1-mavzu: Harakat faoliyatini shakllashtirishning qonuniyatlari Reja: O’rgatish jismoniy tarbiya jarayonining bir tomoni ekanligi


Jismoniy tarbiya darsining vazifalari va unga quyilgan talablar



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə37/71
tarix25.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#194093
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   71
2-kurs JMNM new majmua 2023

Jismoniy tarbiya darsining vazifalari va unga quyilgan talablar
Jismoniy tarbiyada pedagogik jaraenning natijalari jismoniy tarbiya darslarida olib boriladigan o`quv tarbiyaviy ishlarning sifatiga bog`liq. Bunga har bir dars zamiridagi qator vazifalarni hal etish bilan erishiladi. Jismoniy tarbiya darslari ta`lim berish (o`qitish) tarbiyalash va sog`lomlashtirishdek jismoniy tarbiya jaraenining umumiy vazifalaridan kelib chiqib, har bir dars uchun aniq «tanishtirish», «uzlashtirish», «mustahkamlash», «takomillashtirish»dek mazmunga ega bulgan xususiy vazifalarni qo`yish va uni hal qilishni nazarda tutadi. Ta`lim berish vazifalalari bolalarni jismoniy tarbiya dasturda tavsiya qilingan mashqlarni bajarishga, urganilgan mashqlarni mustahkamlash va takomillashtirishga, shuningdek, malaka va ko`nikmalarni rivojlantirishga hamda urganilgan mashqlarni turli sharoitda amalietda qo`llashga urgatishga yunaltiriladi. Ta`lim vazifalarini izchil ravishda bajarish jismoniy tarbiya dasturadiga butun o`quv materiallarini izchil va mustakam urganishga olib keladi. Ta`limning ayrim vazifalarini hal etish uchun nisbatan uzoq vaqt eki qator ketma-ket darslar zarur vazifalar boshqa hillarini hal etish uchun esa bir darsning uzi kifoya qiladi. Masalan, arqong`a ma`lum usulda tirmashib chiqish va uni bajarishda harakatlar ketma-ketligini bir darsning uzida texnik jihatdan mukammal urganib olish mumkin emas. Bu umumiy vazifa, buni hal qilish uchun turkum darslar lozim. Qolaversa, shug`ullanuvchiini harakat koordinatsiyasi, jismoniy tayergarligi, uzlashtirish qobiliyati (qabul qilishi) uzlashtirilaetgan harakatga o`xshash harakat zaxirasiga ham bog`liq. Arqonni oyoqlari bilan ushlab tirmashib chiqishga bir darsda urgatish mumkin. Bu kichik xususiy vazifa bulib, uni mazkur darsning aniq vazifalaridan biri sifatida hal qilinadi. Ta`limning vazifalari, yuqoridagilardan tashqari o`quvchilarni jismoniy tarbiya va sport, sog`liqni saqlash, chiniqish, jismoniy mashqlarni to`g`ri bajarish haqidagi nazariy bilimlarini oshirish-lari bilan ham hal qilinadi. Jismoniy tarbiya darslarida faqat ta`lim-tarbiya emas, balki insoniy fazilatlar - e`tiborlilik, diqqatini boshqara olishi, intizomi, irodasi, saranjomliligi, maqsadga intilishi, mustaqilligi va qiyinchiliklarni engishdagi qat`iyyati va boshqalarni ko`shib tarbiyalash talab qilinadi. Sog`lomlashtirish vazifalari ham tarbiya vazifalari kabi har bir darsda hal etilishi lozim. Jismoniy tarbiya darslarini to`g`ri uyushtirish va o`tkazish tegishli kiyim bosh bilan shug`ullanishni, mashg`ulotlarning joylarida zaruriy sanitariyagigiena holatini saqlash va rioya qilish, darslarini ochiq havoda o`tkazilishi, sog`lomlashtirish vazialarini hal etish imkoniyatini beradi. Jismoniy tarbiya darsini tashkillash va o`tkazishniing usuliy asoslari. Jismoniy tarbiya darsining samarasi ko`pincha o`qituvchining tuzgan rejasini xaetiyligi, shug`ullanuvchilar faoliyatini tashkillash uchun tanlagan usuliyati va uslublari mavjud jihozlar va sport anjomlaridan texnik vositalardan, sport inshoatlaridan efektli foydalana olish, temperatura, iqlim sharoiti, o`quvchilar-ning tayergarligi, ularning eshi, individual xususiyatlarini hisobga olib effektli foydalana olish bilan bog`liq.
Darsning uyushtirilishining ta`minlanishi quyidagilarni:
1) tibbiy va gigiena sharoitini yaratish va unga rioya qilishni,
2) moddiy texnik jihatdan ta`minlashni,
3) darsda o`quvchilar faoliyatini tashkillash usuliyatlarini to`g`ri tanlash orqali qo`yilgan vazifani effektli hal qilishni nazarda tutadi. Darsni o`tkazishning tibbiy-gigienik sharoitini yaratish deganda jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish jaraenida yuzaga keladigan, sog`lomlashtirish effektidan kelib chiqadigan bir butun kompleksi tadbirlarni tushuniladi. Shunga kura mashg`ulotlarni o`tkazish joyining qatiyyan belgilangan tibbiygigienik normalarga muvofiqligiga erishish. Sport zali uchun havo temperaturasi (eng ma`quli) 14-160 S da ushlanishi. Tanafuslarda ochiq maydonlarga suv sepilishi, sport zallari esa oynalari ochilib shamollatilishi. Aniqlanishicha, inson o`pkasida u tinch turgan holda havo ventilyauiyasi almashishi minutiga 4 dan 6 l atrofida, yuqori intensivlikda bajarilaetgan mashqlarda (yugurish, sport o`yinlari) komponentlaridan biri. Bu komponent shug`ullanuvchini turli kurinishdagi, intellektual va jismoniy faoliyatdan iborat bulib, ular: pedagogni eshitish, kursatilaetgan mashqni e`tibor bilan kuzatish, harakat faoliyati orqali hosil bulgan tasavvurni ustida fikr yuritish, bajarilishi lozim bulgan faoliyatni loyihasini fikran tuzish, uni bajarish, uz harakatlarini nazorat qilish va baholash, vujudga kelgan muammolarni pedagog bilan birgalikda muhokama qilish, uz hissietini va kayfiyatini nazorat qila olish, vujudga kelgan emotsionallikni boshqarish va h.q. lardir. Shug`ullanuvchilarini dars vazifasini hal qilish bo`yicha barcha faoliyatlari dars asosini tashkil qiladi. v) pedagogning faoliyati dars mazmunining navbatdagi komponenti bulib, quyidagicha holatlarda namoen buladi. Uyga vazifa berish va uni tushuntirish, darsning aniq vazifasini baen qila bilish va uni hal qilishni tashkillash, shug`ullanuvchilarni doimiy nazoratda ushlash, ularni faoliyatini tahlil qilish, shuningdek shug`ullanuvchilarning aoliyatini lozim bulgan yulga burish, ular orasidagi munobasatlarni uzining diqqat markazida ushlash va faoliyatlarini yunaltirish, boshqarish, nazorat qilishdek ta`lim-tarbiya jaraenida ijobiy rol o`ynaydigan muhim asosiy holatlarni uz ichiga oladi. g) shug`ullanuvchilar organizmida dars tarkibidagi mashqlarni bajarishda sodir buladigan fiziologik, psixologik, biomexanik va boshqa uzgarishlar dars mazmunining navbatdagi yirik xarakterli komponentlaridan biri hisoblanadi. Malakalarni shakllanishi orqali rejalashtirilgan, ularning natijasidagi uzgarishlar, shakllangan nazariy va amaliy bilimlar, uddalash, harakat malakasi va uning avtomatlashuvi orqali sodir buladigan yashirin (latent) darv darsining mazmunining turtinchi komponenti hisobiga sodir buladi. Bunda o`qituvchi aoliyati va o`quvchilar faoliyatining samarasi yashiringan buladi. Rejalashtirilgan o`quv tarbiyaviy ishlarni sodir bulmoqdami eki yuqligi joriy nazorat qilinib pedagogik faoliyat keyinchalik qanday davom ettirilishi lozimsligi uchun yuriqnomalar tayerlanadi. Jismoniy tarbiya darsining tuzilishi Jismoniy tarbiya darslari bilan bog`liq masalalarning eng muhimi uni qanday tuzish masalasidir. Darsni tuzilish qonuniyatlari haqidagi gapirishdan avval uni qanday strukturaviy birliklardan tashkil topishini belgilab olish va aniqlash kerak buladi. Avvalgi dars haqida fikr bildira etib, uni tarkibiga kiritilgan jismoniy mashqlar, ularni ketma-ketligi va davomiyligiga qarab «dars sxemasi» atamasi qo`llanila boshlandi. Keyinchalik darsga quyilgan vazifalar va ularni hal qilish uchun tanlangan jismoniy mashqlar ularning me`eri (dozasi)ga qarab «dars rejasi» degan atamalar qo`llaniladi. «Dars strukturasi» degan atama birichi marotaba V.V.Belinovich tomonidan (1939) qo`llanildi va urinli ravishda darsni tuzilishi deb to`g`ri nomlandi. Belinovich tuzilishi darsning vazifalari va jismoniy tarbiyani mazmuniga arab belgilanishini uqtiradi. N.N.efremov (1959) birinchi marotaba «darsning tuzilishi» degan tushunchaga ta`rif berishga urindi va dars strukturasi deganda mashg`ulotni tarkibiy (kirish, tayerlov, asosiy va yakunlov) qismlarini uzaro joylashishi va munosabatini nazarda tutdi xolos. K.A.Kuzminaning fikricha (1960) esa darsning tuzilishi - bu uni qismlarining soni, ularning ahamiyati va mazmuni, ketma - ketligi va darsni har bir qismini davomiyligi deb ta`rif berdi. Darsni tuzilishiga oid maxsus ilmiy - uslubiy adabietlarda turlicha fikrlar mavjud. Lekin, hozirgi kunda bu bahslarga chek quyilgan va darsni tuzilishini uch qismli tarkibga ega deb qabul qilingan. Dars tuzilishining loyihasi alohida, darslarni tuzishda foydalaniladigan dars konspekti orqali ifodalanadi. Darsni tuzilishi o`qituvchini darslarga mashqlarni oqilona tanlashga, materiallarni to`g`ri joylashtirish va darsdagi yuklamani me`erini aniq belgilashga erdam beradi. Darsning tuzilishi dastur materiallarini belgilangan vazifa asosida izchil urganishni yulga qo`yadi. Dars uchun rejalashtirilgan vazifalarni hal ilishda qo`llaniladigan ta`limning uslubiyatiga aniqliqkiritadi va uni qo`llash uchun darsning qismlari eki ularning ayrim bulaklaridan qanday foydalanish lozimligini belgilaydi.
Jismoniy tarbiya darsida har qanday pedagogik vazifalarni hal etish ko`pincha shug`ullanuvchilar organizmidagi ma`lum darajadagi zuriqishni vujudga keltiradi, shuning uchun bu ishga organizm tegishli darajada tayer bulishi kerak. Buyuk rus olimi I.P.Pavlov organizmni qiyin vazifalarni hal etishga tayer bulishi zarurligini uqtirib, mashqni asta-sekinlik bilan takrorlash ma`lum fiziologik qoidalarga asoslanishni taqazo etadi deb uqtirdi. Bu kursatma o`qituvchi zimmasiga shug`ullanuv-chilardan katta kuch talab qiladigan pedagogik vazifalarni hal qilish darsning boshida emas ma`lum tayergarlikdan so`ng, mashg`ulotlarni, darslarni oxirida hal qilinishi lozimligini, shu mashg`ulotdagi asosiy vazifalarga shug`ullanuvchilarning organizmini uyushtirish, zarur qayfiyatni vujudga keltirish va belgilangan vazifalarni bajarishga, mashqni urganishga bulgan ishtieqi shakllanishini mashg`ulotlar davomida talab darajasiga ko`tarish lozimligiga to`xtaldi. O`quvchilar tomonidan asosiy vazifalarni hal qilish ko`pincha shug`ullanuvchi zur beraetgan ya`ni uni faolligini oshgan davriga to`g`ri kelishligini amaliy ahamiyati katta. Ularning organizmi nisbatan katta zuriqish va kuchli emotsional holatdan vazmin holatga birdan o`ta olmaydi. Shunga kura darsni tuzishda xotirjam holatga o`tish va mashg`ulotlarni uyushtiriligna ravishda tugallash maqsadga muvofiq buladi. Har bir dars uch qismli tarkibga ega ekanligi haqida yuqorida fikr bildirdik va ular tayerlov, asosiy va yakunlov qismi deb nomlanadi. 1. Jismoniy tarbiya darsining tayerlov qismi uchun 8-12 min vaqt sarflanadi. Boshlang`ich sinflarda esa 20 minutgacha bilish mumkin, iqlim sharoiti sovuq, issiq va h.q. larga qarab sarflanaetgan vaqt biroz ko`paytirilishi mumkin. Tayerlov qismi asosan darsning asosiy qismida beriladigan jismoniy yukka o`quvchi eki shug`ullanuvchi organizmini funktsional holatini tayerlaydi. Organizmning funktsional holatini darsning asosiy qismiga tayerligi o`quvchini harakat koordinatsiyasining yaxshilanganligi, peshonada Yengil terlash yuzida qizillikni paydo bulishi o`quvchining harakat faolligini ortishi, nafas olish ritmining biroz tezlashuvi, emotsional holatini ko`tarinkilligi kuzatilishi orqali aniqlanadi. Uni tuzilishi darsda echiladigan pedagogik vazifalarga kura «tashkiliy daqiqa» deb boshlanadigan qism bilan boshlanib, o`quvchilarni saflash, ularni sonini aniqlash, navbatchidan (5 sinfdan boshlab) raport qabul qilish salomlashishni uz ichiga oladi va unga 1-1,5 minut vaqt sarflanadi. Tashkiliy daqiqadan so`ng lozim bulsa diqqat uchun mashqlar, darsni vazifasi eki mavzusini e`lon qilish, qaddi-qomat uchun mashqlar, nafas olish ritmi, yurak urish chastotasi, qon aylanishini tezlashtirish, tana bo`g`inlari, muskullari uchun harakatda, o`quvchilarni to`xtatib, turli hil mashqlar bajartiriladi. Darsning tayerlov qismi asosiy qismida bajarilishi lozim bulgan harakat faoliyati uchun «tayerlov» va «yullanma beruvchi» mashqlar bilan tugallanadi. 2. Jismoniy tarbiya darsining asosiy qismi uchun 25-30 minutgacha (45 minutli darslarda) vaqt sarflanadi va o`qituvchi tomonidan tuzilgan dars stsenariyasi eki uning reja konspektiga kiritilgan jismoniy tarbiyadan Davlat standarti dasturidagi shu sinf uchun rejalashtirilgan yangi mashqlar uqtiriladi, eki avvalgi sinflarda uzlashtirilgan jismoniy mashqlar, harakat aoliyatlari tanishtiriladi, uzlashtiriladi, mustahkakmlanib, takomillashti-riladi. Darsning asosiy qismini tuzilishi uchun uning yagona «standart sxema» mavjud emas. Darsning bu qismi uning mazmuniga kiritilgan asosiy jismoniy mashqlar, ularni bajarish uchun tanlangan usul va usuliyatlar, ulardan foydalanishni tashkillash shakllarini tanlash va tuzishdek tarkibiy qismlarni uz ichiga oladi. Bundan tashqari jismoniy tarbiyadan Davlat ta`lim standarti dasturining bulimlari (gimnastika, Yengil atletika, suzish, kurash, sport o`yinlari, harakatli o`yinlar)ni o`quv materialini o`qitish uzining uslubiy xususiyatlari bilan darsning asosiy qismini turlicha tashkillash talabini qo`yadi. Darsning asosiy qismining talablarni ha qilish o`quvchilar faoliyatini guruhli, individual, frontal, uzluksiz-ulab, aylanib yurib bajarish, kreystring usuliyatlari orqali maktab eshidagi o`quvchilarning jismoniy tarbiya jismoniy rivojlanganligi, tayerlanganligi va organizmning anatomo-fiziologik xususiyatlarini e`tiborga olishni taqazo etadi. Darsning bu qismida o`qituvchilarning erdamchilari fizkul`tura faollarining ahamiyatini e`tirof etmay ilojimiz yuq. Ular o`qituvchi tomonidan haftaning boshlanishida instruktiv mashg`ulotlar uchun to`planadilar va ularga darsning asosiy qismida alohida guruhlarda yuriqchi vazifasini bajarish usuliyati o`qituvchi tomonidan urgatiladi. 