Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihat dan asoslash ma’lum pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon bo’lish qo nuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma’lumki, pedagogik hodisa murakkab tuzil maga ega bo’lib, uning umumiy mohiyatini to’laqonli anglash uchun bir qator fanlar ning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu nuqtai nazardan pedagogika bilan quyidagi fanlar o’rtasida yaqin aloqadorlik mavjud:
Falsafa – shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g’oya, qarash hamda ta’limotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni tahlil etishga im kon beradi.
Etika – shaxs ma’naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma’na viy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muhim o’rin tutuvchi nazariy g’oyalarni pedago gik jarayonga tatbiq etishda alohida o’rin tutadi.
Estetika– shaxs tomonidan go’zallikning idrok etilishi, uni yaratishga intilishi, shuningdek, este tik didni tarbiyalashda muhim yo’nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi.
Iqtisod – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo’lga qo’yish, o’quv binolarini qurish, ta’lim -tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika va zamonaviy texnologi yalar bilan jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy jihatlarini anglashga xizmat qiladi.
Sotsiologiya– ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari xususida ma’lumotlarga ega bo’lish asosida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o’zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi.
Fiziologiya – o’quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anotomik xususiyatlarini inobatga olinishi uchun boshlang’ich asoslarni o’rganishga yordam beradi.am unga tegishlidir.
Ijtimoiylashuv tushunchasi. "Ijtimoiylashuv” so‘zi dastlab siyosiy iqtisodiyotdan kelib chiqqan. U siyosiy iqtisodiyotda er va ishlab chiqarish vositalarining umumlashuvi ma’nosini anglatgan. "Ijtimoiylashuv” atamasini birinchi bo’lib amerikalik sotsiolog F. G. Keddings insonlarga nisbatan qo‘llagan. U "Ijtimoiylashuv nazariyasi” (1987) kitobida hozirgiga yaqin ma’noda "ijtimoiy tabiat yoki individ xarakterini rivojlantirish, insonni ijtimoiy hayotga tayyorlashdir” degan fikrni bildiradi. XX asr o‘rtalarida ijtimoiylashuv inson rivojlanishini butun umri mobaynida o‘rganuvchi hamda fanlararo bog’lanuvchi mustaqil ilmiy sohaga aylandi. Ijtimoiylashuvning turli konsepsiyalarini tahlil qilish uni, shartli ravishda, ikki asosiy yondashuvga ajratish imkonini beradi:
— sub’ektiv-ob’ektiv. Unda insonga jamiyat ta’sirining sust iste’molchisi sifatida qaraladi (E. Dyurkgeym, T. Parsons);
— sub’ektiv-sub’ektiv. Bunda ijtimoiylashuv jarayonida insonning faol o‘rni, uning hayotiy holatlarga ta’sir etish qobiliyati nazarda tutiladi. Jamiyat va ijtimoiy moslashuv jarayonlarini tushunishning hozirgi talablariga ikkinchi yondashuv ko‘proq mos keladi, chunki zamonaviy fanda ijtimoiylashuv insonning madaniyatni o‘zlashtirish jarayonidagi rivojlanishi va o‘zgarishi bilan belgilanadi. Ijtimoiylashuv jarayoni. Bolaning ijtimoiylashuvi, xususan, insonning ijtimoiy moslashuvi uning bilishga bo’lgan ob’ektiv ehtiyoji jarayonida paydo bo’ladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda bo’lada boshqa bir ob’ektiv ehtiyoj — o‘ziga xoslikni namoyon qilish hissi ham shakllanadi. Bola o’gni yuzaga chiqarish uchun turli usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning individuallashuvi ro‘y beradi. Shaxsning faqat o‘ziga tegishli bo’lgan ijtimoiy jamiyatga ega xislatlari individual tarzda namoyon bo’ladi, uning ijtimoiy xulq-atvori esa takrorlanmas jihatlarga ega bo’ladi. Bolaning ijtimoiy rivojlanishi o‘zaro bog‘liq bo’lgan ikki yo‘nalishda olib boriladi: moslashuv (ijtimoiy madaniy tajriba, madaniyatni o‘zlashtirish) va individuallashuv (mustaqillik, nisbatan uziga xoslikka ega bo‘lish). Shunday qilib ijtimoiylashuv tushunchasi zamonaviy fanda inson shaxsining moslashuvi va individuallashuvi jarayonlarini o‘zaro bog‘laydi. Inson (bola)ning aniq bir jamiyat sharoitlariga moslashuvi yoki undan ajralib chiqishi (individuallashuvi) ijtimoiylashuv jarayonining mazmunini tashkil qiladi.
Moslashish sub’ekt va ijtimoiy muhitning o‘zaro faol yaqinlashuv jarayoni va natijasidir. (J. PiaJe, R. Mertoj). Ijtimoiy moslashuv esa ijtimoiy muhit talablariga insonning munosabat bildirishidir. Shunday qilib, ijtimoiylashuv (moslashuv) individning ijtimoiy mavjudotga aylanish jarayoni va natijasidir. Individuallashuv insonning ob’ektiv ehtiyojlar bilan bogliq holda jamiyatda ma’lum darajada alohidalikka intilishi bo’lib, uning yoshligidayoq o‘z-o‘zini namoyon qilishga bo‘lgan harakatlarida paydo bo‘ladi. Bu ehtiyoj quyidagicha namoyon bo‘ladi:
a) o‘z qarashlariga ega bo‘lish;
b) o‘ziga xosliklarga ega bo‘lish;
v) o‘ziga tegishli bo‘lgan masalalarni o‘zi hal qilish;
g) o‘z mavqeini aniklab olishiga xalaqit beradigan hayotiy holatlarga qarshi turish.
Agar shaxsning jamiyatga kirishida moslashuv va individuallashuv jarayonlari o‘rtasida tenglik yuzaga kelsa,insonning jamiyatga yaqinlashuvi ro‘y beradi. Shu bilan birga, bunday hollarda shaxs va muhitning o‘zaro ta’sir etishi ham sodir bo‘ladi. Shunday qilib, muvaffaqqiyatli ijtimoiylashuv moslashuv va individuallashuv o‘rtasida muvozanat saqlangandagina amalga oshishi mumkin.