1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja: Hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlash. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha


-mavzu.Favqulodda vaziyatlar, ularning turlari va xususiyatlari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə66/75
tarix20.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#187275
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   75
1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja Hayot f

14-mavzu.Favqulodda vaziyatlar, ularning turlari va xususiyatlari

Reja:
1.Favqulodda vaziyatlar, ularning turlari va xususiyatlari. Tabiiy ofatlar va ularning sodir bo’ilishi.
2.Texnogen va ekologik favqulodda vaziyatlar va undan muhofazalanish usullari.
3. Suv toshqinlari, yer ko’chkilari, qor ko’chkilari.
1.Favqulodda vaziyatlar, ularning turlari va xususiyatlari. Tabiiy ofatlar va ularning sodir bo’ilishi.
“Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida” 1999 yil 20 avgust kunidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunning asosiy maqsadi, aholini va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi ijtimoiy muno­sa­bat­lar­ni tartibga soladi hamda favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi va rivojla­nishi­ning oldini olish, favqulodda vaziyatlar kel­tiradigan talofatlarni kamaytirish va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishdan iborat. “Aholini va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini og‘ishmay amalga oshirish, haqiqiy havf-xatar manbalarini va ularning tabiatini anglab etish har bir kishiga o‘zini yuz berishi mumkin bo‘lgan avariya, halokat, tabiiy ofatlardan muhofaza qilinganligini sezish imkoniyatini beradi.
“Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun 5 bo‘lim 27 moddadan iborat. Ushbu Qonunga 2010 yil 17 sentyabrda o‘zgartirish kiritilgan. Qonunga o’zgartirish kiritilgandan so’ng“favqulodda vaziyat” tushunchasiga quyidagicha ta’rif berildi:
favqulodda vaziyat — odamlar qurbon bo‘lishiga, ularning sog‘lig‘i yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan holat.
(2-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-258-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 316-modda)
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 oktyabrdagi “Tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to‘g‘risida”gi 455-sonli qaroriga asosanfavqulodda vaziyatlar tarqalish miqyosiga ko‘ra (shikastlanganlar soniga hamda moddiy yo‘qotishlar miqdoriga qarab) 4 guruhga bo‘linadi:

  1. Lokal (ob’ekt miqyosidagi) FV;

  2. Mahalliy FV;

  3. Respublika (milliy) FV;

  4. Transchegaraviy FV (global).

Lokal favqulodda vaziyat — biror oboektga taalluqli bo‘lib, uning miqyosi o‘sha oboekt hududi bilan chegaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10 dan ortiq bo‘lmagan odam jabrlangan yoki 100 dan ortiq bo‘lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo bo‘lgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorni tashkil etgan hisoblanadi. Bunday FV oqibatlari shu oboekt kuchi va resurslari bilan tugatiladi.
Mahalliy favqulodda vaziyat — aholi yashaydigan hudud (aholi punkti, shahar, tuman, viloyat) bilan chegaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10 dan ortiq biroq, 500 dan kam bo‘lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo bo‘lgan kunda eng kam oylik ish xaqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiqni, biroq 0,5 million baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorni tashkil etgan hisoblanadi.
Respublika (milliy) favqulodda vaziyat -deyilganda — favqulodda vaziyat natijasida 500 dan ortiq odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar FV paydo bo‘lgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 0,5 million baravaridan ortig‘ini tashkil etadigan, hamda FV mintaqasi viloyat chegarasidan tashqariga chiqadigan, Respublika miqyosida tarqalishi mumkin bo‘lgan FV tushuniladi.
Transchegaraviy (global) favqulodda vaziyat -deyilganda esa, oqibatlari mamlakat tashqarisiga chiqadigan yoxud FV chet elda yuz bergan va O‘zbekiston hududiga daxldor holat tushuniladi.
Bunday falokat oqibatlari har bir mamlakatning ichki kuchlari va mablag‘i bilan hamda xalqaro hamjamiyat tashkilotlari mablag‘lari hisobiga tugatiladi. Masalan, Orol muammosi nafaqat O‘zbekiston davlati uchun, balki unga chegaradosh bo‘lgan Turkmaniston, Qozog‘iston va boshqa davlatlar uchun ham falokat keltiruvchi vaziyatdir. Shuning uchun oxirgi vaqtda Orol muammosini hal qilishga O‘zbekiston davlatining kuch va mablag‘idan tashqari, butun jahon hamjamiyati tashkilotlari mablag‘lari, kuchlaridan foydalanilmoqda.
Favqulodda vaziyatlarning sababi va kelib chiqish manbaiga ko‘ra tasnifi.

  1. Tabiiy tusdagi FV;

  2. Texnogen tusdagi FV;

  3. Ekologik tusdagi FV larga bo‘linadi.

Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarga quyidagilar kiradi:
1) Geologik xavfli hodisalar: zilzilalar, yer ko‘chishlari, tog‘ o‘pirilishlari va boshqa xavfli geologik hodisalar;
2) Gidrometeorologik xavfli hodisalar: suv toshqinlari, sellar, qor ko‘chkilari, kuchli shamollar (dovullar), jala va boshqa xavfli gidrometerologik hodisalar;
3) Favqulodda epidemiologik epizootik va epifitotik vaziyatlar: alohida xavfli infeksiyalar (o‘lat, vabo, sarg‘ayma, isitma), yuqumli kasalliklar, rikketsiyalar-epidemik toshmali terlama. Bril kasalligi, zoonoz infeksiyalar — Sibir yarasi, quturish, virusli infeksiyalar — SPID;
Epidemiya — odamlarning guruh bo‘lib yuqumli kasallanishi, ularning zaharlanishi (zaharli modda bilan hamda oziq-ovqatdan ommaviy zaharlanish); Epizootiya — hayvonlarning ommaviy kasallanishi yoki nobud bo‘lishi;
Epifitotiya esa o‘simliklarning ommaviy nobud bo‘lishidir.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin