Sabablari. Kuchli va uzluksiz davom etgan yog‘in, harorat ko‘tarilishi natijasida qor va muzliklarning faol erishi, daryo o‘zanlariga katta hajmdagi tuproqning o‘pirilib tushishi, zilzila va inson faoliyati selning yuzaga kelishi uchun sababchi bo‘ladi.
Turi
Birlamchi sababi
Tarqalishi va yuzaga kelishi
YOmg‘irli
Jala, kuchli yomg‘ir
Qoyalarning yuvilishi va ko‘chki hosil bo‘lishi bilan bog‘liq
Muzli
Qor va muzlarning keskin eriy boshlashi
Baland tog‘li hududlarda erigan muzlik suvlarining urib ketishi bilan bog‘liq
Seysmogen
Kuchli zilzilalar
YUqori sesmik faol hududlarda
Insonning bevosita ta’siri
Texnogen jinslarning to‘planishi, sifatsiz qurilgan to‘g‘onlar
Texnogen jinslarning yuvilishi va siljishi, to‘g‘onlarning buzilishi
Insonning bilvosita ta’siri
Tuproq, o‘simlik qoplamining buzilishi
O‘rmon, o‘tloqlar birlashgan maydonlarda, qoya va o‘zanlarning yuvilishi
Shikastlovchi omillari.Katta kuchga va yuqori tezlikka ega bo‘lgan sellar o‘z yo‘llaridagi binolar, yo‘llar, gidrotexnik va boshqa inshootlarni vayron qiladi, aloqa, elektr uzatish tarmoqlarini ishdan chiqaradi, bog‘lar, ekinzorlarni payxon qiladi, inson va jonzotlarning nobud bo‘lishiga sababchi bo‘ladi.