1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja: Hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlash. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha


-mavzu.Ishlab chiqarishda sodir bo’ladigan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə21/75
tarix20.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#187275
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   75
1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja Hayot f

7-mavzu.Ishlab chiqarishda sodir bo’ladigan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari;
8-mavzu.Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi meyorlari, mazmuni

. Reja:

1.Ishlab chiqarishda mehnat qobilyatini yo’qotilishi;


2.Faoliyat jarayonida sodir bo’ladigan avariyalar;
3.Ishlab chiqarishda faoliyat jarayoni vaqtida yuzaga keladigan jarohatlanishlar va kasb kasalliklari;
4.”H-1” shakldagi dalolatnomani to’ldirish tartibi;
5.Texnosferada havo muhitining kо‘rsatkichlari, ularning mehnat faoliyatiga ta’siri, ishlab chiqarish mikroiqlimining gigiyenik meyorlari, ularning inson organizmiga ta’siri;
6.Ishlab chiqarishda mо‘tadil ob-havo sharoitini yaratish.

1.Ishlab chiqarishda mehnat qobilyatini yo’qotilishi.

2016 yil 22 sentyabrdagi “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida”giqonunning 4-moddasida quyidagi tushunchalar berilgan:


- ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa — xodimning ish beruvchining hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda, shu jumladan ish beruvchi tomonidan berilgan transportda ish joyiga kelayotgan yoki ishdan qaytayotgan vaqtda mehnatda mayib bo‘lishiga yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishiga olib kelgan va xodimni boshqa ishga o‘tkazish zaruratiga, u kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turg‘un yo‘qotishiga yoxud vafot etishiga sabab bo‘lgan hodisa;
-kasb kasalligi — xodimning unga zararli ishlab chiqarish omili yoki xavfli ishlab chiqarish omili ta’siri natijasida yuzaga kelgan va uning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoxud turg‘un yo‘qotishiga sabab bo‘lgan o‘tkir yoki surunkali kasalligi;
-mehnat sharoitlari — mehnatni amalga oshirish chog‘idagi ijtimoiy va ishlab chiqarish omillari yig‘indisi;
-mehnatni muhofaza qilish — mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sog‘lig‘i, ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari hamda vositalari tizimi;

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin