Malakani ko’chishi (o’tishi). Jismoniy tarbiyaning bilim berish vazifalaridan biri belgilangan harakat malakalari tizimini yaratishdir. Natijada birvaqtning o’zida yoki birin-ketin bir necha harakat malakalari shakllanib, bir-biriga ta‘sir ko’rsatishi mumkin. Fiziologiya nuqtai nazaridan malakalarning o’zaro ta‘siri aloqalari shunday jarayonki, bir vaqtning o’zida yoki birin-ketin koordinatsion strukturalar o’zgarishi yuzaga kelaveradi. Bir vaqtning o’zida bir necha harakat faoliyatiga o’qitish, masalan: darslar seriyasida yoki bitta faoliyatni o’rgatishda boshqa malakalarni ham shakllanishi yuz berishi mumkin.
Malakalarning o’zaro ta‘siri bir necha xil bo’ladi:
Malakani ijobiy-salbiy ko’chishi (o’tishi).Ijobiy ko’chish malakalarning o’zaro shunday munosabatiki, unda oldin hosil bo’lgan malaka keyingi, yangisini shakllanishiga yordam beradi. Jumladan, tennis to’pini uloqtirish malakasi granata uloqtirish malakasini o’zlashtirishni osonlashtiradi. Yangi hosil bo’layotgan malakalar hayotiy tajriba va o’qitish natijasida va avval shakllanganlariga tayanadi. Bunda oldingi shakllanganlarining tuzilishi jihatidan o’xshash elementlari yangisini shakllantiradi.
Malakani salbiy ko’chishi.Oldin shakllangan malaka yangisining shakllanishi jarayonida qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Bu ta‘lim jarayonining cho’zilishiga sabab bo’ladi, jismoniy sifatlarning rivojlanishini orqaga suradi. Masalan, suvga sakrovchidan, gimnastdan sprinter tayyorlash yoki kurashchidan tennischi tayyorlashdek og’ir jarayonni aytib o’tish mumkin.
Jismoniy tarbiya dasturlarini ishlashda, o’quv jarayonini rejalashtirishda, yo’llanma beruvchi mashqlar tizimini tanlashda malakalarning o’zaro ta‘siri munosabatlari xarakterini o’rganish va hisobga olish jismoniy mashqlarni klassifikatsiyalashda qo’l keladi. Bu bilan ijobiy ko’chishning foydali effektidan iloji boricha samarali foydalanish va salbiy ko’chish elementlaridan ogoh bo’lish malakasi shakllanishi jarayoni osonlashadi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati va internet saytlari 1.Salamov R.S. ―Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. 1 tom. Darslik. ITA-PRESS. T.-2015 220 b.
2. Salamov R.S. ―Sport mashgʻulotlarining nazariy asoslari. 2 tom. Darslik. ITA-PRESS. T.,-2015 210 b.