1-mavzu: Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy pedagogika fanining amaliy ahamiyati Mashg’ulot rejasi



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə61/82
tarix13.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#87527
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   82
1-mavzu Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy

Jismoniy

Psixik

Pedagogik

Ijtimoiy

  • Kasallik;

  • ko’rishida nuqsonli;

  • eshitishda nuqsonli

  • harakat apparatidagi nuqsonlar

    • psixik rivojlanishida ortda qolish;

    • aqliy zaiflik

    • nutqiy nuqson

    • emotsional-irodaviy nuqsonlar

    • iqtidorlilik

    • umumiy ta’lim olishdan og’ishlik

    • kasbiy ta’lim egallashdagi og’ishlik

    • etimlik

    • xulqiy og’ishlik: alkogolizm, toksikomaniya, giyohvandlik, buzuqlik, qarovsizlik, daydilik, huquqbuzarlik, jinoyatchilik.



CHekinishning (og’ishning) turlari. Me’yorlardan chekinishning to’rtta turi mavjud. Bular: jismoniy, psixik, pedagogik va ijtimoiy.
Jismoniy chekinish birinchi navbatda insonning sog’ligi bilan bog’liq bo’lib, tibbiy ko’rsatkichlar orqali belgilanadi. Bularga insonning bo’yi, vazni kabilar kirishi mumkin. Bundan tashqari biron bir faoliyat yuritishda imkoniyatlari cheklangan, ya’ni sog’ligi tufayli o’z qobiliyatini yo’qotgan, defekti bor insonlar hamda nogironlar shular jumlasidandir. Sog’ligi va rivojlanishi jihagidan chekinishlarga duch kelgan insonlar turli klassifikatsiyalarga ajratiladi. SHunday imkoniyatlari cheklangan insonlar guruhiga quyidagilar kiradi: kasallar va betoblar. Bular faoliyat yuritishda qiyinchiliklarni vujudga keltiruvchi anatomik elementlar, psixik yoki fiziologik anomaliyalar yoki yo’qotishlarga duch kelgan insonlardir.
Imkoniyatlari cheklangan insonlar. Bular qabul qilingan me’yorlardan chekingan yoki o’z qobiliyatlarini yo’qotgan insonlardir. Ishga layoqatsiz, nogiron insonlar. Bu yoshi, jinsi va turli ijtimoiy faktorlardan kelib chiqqn holda insonning jamiyatdagi ijtimoiy rolini bajarishdagi imkoniyatlarining cheklanishidir. Bunda «kamchilik» tushunchasi qo’llanadi. Insonlarda jismoniy, psixik, murakkab hamda og’ir kamchiliklar bo’lishi mumkin.
Jismoniy kamchilik bu — inson rivojlanishidagi bir umrlik yoki davriy kamchiliklar: xronologik, somatik yoki yuqumli kasalliklardir. Psixik kamchilik insonning psixik rivojlanishidagi bir umrlik yoki davriy kamchiliklar bo’lib, u ta’lim olishda ma’lum qiyinchiliklarni vujudga keltirishi mumkin. Unga nutqning buzilishi, miyaning zararlanishi kabilar kiradi.
Murakkab kamchilik ham jismoniy va psixik kamchiliklarni o’z ichiga oladi. Og’ir kamchilik — bu Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim olishga layoqatsiz jismoniy va psixik kamchiliklarning yuqori darajasidir.
Psixik chekinish birinchi navbatda bolaning aqliy rivojlanganlik darajasi hamda ularning psixik kamchiliklari bilan bog’liq. Bu guruh insonlarga anomal bolalar: psixik rivojlanishida turli xil to’siqlar mavjud insonlar, aqli zaiflar, oligofreniklar kiradi.
Pedagogik chekinish — bu pedagogika va ijtimoiy pedagogika fanida kam qo’llanib kelingan tushunchadir. Pedagogik chekinish deganimizda ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko’ra ta’lim-tarbiya ololmagan o’quvchilar tushuniladi. Bunga DTS talablari darajasida bilim ololmagan yoki o’z istiqboli, kelajagi uchun harakat qilmagan o’quvchilar, ularning individual rivojlanish me’yorlari kiradi.
Pedagogik chekinishga birinchi navbatda o’quvchilarning umumiy o’rta ta’limga ega bo’la olmasligi kiradi. Bunday bolalar kategoriyasiga ma’lum sabablarga ko’ra o’qishga bormagan, faqat boshlang’ich ta’lim olish bilan cheklangan bolalar kiradi. Bunday holatlarning ko’plab (ob’ektiv va sub’ektiv) sabablari mavjud. Masalan, o’quvchilar yoki talabalarning darsdan qochishi, materialni o’zlashtira olmaslik, o’qishdan bezishi, dangasalik, oiladagi nosog’lom muhit, bolalar uchun pul topish ilinjiga tushib ketishi, ekologik yoki ijtimoiy kataklizmalar natijasida bolalarning ota-onalaridan ayrilishi va h. k. Bunday sabablarni ko’plab keltirish mumkin. Ko’pchilik holatda pedagogik chekinish bolalarning qanday sharoitda yashashiga bog’liq: o’qish bilan qiziqadigan oiladami yoki aksincha o’qishni ikkinchi darajali deb hisoblaydigan oiladami va h. k.
Ijtimoiy chekinish. Ijtimoiy chekinish tushunchasi ijtimoiy me’yor tushunchasi bilan bog’liq. Ijtimoiy me’yor — bu jamiyat rivojlanishining ma’lum bosqichida insonlar yoki ijtimoiy guruhdar faoliyati va xulq-atvoridagi yo’l qo’yilgan yoki mumkin bo’lgan qoidalar, xatti-harakatlar andozasidir. Ijtimoiy chekinish yoki og’ishlarning oldini olish va tartibga solib borish uchun qadimda turli xil afsonalar, an’analar va diniy marosimlar yaratilgan.
Ijtimoiy me’yor ikkita guruhga ajratiladi: universal, ya’ni jamiyatdagi barcha insonlarga xos.
Xususiy, ya’ni jamiyatdagi ma’lum guruh yoki ma’lum kasb egalariga xos me’yorlardir.
Ijtimoiy me’yorlarni, shuningdek, huquqiy, ma’naviy, siyosiy, diniy va h. k. deb ham guruhlarga ajratish mumkin. Ijtimoiy me’yorlar va insonlarning ulardan og’ishi yoki chekinishi ular yashab turgan jamiyatning ajralmas faktori bo’lib hisoblanadi. Bolalar orasidagi ijtimoiy og’ish esa uning o’sha jamiyatda salbiy sifatlar ta’sirida tarbiyalanini, salbiy ijtimoiy guruhga kirishi, ijtimoiy rolni egallab, ijtimoiy tajribalarni o’rganishi sifatida xarakterlanadi. Ijtimoiy pedagogikada buni «tarbiyasi og’ir bolalar» deb yuritishadi. Ya’ni bu bolalarning xatti-harakatlari, xulq-atvorlari jamiyat tan olgan me’yorlarga zid. Ijtimoiy pedagogning ish faoliyati esa shunday ijtimoiy og’ishlarni profilaktika hamda reabilitatsiya qilishga qaratilgandir.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin