1-Mavzu Huquq-tartibot idoralari va huquq sohasida psixologik xizmat Reja


Psixolog ishining to’rtinchi yo’nalishi bu psixologik korrektsiya ishi bo’li



Yüklə 121,03 Kb.
səhifə9/11
tarix13.12.2023
ölçüsü121,03 Kb.
#175698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1 ma\'ruza Huquq-tartibot idoralari va huquq sohasida psixologik xizmat

Psixolog ishining to’rtinchi yo’nalishi bu psixologik korrektsiya ishi bo’lib, shaxsda mavjud kamchiliklarni to’g’rilash, ularning psixologiyasi yoki xulq-atvorini o’zgartirish maqsadida ularga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatishi bilan bog’liqdir. Bu yerda psixolog professional darajada psixokorrektsiya metodlarini o’zlashtirgan bo’lishi kerak: u psixoterapiyani, sotsial-psixologik treningni, autotreningni(mashqlar orqali), gipnoz orqali ishontirishning ba’zi usullari va texnikasini o’zlashtirgan bo’lishi, shuningdek mijozga ishontiruvchi ta’sir ko’rsata olishi kerak.
Odatda, amaliyotda psixolog bu yo’nalishlarning barchasi bilan ozmi-ko’pmi shug’ullanadi. Lekin bu yo’nalishlarning har biri ko’p tayyorgarlikni, vaqtni, maxsus shug’ullanishni professional-tajribani talab qiladi. Shuning uchun ham psixolog yuqorida ko’rsatilgan 4 ta yo’nalishning bittasi bo’yicha mutaxassislashuvi mumkin. Bu esa, o’z navbatida, psixologik xizmatga 4 ta yo’nalishdagi mutaxassislarni; psixodiagnostlarni, konsultantlarni, psixoprofilaktikalarni va psixokorrektorlarni jalb etishni taqozo etadi.
Psixologik xizmatni boshqarish organlari va amaliyotchi psixologlarning o’zaro ta’siri quyidagicha amalga oshiriladi. Joylarda ma’lum ob’ektlarda o’z ishlarini o’tkazib psixologlar o’zlari olgan natijalarini umumlashtiradilar va boshqaruvning o’zlari bo’ysunuvchi yuqori organlariga tizimli ravishda taqdim etadilar; bu organlar o’z navbatida psixologlarga zaruriy tashkiliy va ilmiy-metodik yordam ko’rsatadilar.
Amaliyotchi psixolog asosan psixologik xizmatning markaziy yoki yuqori turuvchi boshqaruv organi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida ishlaydi. Bu dasturda odatda amaliyotchi psixolog tomonidan ma’lum muddat davomida bajarilishi kerak bo’lgan vazifalarning turlari beriladi, ularning mazmuni va xajmi, shuningdek bajarishga ketadigan vaqt-reglament aniq belgilanadi. Amaliyotchi psixologning ish rejimini belgilab beruvchi normativlar mavjud, bu normativlar orqali uning ta’lim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan bo’ladigan ish yuzasidan o’zaro ta’sirini tashkil etish normalari va qoidalari belgilab beriladi. Shuningdek, amaliyotchi psixologlar va psixologik xizmat boshqaruvi organlarining o’zaro javobgarligi, o’zaro ma’suliyatlari belgilangan bo’ladi.
Psixologik xizmat xodimlari va huquqni muhofaza qilish tizimining xodimlari o’rtasida ma’lum munosabatlar shakllana boradi. Bu munosabatlar huquqni muhofaza qilish tizimi tomonidan tasdiqlanadigan “Psixologik xizmat to’g’risi”dagi Nizom orqali boshqariladi. Bunday nizomlar psixologik xizmatga davlat tomonidan qo’yiladigan vazifalarni belgilab beradi.
Psixologik xizmat rivojlanishning istiqboli huquqni himoya qilish jarayoniga psixologik bilimlarning qanchalik chuqur kirib borishi bilan, psixologlar bilan soha boshqa vakillari o’rtasida aniq xizmat munosabatlarining to’g’ri shakllanganligi bilan belgilanadi.
Bugungi kunda ichki ishlar bosh boshqarmasining barcha tuman bo’limlarida katta inspektor-psixolog lavozimlari tashkil etilgan bo’lib, hozirgi kunda ushbu Psixologik xizmat ko’rsatish guruhi xodimlari ichki ishlar organi shaxsiy tarkibining psixologik tayyorgarlik darajasini oshirish, ularning kasbiy-psixologik muhim xususiyatlarini, malaka-ko’nikmalarini yanada takomillashtirish va shaxsiy tarkib o’rtasida samimiy munosabatlarni yaratish maqsadida to’rtta yo’nalishda ish olib borishmoqda.
Xususan, kundalik ish reja asosida tuman Ichki ishlar bo’limi xodimlari bilan psixodiagnostik, psixokorrektsion, psixoprofilaktik tadbirlar o’tkazilib kelinmoqda. Bundan tashqari psixologlar tomonidan xodimlarning oila a’zolari, farzandlari bilan ham psixologik xizmatlar tashkil etilgan.

Yüklə 121,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin