1-mavzu: ijtimoiy pedagogika fan sifatida. Ijtimoyilashuv tushunchasi, jarayoni, vositalari. Reja


Bu jarayon 3 asosiy sohada amalga oshadi



Yüklə 298,48 Kb.
səhifə4/40
tarix01.12.2023
ölçüsü298,48 Kb.
#170835
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Nazariy mashg`ulot materiallari 1-mavzu ijtimoiy pedagogika fan-fayllar.org

Bu jarayon 3 asosiy sohada amalga oshadi:
1.Faoliyat turlarining kengayishi, uning shakl va vositalarini qo‘lga kiritish, erkin mo‘ljal olish.
2. Muloqot doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish, xulq-atvor me’yorlarini o‘zlashtirish.
3. SHaxsiy "Men” obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida shakllantirish, uz ijtimoiy mansubligi va o‘rnini anglash, o‘ziga baho berishni shakllantirish.
Ijtimoiylashuv vositalari. Inson ijtimoiylashuvi u yoki bu jamiyat ijtimoiy qatlamlariga xos bo’lgan universal vositalar orqali amalga oshiriladi. Ularga quyidagilar kiradi: go‘dakni emizish va g‘amxo‘rlik qilish usullari, maishiy va gigienik yurish-turish qoidalari, insonni o‘rab turuvchi moddiy madaniyat mahsulotlari, ma’naviy madaniyat unsurlari (alladan boshlab ertaklargacha), muomala usuli va mazmuni, oilada jazolash va mukofotlash uslublari, insonning qayotiy faoliyatidagi ko‘p sonli munosabatlari: muloqot, o‘yinlar,ma’naviy-amaliy faoliyat, sport bilan shug‘ullanish.
Har bir jamiyat, davlat, ijtimoiy guruh ijobiy va salbiy, rasmiy va norasmiy qarorlar, ta’qiqlashlar, ruxeat berish, majburlash kabi chora-tadbirlarni ishlab chiqadi. Bu choralar yordamida inson xulq-atvori shu jamiyatda qabul qilingan me’yoriy qadriyatlarga moslashtiriladi.
Bola ijtimoiylashuvining bosqichlari: Jamiyat tarbiyasi bu ijtimoiy tarbiya deganidir. Ij­timoiy tarbiya muammolari bilan esa ijtimoiy pedagogika shug‘ullanadi.
Ijtimoiy pedagogika — bu pedagogik fanlarning muxim yo‘nalishlaridan biri, uning tadqiqot obe’kti shaxs bo‘lib, u aniq manzilga ega. Ya’ni ijtimoiy pedagogikaning obekti jamiyatdagi barcha shaxslar emas, balki ijtimoiy xayotda adashgan, odob-axloq, me’yorlaridan og‘ishgan, ijtimoiy pedagogik yordamga muxtoj shaxslar, shuningdek, jamiyat a’zolarining ongini tarbiyalashdan iboratdir.
Ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa — bolaning ijtimoiylashuvi jarayonidir. Ijtimoiy pedagogika — bu shaxslarning ijtimoiylashuvi xamda ularga ijtimoiy ta’lim va ijtimoiy tarbiya berish qonuniyatlarini o‘rganuvchi pedagogika fanining tarmog‘idir.

Yüklə 298,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin