1-Mavzu Huquq-tartibot idoralari va huquq sohasida psixologik xizmat Reja


Eston psixologlari “ tarbiyasi qiyin” o’smirlar uchun maxsus maktablarda psixologik xizmat olib boradilar



Yüklə 121,03 Kb.
səhifə5/11
tarix13.12.2023
ölçüsü121,03 Kb.
#175698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1 ma\'ruza Huquq-tartibot idoralari va huquq sohasida psixologik xizmat

Eston psixologlari “ tarbiyasi qiyin” o’smirlar uchun maxsus maktablarda psixologik xizmat olib boradilar. 1984 yilda Moskvada FA (fanlar akademiyasi)psixologiya institutida “Psixologik xizmat muammolari” bo’yicha I umumittifoq anjumani bo’lib o’tadi. Anjumanda maktabda psixologik xizmat shu’basi ham ish olib boradi.
Birinchi bo’lib Estoniyada 1975 yilda maktabda psixologik xizmat tashkil etildi, rahbari X.I.Liymets, Yu.L.Sыerd bo’lib, tarbiyasi qiyin o’smirlar uchun maxsus maktablarda ish olib bordilar.
Rossiyada 1982 yilda maktablarda psixolog shtati ochildi.
1989 yilda O’zbekistonda amaliyotchi psixologlarning yetishmasligi sababli Nizomiy nomli TDPU da amaliyochi psixologlar tayyorlash fakulteti ochildi. Hozirgi kunda barcha ta’lim muassasalarida-bog’cha, maktab, litsey, oliy o’quv yurtlarida psixolog shtati ochilgan bo’lib, ular nafaqat yoshlar balki tarbiyachi, professor o’qituvchilarga ham streslarni yengishda, nizolarni hal qilishda va boshqa psixik jarayonlarda psixologik xizmat ko’rsatadilar.


  1. Huquqni muhofaza qilish organlarida psixologik xizmat

Huquqni muhofaza qilish organlarida psixologik xizmatning maqsadi - shaxsning har tomonlama shakllanishi, rivojlanishi, samarali ijtimoiylashuvi va moslashuvi, barcha yosh davrlarida psixologik salomatlikni muhofaza qilish uchun psixologik shart-sharoit yaratishdan iborat.
Huquqni muhofaza qilish organlarida psixologik xizmatning vazifalari:

  • har bir xodimning individual xususiyatlari, qiziqishlari, layoqat va qobiliyatlariga muvofiq rivojlanishida uning psixologik imkoniyatlaridan yuqori darajada foydalanish;

  • huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari psixologik salomatligini muhofaza qilish, jamoada sog’lom psixologik iqlimni saqlash, kelib chiqishi mumkin bo’lgan nizolarning eng maqbul yechimlarini topish;

  • huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oilada va jamiyatda moslashuvi va ijtimoiylashuvi muammolari bo’yicha psixologlar va qonuniy vakillar samarali hamkorligini ta’minlash;

  • huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining intellektual, shaxsiy, ijtimoiy rivojlanishidagi og’ishlarni o’z vaqtida aniqlash, tuzatish va oldini olish;

  • huquqni muhofaza qilish organlarida xodimlarida hayotiy o’zlikni anglashida shaxsiy qiziqishlari, moyilliklari, qobiliyatlari, salomatligini inobatga olgan holda psixologik yordam ko’rsatish;

  • iqtidorli mutaxassislar ijodiy rivojlanishiga imkon berish maqsadida psixologik kuzatish va qo’llab-quvvatlash ishlarini amalga oshirishdan iboratdir.




Yüklə 121,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin