzish
|
vaqt hisobga olinmaydi
|
8.
|
Darts (3 m.dan nishonga)
|
6-marta imkon beriladi
|
To‘plangan jami ochkolar hisobga olinadi
|
9.
|
Basketbol to‘pini 3 m.dan savatga tashlash
|
5-marta imkon beriladi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1
|
2
|
3
|
4
|
10.
|
Tennis to‘pi bilan 5 m. uzoqlikdagi 20x20 sm. nishonni urish
|
6-marta imkon beriladi
|
3
|
4
|
5
|
6
|
2
|
3
|
4
|
5
|
11.
|
Tik turgan holatdan oldinga egilish va turish
|
marta
|
6
|
8
|
10
|
15
|
5
|
6
|
8
|
10
|
12.
|
Dam olish maskanlarida sayr qilish 3 km.
|
soat
|
5
|
Tegishli darajali ko‘krak nishoni olish uchun bajarilishi shart bo‘lgan sinovlar soni
|
7
|
8
|
9
|
10
|
6
|
7
|
8
|
9
|
70 yosh va undan katta yoshdagilar
1. Bilimlar. Shaxsiy gigiyena. Badanni parvarish qilish, suv muolajalarini qabul qilish, isish va sovishning oldini olish (yoki saqlanish), kiyimlar ozodaligi. Sport kiyimlarini tartibli saqlash. Ovqatlanish gigiyenasi. Jismoniy mashqlarni bajarish qoidalari.
2. Ko‘nikmalar. Darslarda jismoniy daqiqa mashqlarini bajarish.
Sinov turlari va mezonlari
|
T/r
|
Shartlar
|
O‘lchov birligi
|
Erkaklar
|
Ayollar
|
hisob
|
III
darajali
ko‘krak nishoni
|
II
darajali
ko‘krak nishoni
|
I
darajali
ko‘krak nishoni
|
hisob
|
III
darajali
ko‘krak nishoni
|
II
darajali
ko‘krak nishoni
|
I
darajali
ko‘krak nishoni
|
Majburiy sinovlar
|
1.
|
Skandinavcha yurish 1000 m.
|
vaqt hisobga olinmaydi
|
2.
|
Basketbol to‘pini dumalatib 2 m. uzoqlikdagi keglilarni yiqitish
|
marta
|
2
|
3
|
4
|
5
|
2
|
3
|
4
|
5
|
3.
|
Gimnastika narvonini ushlab o‘tirib, turish
|
marta
|
2
|
3
|
4
|
5
|
2
|
3
|
4
|
5
|
Ixtiyoriy sinovlar
|
4.
|
25 m.ga erkin suvda yurish
|
vaqt hisobga olinmaydi
|
5.
|
Dam olish maskanlarida sayr qilish 3 km.
|
soat
|
5
|
Tegishli darajali ko‘krak nishoni olish uchun bajarilishi shart bo‘lgan sinovlar soni
|
2
|
3
|
4
|
5
|
2
|
3
|
4
|
5
|
Aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarini va musobaqalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomga
2-ILOVA
“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy-metodik ko‘rsatmalar
“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari fuqarolarning jismoniy tayyorgarligini aniqlash va jismoniy tarbiyaning yagona tizimini yaratish hisoblanadi.
Maxsus testlar quyidagi me’yorlardan iborat:
1. 30, 60, 100 metrga yugurish. Ushbu sinov turlari tezkorlik, chaqqonlik sifatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Yugurish o‘yingohining yugurish uchun kerakli masofa qat’iy o‘lchangan yoki har qanday tekis joyda start va finish chizig‘i mavjud bo‘lgan yo‘lakda o‘tkaziladi. Past startdan yugurishda (30 metrdan tashqari) yo‘lakchalar soniga qo‘ra 4 — 6 nafar musobaqadosh qatnashadi. Mashg‘ulotlar vaqtida ham, musobaqalarda ham start hakami tomonidan start pistoletini otish yoki bayroqlar yordamida beriladi. Finishda natija hakamlar tomonidan 0,1 soniya aniqlikka ega bo‘lgan sekundomer yordamida qayd etiladi.
Tayyorgarlik paytida qisqa masofaga mo‘ljallangan barcha yugurish mashqlari qo‘llaniladi:
startdan — 15 — 20 metrga (45 soniyadan 1 daqiqagacha dam olish oralig‘i bilan 2-3-marta) takroriy yugurish;
og‘irliklar bilan — 15 — 20 metrga (45 soniyadan 1 daqiqagacha dam olish oralig‘i bilan 2-3-marta) takroriy yugurish;
asta-sekin tezlashib boradigan 20 — 25 metrga (45 soniyadan 1 daqiqagacha dam olish oralig‘i bilan 2-3-marta) takroriy yugurish va finish;
masofani muayyan vaqtda yugurib o‘tish;
1-2 o‘rinlarni aniqlash uchun nazorat yugurishlari va eng kuchlilarning yakuniy yugurishlari.
2. Chidamlilik bo‘yicha 6 daqiqa yugurish. Yugurish yo‘lakchasi voleybol maydonining chiziqlari bo‘ylab o‘tadi, maydon burchaklari va maydon markazining chiziqlarida 0,5 metr uzoqlikda rangli ustunchalar o‘rnatiladi. Yo‘lakchaning uzunligi 54 metr bo‘lib, shug‘ullanuvchilar 6 daqiqa davomida iloji boricha ko‘p marotaba maydon bo‘ylab yugurishlari kerak. 10 kishilik guruh bo‘lib yuguriladi. 6 daqiqa davomida yurish va yugurishga ruxsat beriladi va shug‘ullanuvchilarning har biri belgilangan vaqt tugashi bilan, 6 daqiqadan so‘ng joyida to‘xtaydi. Bunda natija — shug‘ullanuvchilar orasidagi oraliq, ya’ni shug‘ullanuvchilar 6 daqiqa davomida yugurishgan aylana soni (bir aylana 54 metr) va shu bilan birga, oxirgi boshlangan yugurish masofa oralig‘i bilan aniqlanadi.
3. Mokisimon yugurish — sport maydonining yugurish yo‘lakchasida amalga oshiriladi. 10 metrlik masofa belgilanadi. Yugurish “start” chizig‘idan yuqori startdan boshlanib, 10 metrlik chiziqqacha yuguriladi, tezkorlik bilan orqaga burilib, “start” chizig‘iga yugurish davom etiladi, qayta burilish bilan 10 metrlik chiziqqacha yuguriladi hamda orqaga burilib “finish” chizig‘igacha yugurib tugatiladi. Ishtirokchilarga start, yugurish yo‘lakchasi soniga qarab va hakamlarning alohida vaqtni belgilashi bilan beriladi.
4. 1000, 2000, 3000 metrga chidamlilikni tarbiyalashga yordam beruvchi me’yoriy yugurishlar. Bular yugurish masofasiga mos ravishda qat’iy o‘lchanib start va finish chiziqlari mavjud stadionning yugurish yo‘lagida yoki tekis joyda qabul qilinadi. Yugurishlar yuqori startdan boshlanadi. Yugurishda bir vaqtda tegishli ravishda raqamlangan 12 — 15 kishi qatnashishi mumkin. Hakamlar hay’ati tomonidan yugurish qatnashchilari bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatiladi. Finishda vaqt 1 soniyagacha aniqlik bilan qayd etiladigan sekundomerda o‘lchanadi.
Mashg‘ulot (trenirovka) jarayonida uzoq muddatli yugurishga doir barcha turdagi yugurish mashqlaridan, shuningdek, past-baland joylarda, parklar, xiyobonlar, qumli va boshqa joylarda yugurishlardan foydalaniladi. Mashq jarayonida masofaning yarmini tezlikni asta-sekinlik bilan oshirib borish orqali yugurib o‘tish, so‘ngra butun masofani yugurish darajasini o‘zgartirgan holda bosib o‘tish tavsiya qilinadi.
5. Ko‘p sakrashlar. Bu tezlik, chaqqonlik, kuch kabi jismoniy sifatlarni va sakrovchanlikni rivojlantiradi. Bunda o‘quvchilarni bir oyoqda oxirgi kuchi qolgunigacha sakrab to‘xtashigacha yoki ikkinchi oyoqqa o‘tib ketishigacha bo‘lgan sakrashi hisobga olinadi. Mashqlarni sport zalida yoki tekis maydonda bajarish mumkin. Sakrash sanog‘ini bolalarning o‘zlari mustaqil yoki sherigi sanashlari mumkin. Ko‘p sakrash turini tayyorgarlikni arg‘amchida sakrash, harakatli o‘yinlarda (quyon, kenguru, qurbaqa, qushlar va boshqalarga) taqlid qilib sakrashlarni bajarish orqali muvaffaqiyatli topshirish mumkin. Ko‘p sakrashda faqat bir oyoqda sakrash sanog‘i hisobga olinadi.
6. Joydan turib uzunlikka sakrash. Tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi me’yor. Ushbu me’yor tekis joyda (maydonchada) imkon qadar yumshoq erga tushadigan qilib bajariladi. Shunga mos keladigan maydonchada start chizig‘i o‘tkaziladi, ruletka (santimetrli lenta, lineyka) yordamida sakraladigan joy tomonga 5 (10 sm.) bo‘linishlar asosida belgilar tushiriladi. Qatnashuvchi start chizig‘ini bosmagan holda turishi lozim. Ishtirokchi yarim cho‘qqaygan tayanch holatidan qo‘llarni oldinga-yuqoriga erkin silkitib, ikki oyoqlari bilan keskin depsinib (sakrab) erga tushishni bajaradi. Natijasini o‘lchash start chizig‘iga yaqinroq tovonlar (yoki gavda)gacha bo‘lgan masofa o‘lchanadi. Agar qo‘llar (gavda)ning biror qismi orqaroqqa erga teksa o‘lchash start chizig‘idan start chizig‘iga yaqinroq bo‘lgan (gavda) masofa o‘lchanadi.
Sakrash paytida start chizig‘ini oyoq uchi bilan bosib olinsa sakrash hisoblanmaydi.
Sakrash uch imkoniyatda bajariladi va eng yaxshi natija santimetrlarda bayonnomaga yoziladi. Natija 1 sm.gacha aniqlik bilan qayd etiladi.
Mashg‘ulot jarayonida quyidagi sakrash mashqlari bajariladi: arg‘amchida sakrash, og‘irlikni oshirgan holda bir joyda turib sakrash, ko‘tarib qo‘yilgan tayanchga va tayanch osha sakrash, joydan turib natijaga sakrash.
Aynan shu talablar yugurib kelib uzunlikka sakrashga ham tegishli.
7. Arqonda sakrash. Bunda tezlik, chaqqonlik, kuch kabi jismoniy sifatlar va sakrovchanlik rivojlanadi. Ishtirokchilar arqon yordamida ikki oyoqda oxirgi kuchi qolgunicha yoki xato qilgunigacha bo‘lgan sakrashlar hisobga olinadi. Arqonda sakrashlar 10 — 15-marta amalga oshiriladi.
8. Tennis to‘pi yoki granatani uloqtirish. Bular harakatlarning muvofiqlashganligi, aniqligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi me’yor hisoblanadi. Uloqtirish granatani yoki 150 gr. og‘irlikdagi to‘pni (tennis to‘pini) tekis maydonchada uzoqqa otish hamda balandligi 150 sm. bo‘lgan 100x100 sm. kattalikdagi nishonga belgilangan masofalardan to‘pni otib tekkazish orqali amalga oshiriladi. Uloqtirishlar start chizig‘idan bajariladi. Nishonga qarab otish uchun nishon 8, 10, 12, 15, 20 metrli tegishli masofaga o‘rnatiladi. Ishtirokchilar turgan joylaridan 2-marta otib mashqni bajarib ko‘radilar, so‘ngra 5-marta hisobga olinadigan uloqtirishni bajaradilar.
Nishonning mo‘ljalga olinganligi “tegdi” yoki “tegmadi” deb qayd qilinadi.
Tennis to‘pi yoki granatani uloqtirish paytida natijaning uzoqqa tushganligi metr va santimetrlarda 1 sm. aniqlik bilan qayd etiladi.
Mashg‘ulotlar jarayonida uloqtirish mashqlaridan foydalaniladi.
Umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni barcha mushaklarga qo‘llash lozim: yelka bo‘g‘inlarida qo‘llarning aylanma harakatlari, taqlidiy mashqlar, mayda toshlarni otish, tennis koptokchalarini uzoqqa, nishonga qarab otish, masofani kamaytirib yoki ko‘paytirib otish (uloqtirish)lar, turgan joydan uloqtirish, yugurib kelib uloqtirish, ko‘rish mo‘ljalisiz uloqtirish, me’yorlarini bajarish. Mashqlar o‘ng va chap qo‘l bilan bajariladi.
9. Futbol to‘pini darvozaga tepish. Bu 6 — 8 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan sinov turi bo‘lib, 3 metr uzoqlikda futbol to‘pi qo‘yiladi. Ishtirokchilar 1,5x1,5 metr hajmli darvozaga futbol to‘pini kiritishlari lozim bo‘ladi. Urinish uchun 6-marta imkon beriladi. Mashqlar o‘ng va chap oyoq bilan bajariladi. Ishtirokchilar imkoniyatdan foydalanib, amalga oshirgan gollari hisoblanib, yuqori baho belgilanadi. Mo‘ljalga olinganligi “hisob” yoki “hisob emas” deb qayd qilinadi.
10. Basketbol to‘pini savatga tashlash. Ushbu shart ishtirokchilarning mo‘ljalni aniq olish qobiliyatini rivojlantiradi. Ishtirokchilar basketbol koptogini 3 metr uzoqlikdan 5-marta urinishda savatga tushirishlari lozim bo‘ladi. Basketbol koptogini 5 ta imkoniyatdan to‘liq foydalanib, savatga tushirgan ishtirokchi g‘olib sanaladi.
11. Basketbol to‘pini dumalatib keglilarni yiqitish. Ushbu mashq qariyalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, basketbol to‘pini dumalatib, 2 metr uzoqlikdagi keglilarni yiqitish lozim. 5-marta urinishda ko‘proq keglilarni yiqitgan ishtirokchiga yuqori baho belgilanadi.
12. Arqonga tirmashib chiqish. Me’yoriy talablar standart arqonlarida qabul qilinadi. Oyoq va qo‘llar yordamida hamda oyoqlarning yordamisiz tirmashib chiqishga ruxsat beriladi.
13. Gimnastika narvonini ushlab o‘tirib, turish. Ushbu mashq qariyalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ishtirokchilar gimnastika narvonini ikki qo‘l bilan ushlab, o‘tirib, turish mashqini bajaradilar. Kim ko‘p o‘tirib, tursa yuqori baholanadi.
14. Qo‘llarni oldinga cho‘zib o‘tirib, turish. Ushbu mashq qariyalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bunda, suyaklar va mushaklar faoliyati yaxshilanadi. Qo‘llarni oldinga cho‘zib o‘tirib, turish mashqi bajariladi. Kim ko‘p o‘tirib, tursa yuqori baholanadi. Vaqt hisobga olinmaydi.
15. Gimnastika devoriga navbatma-navbat bosib (tepa va pastga) tirmashib chiqish. Tirmashish mashqlari maxsus gimnastika devorlari zinalarida o‘tkaziladi.
16. Yon tomon bilan mokisimon yurish. Sport maydonining yugurish yo‘lakchasida amalga oshiriladi. 10 metrli masofaga 3-marta yon tomonlama mokisimon yurish belgilanadi. Yon tomonlama mokisimon yurish “start” chizig‘idan yuqori startdan boshlanib, 10 metrli chiziqqacha yuriladi, “start” chizig‘iga yurish davom ettiriladi, qayta burilgan holda 10 metrli chiziqqacha yuriladi hamda orqaga burilib “finish” chizig‘igacha yurib tugatiladi. Ishtirokchilarga start yurish yo‘lakchasi soniga qarab va hakamlarning alohida vaqtini belgilagan holda beriladi.
17. Gimnastika o‘rindig‘i bo‘ylab yurish. Gimnastika o‘rindig‘ining o‘tiradigan qismi polga yotqizilib, ingichka qismi yuqoriga qaratiladi va muvozanatni saqlab yurish mashqlari bajariladi.
18. Skandinavcha yurish — 500 m. Ishtirokchilar ikkala qo‘lda qo‘ltiqtayoq yordamida 500 metr uzoqlikka skandinavcha yurib borishlari lozim. Marraga birinchi bo‘lib yetib kelgan ishtirokchi g‘olib hisoblanadi. Skandinavcha yurishda vaqt hisobga olinmaydi.
19. Gimnastika o‘rindig‘iga tayanib qo‘llarni bukib-yozish. Qo‘llarni bukish va yozish — ishtirokchilar qo‘llarga tayanib yotgan holda dastlabki holatini egallaydilar, ishora berilishi bilan ishtirokchilar qo‘llarini bukib, so‘ng qo‘llarini yozadilar. Ishtirokchilarning mashqni bajarishda qo‘llarni bukib yozish sanog‘i olib boriladi.
20. Polga tayangan holda qo‘llarni bukib yozish. Ishtirokchilar polga tayangan holda qo‘llarni bukib yozishda qo‘llarga tayanib, boshni to‘g‘ri tutib, yotgan holda dastlabki holatini egallaydilar, ishora berilishi bilan ishtirokchilar qo‘llarini bukib, so‘ng qo‘llarini yozadilar. Ishtirokchilarning mashqni bajarishida qo‘llarni bukib yozish sanog‘i olib boriladi.