3. Jismoniy tarbiya darsining yakunlov qismi dars uchun ajratilgan umumiy vaqtining 3-5 minuti sarflanadi. Unda jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun turli hil harakatli o`yinlar va estafetalar va jismoniy mashqlardan foydalaniladi. Darsning asosiy qismida ko`tiralgan emotsional holatni pasaytiruvchi va sa mashqlar bajartiriladi, dars yakunlanadi (o`quvchilar rag`batlantiriladi, lozim bulganlariga tanbehlar beriladi, 5-6 nafarigi jori baho quyiladi), uyga vazifa uchun mashqlar tushuntiriladi va dars o`tkazgan joy (sport maydoni, sport zali va boshqa)dan uyushgan holda kiyinish xonasiga kuzatish tashkillanadi. Boshlang`ich sinflarda o`tkazilgan mashg`ulotlardan so`ng o`quvchilarini, o`qituvchining uzi kiyinish xonasiga kuzatib qo`yadi. Turli hil eshdagi o`quvchilar bilan o`tkazilgan jismoniy tarbiya darslarining tayerlov, asosiy va yakunlov qismlarini taqqoslash natijalari birinchidan, qonuniy ravishda ularni bir-biridan faqrlanishini kursatdi. Ikkinchidan, jismoniy tarbiya darslari-ning bir hil eshdagilar chegarasida o`tkazilgan asosiy qismlari dars-ning turiga bog`liq. uchinchidan, darsning tayerlov, asosiy, yakunlov qismlarini davomiyligini uzgarishi o`quvchilarni eshiga bog`liq. Boshlang`ich sinflarda darsning asosiy qismlari nisbatan bir hildi, ya`ni tayerlov va yakunlov qismlarining davomiyligi asosiy qismning davomiyliginidan ozgina farqlanadi xolos. Yuqori sinflarda esa tayerlov, yakunlov qismlarining davomiyligi asosiy qismning davomiyligidan keskin farq qiladi. Boshlang`ich sinlarda bolalar psixologiyasi va ularning fiziologik xususiyatlari, jismoniy kuchining ozligi darsning asosiy qismida ularni organizmini va diqqatini oldinda turgan qiyin harakat faoliyatlarini bajarishga tayerlash uchun ko`p vaqt sarflashni talab qiladi. Bundan tashqari tayerlov mashqlarini tushuntirish va kursatish katta eshdagilarga nisbatan sekin olib borilishi darsni qismlarida o`qituvchi tomonidan ko`p vaqt sarflashni taqazo etadi. Kichik eshdagilarda yakunlov qismini asosiy qism hisobidan uzunroq bulishining, sababa navbatdagi darsga o`tishga oldindan tayerlanish lozimligidan kelib chiqadi va shu bilan asoslanadi. %rta va yuqori sinfga o`tgan sari darsning tayerlov va yakunlov qismlari uchun sarlangan vaqt qonuniy ravishda kamayib boradi. Chunki o`quvchilarda turli hildagi saf va tayerlov mashqlarini aniq bajarish malakasi yuqori buladi. Tushuntirish va kursatish uchun kam vaqt sarflanadi, asosiy qismida o`quvchilar tomonidan katta hajmdagi yuklama bilan jismoniy mashqlarni bajarish uchun talab vujudga keladi, shunga kura tayerlov asosiy yakunlov qismlarining turli hil eshdagi o`quvchilar bilan o`tkazilishi turlicha va uzlarining xususiyatlari bilan farqlanadi.



Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin