Shaxsni har tomonlama yetuk, barkamol avlod qilib tarbiyalashda psixologik hizmat va psixologik bilimlar nima uchun kerak degan savolga to’xtalib o’tamiz
Shaxsni har tomonlama yetuk, barkamol avlod qilib tarbiyalashda psixologik hizmat va psixologik bilimlar nima uchun kerak degan savolga to’xtalib o’tamiz:
shaxslarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishda;
ta’lim-tarbiya tizimiga, mehnat faoliyatiga ongli munosabatda bo’lishga o’rgatishda;
hayotda uchrab turadigan har xil nizoli vaziyatlarni bartaraf etishda;
shaxsning individual xususiyatlariga e’tibor berishda;
milliy va umumbashariy qadriyatlarga e’tiqod hissini shakllantirishda psixologik xizmatning ahamiyati kattadir.
Psixologik xizmatni 3 tarkibga bo’lib o’rganish maqsadga muvoviq: ilmiy
tashviqot-targ’ibot
amaliy.
Faqat mana shu tarkibning mujassamlashuvi mushtarakligi psixologik xizmat predmetini tashkil etadi. Ilmiy nuqtai nazarda psixologik xizmatning metodologik muammolari o’rganiladi. Bu yo’nalish ijrochilarining asosiy vazifasi soha psixologik xizmatida ishning psixodiagnostik, psixokorrektsion va rivojlantiruvchi metodlarini ishlab chiqish va nazariy asoslashga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlarni o’tkazishdan iborat.
Tashviqot-targ’ibot nuqtai nazari soha xodimlarini psixologik bilimlardan keng, unumli foydalanishni nazarda tutadi.
Hozirgi bosqichda psixologik xizmat faoliyatining yo’nalishi: dolzarb va kelajak yo’nalishlari mavjud. Dolzarb yo’nalish ta’lim tarbiya sohasidagi qiyinchiliklar, shaxs, ayniqsa, yoshlar xulq-atvoridagi, muloqotidagi shaxsi shakllanishidagi buzilishlar bilan bog’liq muammolarni hal qilishga qaratilgan.
Psixologik xizmat “psixologiya” ixtisosligi bo’yicha oliy ma’lumotga ega bo’lgan psixolog yoki qayta tayyorlashdan o’tib, “amaliyotchi psixolog” malakasiga ega bo’lgan oliy ma’lumotli pedagoglar tomonidan amalga oshiriladi.