Maktabgacha ta'lim metodisti va uning pedagogik jarayonini tashkil etishdagi o'rni reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 114 Kb.
səhifə1/5
tarix28.09.2023
ölçüsü114 Kb.
#150069
  1   2   3   4   5
MAKTABGACHA TA\'LIM METODISTI VA UNING PEDAGOGIK JARAYONINI TASHKIL ETISHDAGI O\'RNI


MAKTABGACHA TA'LIM METODISTI VA UNING PEDAGOGIK JARAYONINI TASHKIL ETISHDAGI O'RNI
Reja:
I. KIRISH
II.ASOSIY QISM
1.MTT rahbarlari va pedagog kadrlari oldida turgan vazifalar
2.Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim-tarbiyaviy ishini rejalashtirishda metodist faoliyati
3.MTMning yillik rejasi, istiqbol rejasi va metodist tarbiyachi kalendar rejasi.
III.XULOSA
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Dunyo va respublikamiz miqyosida yoshlarning qobiliyatlari, iste'dodlari, ichki imkoniyatlarini, o'ziga xos individual-psixologik xususiyatlarini tadqiq etish tendentsiyalari kuzatilmoqda. Yosh avlodning shaxs va sub'ekt sifatida shakllanishi, aqliy rivojlanishi, tarbiyalanganlik darajasini yuksaltirish maktabgacha ta'lim tashkilotlaridan boshlanadi. Ushbu jarayonning samarali tashkil etilishi va boshqarilishi ta'lim tizimining uzluksizligini ta'minlash sharti bo'lib xizmat qiladi, chunki yosh va murg'ak qalblar bilan olib boriladigan pedagogik jarayon ularning
kelajakda kim bo'lib yetishishlari, qanday fuqarolik pozitsiyani egallashlari bilan bog'liq holda qaraladi.
Respublikamizda 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-son "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish" kontseptsiyasini ishlab chiqildi. Kontseptsiya O'zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'limni rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari, ustuvor yo'nalishlari, o'rta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda maktabgacha ta'lim sohasini rivojlantirishga yo'naltirilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo'ladi.
Ushbu vazifalarni amalga oshirishda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida yosh avlodning aqliy-intellektual, estetik, jismoniy, ma'naviy salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni takomillashtirish alohida dolzarblik kasb emoqda. Bu borada pedagog rahbar-jamiyatning yosh avlod ta'lim-tarbiyasiga qo'ygan ijtimoiy buyurtmasining asosiy ijrochisiga aylanishi muqarrar.

Yüklə 114 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin