Muhofaza tadbirlari. YUNESKO ma’lumotlariga qaraganda, oxirgi yuz yillik ichida suv toshqinlari 9 millionga yaqin odamning yostig‘ini quritgan. Ular etkazgan moddiy zarar ham juda katta miqdorni tashkil etadi. Odamlarning bu ofatdan qochishi tabiiy. Suv toshqinlaridan samarali muhofazalanish uchun ularni o‘z vaqtida aniq bashorat qilish zarur. Olimlarimizning fikricha, ushbu bashoratning haqqoniyligi hozirgi kunda 100 foizga yaqin. Suv toshqinlaridan muhofaza faol (damba, to‘g‘on, suvni buruvchi kanallar, suv omborlari qurish, daryo o‘zanlarini tartibga solish) yoki sust (aholiga xabar berish va evakuatsiya qilish, ular tomonidan suv bosishi ehtimoli yo‘q joylarni egallash) bo‘lishi mumkin. Tabiiy ofatning ushbu turi to‘g‘risida tasavvur beruvchi, odamlarning bunday vaziyatlarda o‘zlarini tutish qoidalari to‘g‘risidagi axborot keng targ‘ib qilinishi lozim. Odamlar bu qoidalarni bilishlari, kutilayotgan ofat to‘g‘risidagi ogohlantirishni olgach, o‘z vaqtida mutaxassislarning tavsiyalarini bajarishlari juda muhimdir.
Suv toshqini to‘g‘risidagi xabarda odatda favqulodda vaziyat kutilayotgan vaqt, uning chegaralari, aholiga tavsiyalar va evakuatsiyahaqida ma’lumot beiladi. Mobado siz yashayotgan hudud suv toshqini zonasiga tushib qolgudek bo‘lsa, u holda:
- gaz, elektr, suv tarmoqlarini o‘chirish;
- qimmatbaho buyumlarni yuqori qavatlarga olib chiqish;
- deraza va eshiklarni yopib, taxta yoki faner bilan to‘sish;
- evakuatsiya e’lon qilingan bo‘lsa, hujjatlar, pul va qimmatli qog‘ozlarni, uch kunlik egulik va tibbiy yordam qutisini hozirlash kerak.
Suv to‘satdan ko‘tarilgan hollarda tezlik bilan tepa joylarga chiqish zarur. YOrdam etib kelguniga qadar yuqori qavatlarda, daraxtlar ustida yoki tepaliklarda qolish lozim. Suvga tushishga to‘g‘ri kelgudek bo‘lsa, u holda bochka, g‘o‘la, taxta, eshik, yog‘och bo‘laklari, avtomobil kameralaridan foydalanish mumkin. Bular bo‘lmaganda plastik butilkalar, hatto koptoklar sizni suv ustida ushlab tura olishi mumkin.
Qor ko‘chkisi
Qor qatlamining quyi qismi g‘ovak, bo‘sh, yuqori qismi esa zich bo‘lib qoladi. Agar shamol esib turgan bo‘lsa-chi, u holda qor qoplami uzra tez esayotgan shamol suv bug‘larini xuddi nasos bilan tortib olgandek qatlam ichidan so‘rib oladi.
Yuzlab va minglab tonna og‘irlikka ega bo‘lgan qor qatlami sekin-asta o‘z asosi bilan uzviyligini yo‘qota boradi va ixtiyoriy daqiqada pastga qarab surilishga tayyor holatga keladi. Uning uchun endi ozgina ta’sir kuchi kifoya, xolos.
Shiddat bilan pastga otilayotgan qor massasi yo‘lida uchragan daraxtlarni qo‘porib tashlaydi, uy va yo‘llarni vayron qiladi».
Og‘irlik kuchi ostida tog‘ yonbag‘irlarida harakatga kelgan va surilayotgan katta hajmdagi qor massasining o‘pirilishiga qor ko‘chkisi deyiladi.
U doimiy qor qoplamiga ega bo‘lgan barcha tog‘li hududlarda yuz berishi mumkin.
Baland tog‘larning ustiga qish faslida qorning ko‘p yog‘ishidan uning qalinligi oshadi. O‘z og‘irlik kuchida ta’sirida zichlashib, qayta kristallanib, yonbag‘irlikda pastga osilib turadi. Kuchli shamol yoki biror kuchli tovushdan hosil bo‘lgan havo tebranishi ta’sirida qalin qor massasi harakatga kelib yonbag‘irdan pastga qarab siljiy boshlaydi.