21. Gimnastika o‘rindig‘idan oyoq tizzalarini bukmay oldinga egilish (oyoq ostidan pastga hisoblanadi). Ishtirokchilar gimnastika o‘rindig‘iga chiqib, oldinga egilishlari lozim. Bunda oyoq ostidan pastga tushirilgan qo‘llar uzunligi santimetr bo‘yicha hisoblanadi.
22. Oldinga egilish. Asosan qariyalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bosh va qo‘llar quyiga egiladi. Bunda vaqt hisoblanmaydi. Sanoq bo‘yicha ko‘p marta oldinga egilgan ishtirokchi g‘olib hisoblanadi.
23. Kurakda yotgan holda oyoqlarni juftlashtirib yuqoriga ko‘tarish. Ushbu mashq suyaklar va mushaklar harakatlanishining yaxshilanishiga yordam beradi. Bunda ishtirokchilar erga kuragi bilan yotgan holda oyoqlarni juftlashtirib, yuqoriga 900ga ko‘tarib, tushirishlari lozim. Sanoq bo‘yicha ko‘p marta oyoqlarni yuqoriga ko‘tarib tushirgan ishtirokchi g‘olib hisoblanadi.
24. Yiqilishda o‘zini himoya qilish (yonga, oldiga, orqaga). Ikki ishtirokchi bir-birini yiqitadi. Bunda yiqilgan ishtirokchi o‘zini yonga, oldinga va orqaga yiqilayotgan vaqtida lat yeyishdan himoyalanadi. Ushbu mashq ochkolar bo‘yicha baholanadi.
25. Darts. Bu o‘yin mo‘ljalni aniq olish uchun foydali hisoblanadi. Ishtirokchilarning yoshiga qarab darts taxtasining masofasi belgilanadi. Dartsda 6 ta imkoniyat beriladi. Ko‘p ochko to‘plagan ishtirokchi g‘olib hisoblanadi.
26. 45 kg.lik qo‘g‘irchoqni qo‘li va belidan ushlab bo‘ksadan oshirib yiqitish (o‘ng va chap tomonlarga). Ishtirokchilarning kuch va epchillik sifatlarini rivojlantirishda ushbu mashq foydali hisoblanadi.
27. 16 kg. sport anjomini (gira) bir qo‘lda yuqoriga ko‘tarib tushirish. Bu kuch sifatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi me’yoriy mashq hisoblanadi. Ishtirokchi sport anjomini o‘ng va chap qo‘llarida yuqoriga ko‘tarib tushirishi soniga qarab, ochkolar hisoblanadi.
28. Turnikda tortilish. Bu kuch sifatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi me’yoriy mashqdir. Baland turnikda yuqoridan ushlab, to‘g‘ri qo‘llarga osilib turgan holatda (oyoqlar erga tegmaydi) bajariladi. Qo‘llar orqali tortilish iyak (engak) turnikning grifini kesib o‘tishiga qadar bajariladi, 5 soniyadan ortiq to‘xtashga hamda tortilish paytida silkinish harakatlariga ruxsat berilmaydi (10,15-marta va hokazo).
Turnikda bir vaqtning o‘zida “Mumkin!” buyrug‘iga ko‘ra ikki ishtirokchini tortilish mashqini bajarishiga ruxsat beriladi. Sanashni ijrochilarning ro‘paralarida turgan hisobchi-hakamlar baland ovoz bilan olib boradilar. Noto‘g‘ri bajarilgan tortilish “Hisoblanmasin!” degan buyruq bilan qayd etiladi. Mashq tugashi bilan natija ishtirokchi va musobaqa qaydnomasini yozayotgan kotibga eshittirib e’lon qilinadi.
Mashg‘ulot jarayonida buyumlarsiz va buyumlar bilan umumiy rivojlantiruvchi mashqlar: tortilishning har xil usullari (yotgan, osilgan, turgan holatda), baland turnikda, yuk bilan sherigining yordamida osilgan holatda tortilish; maksimal miqdorda, qo‘lda osilib turgan statik tavsifdagi mashqlar; natijani hisoblash uchun tortilish qo‘llaniladi. Muntazam ravishda tortilish miqdorini asta-sekinlik bilan oshirib borish uchun ularni “ertalabki badan tarbiya mashqlari” majmui oxirida bajarish mumkin.
29. Past turnikda tortilish. Bu kuch sifatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi yana bir me’yoriy mashq hisoblanadi. Past turnikda pastdan ushlab (qo‘lning ichki tomoni bilan ushlagan holda), to‘g‘ri qo‘llarga osilib turgan holatda (oyoqlar erga tekkan holda) bajariladi. Qo‘llarda tortilish iyak (engak) turnikka tekkanga qadar bajariladi, 5 soniyadan ortiq to‘xtashga hamda tortilish paytida silkinish harakatlariga ruxsat berilmaydi (10, 15-marta va hokazo). Ushbu mashq asosan xotin-qizlar bajarishi uchun mo‘ljallangan.
30. Chalqancha yotgan holatda gavdani ko‘tarish. Bu jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun xizmat qiladigan me’yordir.
Mashq tekis yuzada orqasi bilan (chalqancha) yotgan holatda bajariladi, oyoqlar yuzi sherigi tomonidan ushlab turiladi, qo‘llar bosh ortidam bo‘ladi.
Dastlabki holat qabul qilingandan keyin qatnashchilarga “Mumkin!” degan buyruq beriladi. Gavdani ko‘tarish natijasi necha martaligi bilan qayd qilinadi (20, 30 va hokazo). Agar gavda tik holatda ko‘tarilayotgan bo‘lsa mashqlar bajarilgan hisoblanadi.
Mashg‘ulot to‘g‘ri tutilgan oyoqlarda bajariladi. Stulda, o‘rindiqda, erda o‘tirgan holatda turli xil silkitish harakatlarini qo‘llagan holda umumrivojlantiruvchi mashqlar, oyoqlarni silkitish, oyoqlarni tizzadan bukish bilan bir vaqtda tizzalarni ko‘krakka tekkizish, to‘g‘ri tutilgan oyoqlarni yuqori burchak holatigacha ko‘tarish. Orqasi bilan yotgan holatda galma-gal to‘g‘ri tutilgan oyoqlarni ko‘tarish, qo‘llarning turli holatida (qo‘llar belda, yelkada, boshning orqasida) gavdani ko‘tarish, tirkab qo‘yilgan oyoqlar holatida (gimnastika o‘rindig‘i, gimnastika devori, boshqa buyumlar va sherigi) gavdani yuqoridagi kabi ko‘tarishlar, me’yorlarni to‘liq bajarish.
31. Suzish. Bu jismoniy chidamlilik va boshqa sifatlarni hamda suv muhitida harakat ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beruvchi me’yordir.
Suzish mashg‘ulotlarini tashkil etish, suzish bo‘yicha me’yorlarni qabul qilish alohida diqqatni va ehtiyotkorlikni talab etadi, mashg‘ulotlar va musobaqalarning xavfsizligini ta’minlovchi barcha qoidalarga rioya qilish zarur. Mashg‘ulotlarni va me’yorlarni suv havzasida yoki tabiiy (daryo, ko‘l) suv havzalarida xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda, maxsus jihozlangan joyda qabul qilish mumkin. Mashg‘ulot suv havzalarida masofa qirg‘oq bo‘ylab 90 — 120 sm. chuqurlikka ega bo‘lgan joylarda o‘tishi kerak.
Me’yorni topshirish suza oladigan qatnashchilarga ruxsat etiladi, suza olmaydiganlar uchun mashg‘ulotlar tashkil etib, suzishga o‘rgatilgandan keyingina ularni musobaqalarga qo‘yish mumkin.
Suzishni qabul qilish uchun start hakami qatnashchilariga buyruq berib (cho‘ziq xushtak bilan) start joyiga chaqiradi.
Hakamning “startga” degan buyrug‘i bilan qatnashchilar “suzuvchining starti” holatini egallaydilar va start pistoletidan o‘q uzish bilan suzishni boshlaydilar. Suzishda ishtirok etuvchilar soni basseyndagi yo‘laklar soniga bog‘liq bo‘ladi. Natija 0,1 soniya aniqlik bilan har bir yo‘lak boshida turgan sekundomerli hakamlar tomonidan o‘lchanadi.
32. Sayrlar, sayohatlar, ekskursiyalar tabiat qo‘ynida past-baland joylarda (istirohat bog‘lari, o‘rmonlar, dalalar, tog‘lar, daryo qirg‘oqlari, ko‘llar va boshqalarda) o‘tkaziladi. Yengil harakatlar va to‘xtashlar bilan 2,5 km. masofaga yuguriladi.
Aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarini va musobaqalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomga
3-ILOVA
Dostları ilə paylaş: |