Sirdaryoning chap qirg‘og‘i, Qoradaryo quyilishining pasti
2740-3770
28-480
4204
30
0,6
2500
Zarafshon
1535-4050
25-620
319
55
0,6
-
Qashqadaryo
1725-3350
21-550
3441
139
1,0
2500
Surxondaryo
1425-4175
24-360
4955
132
1,0
2500
Sabablari. 1. Ko‘p miqdorda yoqqan qordan (qor yog‘ishi vaqtida yoki undan keyin hosil bo‘ladi, bir kecha-kunduzlik yog‘in miqdori 10 mm va undan ortiq).
2. Qor qoplami qatlamining buzilishi bilan bog‘liq.
3. Zilzila, sel oqimlari, ko‘chki, o‘pirilish, suv toshqinlari olib keladi.
Muhofaza tadbirlari. Odatda, bu kabi tabiiy ofatlarni oldindan prognoz qilish mumkin. Bunday hollarda aholi ogohlantiriladi, xavf ehtimoli mavjud joylarda odamlar bo‘lishi taqiqlanadi, yo‘llar yopiladi. Ushbu hududda karantin e’lon qilinadi.
Qor ko‘chkisiga qarshi kurashish uchun ko‘chki xavfi ehtimoli bor tog‘ yonbag‘irlariga daraxt ekish, daraxtlarni kesishni taqiqlash lozim. Tog‘ yo‘llari va elektr tarmoqlarini ko‘chkidan muhofaza qilish maqsadida qor ko‘chkisiga qarshi vositalar quriladi. «Qamchiq» dovonidan o‘tgan yo‘lovchilarning bunday vositalarga ko‘zlari tushgan bo‘lishi kerak. Bunday vositalardan eng oddiysi – qor ko‘chkisini kesuvchi vositalardir. Uchburchak shaklidagi dambalarga kelib urilgan qor massasining harakati sustlashadi, bo‘linib ketadi va boshqa yo‘nalishda harakat qila boshlaydi. Ayrim vaqtlarda, yirik qor ko‘chkilarining oldini olish maqsadida ularni sun’iy yo‘l bilan tushirib turiladi. Buning uchun yonbag‘ir artilleriya to‘plari, raketalar yordamida o‘qqa tutiladi.