1999 yil 21 noyabr kuni Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining «Qamchiq» dovonida qor ko‘chkisi yuz berdi. Soat 5.30 dan 12.00 gacha 8 bor qor ko‘chishi takrorlanishi oqibatida 34 ta turli rusumdagi transport vositasi qor uyumi ostida qoldi. Ushbu favqulodda vaziyat oqibatida 29 odam halok bo‘ldi, 400 transport vositasi va 1200 dan ortiq yo‘lovchi qutqarib qolindi.
Qor ko‘chkisi 3 toifaga: yumshoq qor ko‘chishi, qor taxtasi ko‘chishi va qor-suv oqimli ko‘chkiga bo‘linadi.
Qor ko‘chkisi katta hajmdagi qor massasi bo‘lib, u 70-100 km/s tezlikda harakat qiladi. Quruq qor ko‘chkisining tezligi 360 km/s. ga etishi ham mumkin. U 25-30 m o‘lchamdagi, 20 sm qalinlikdagi kichkina ko‘chkidan paydo bo‘lishi mumkin. 150 kub.m hajmdagi ko‘chkining og‘irligi 20 dan 30 tonnagacha etadi. Zarb kuchi 1 kv. m. ga 50 tonnagacha etadi. YOg‘och uylar 1 kv. m. ga 3 t zarbga bardosh bera oladi, 10 t kuch bilan urilganda asriy daraxtlar ildiz-pildizi bilan qo‘porilib chiqishi mumkin.
Markaziy Osiyo hududida qor ko‘chkisi hajmi 50 kub metrdan 1 mln. kub metrgacha etadi. Lekin amaliyotda qor ko‘chkisining eng ko‘p zarar keltiruvchi hajmi 50-10000 kub metr oralig‘ida bo‘ladi.
Olimlar, yonbag‘ir nishabligining 30-400 bo‘lishi qor ko‘chkisi uchun eng qulay sharoit, deb hisoblashadi. Ko‘chki boshlanishi uchun 20-30 sm qalinlikda qor yog‘ishi yoki yotgan eski qor qatlamining qalinligi 70 sm. ga etishi kifoya bo‘ladi. Yonbag‘ir nishabligi 450 ortiq bo‘lsa, har qor yoqqanidan so‘ng qor ko‘chaveradi, 600 ortganda esa qor ko‘chkisi shakllanmaydi.
Qorlar eriy boshlagan vaqtda yoqqan qor, ayniqsa, xavflidir. Kunning taftida erigan qor tunning sovug‘ida silliq qobiq bilan qoplanadi va hatto nishablik uncha katta bo‘lmagan hollarda ham ushbu qobiq ustiga tushgan qor ushlanib qololmaydi. Qor massasining pastga qarab harakatlana boshlashi uchun kuchli tovushning o‘zi ham etarli bo‘lishi mumkin. Qarabsizki, qor pastga, vodiy tomonga yopirila boshlaydi. U pastga qarab intildimi, endi uni hech bir kuch ushlab qola olmaydi. Ko‘chki tanasi kattalasha borarkan, yo‘lida uchragan daraxtmi, toshmi, simyog‘ochu binolarmi – farqi yo‘q, barisini o‘zi bilan qo‘shib olib ketadi. Qor massasining oldida esa havo to‘lqini harakatda bo‘ladi. Mana shu qisilgan havo oqimi qorning o‘zidan-da yovuzroq kuchga egadir. Zero, qor massasini to‘xtatib qolish uchun ba’zida kichikroq bir tepalik, beton to‘siq etarli bo‘lgan bo‘lardi.
Tog‘li hududlarda eng xatarli qor ko‘chkisi va undan ko‘rilgan zarar miqdori hisoblab chiqilgan: odamlar halokati – 9,0%, ma’muriy binolar, turar joy binolari, ob’ektlarning vayron bo‘lishi – 14%, chang‘i uchish, temir va avtomobil yo‘llarini qor bosib qolishi – 62%, telefon, telegraf, yuqori kuchlanishli elektr va gaz quvurlariga shikast etishi – 2%, o‘zanlarda suv yo‘lining to‘silib qolishi, ko‘priklarning buzilishi, o‘rmonlarning barbod bo‘lishi – 13% ni tashkil etadi. G‘arbiy Tyan-Shan hududida zarar etkazuvchi halokatli qor ko‘chkilari 16,5% ni tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: |