1-Mavzu. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo shaharlari tarixi Reja



Yüklə 398 Kb.
səhifə7/33
tarix05.05.2023
ölçüsü398 Kb.
#107912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33
1-Mavzu. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo shaharlari tarixi Rej

Poykand.
Mil. av. IV-III asrlarda chegara istekomi sifatida Buxoro so’g’dining Eron bilan chegaradosh yerida kadimgi Poykand shahri bunyod etilgan. Keyinchalik Buyuk Ipak Yo’lining Poykand orkali o’tishi kal’ani shaharga aylanishiga sabab bo’ladi.
Poykand haqidagi ma’lumotlar arab – fors jo’g’rofiy olimlar: At – Tabariy, Ibn – al – Xordodbex, Ibn Fakix, Firdavsiylar kitoblarida, Muhd Narshahiyning «Tarixi Buxoro» saqlanib qolgan. Poykand haqidagi ayrim ma’lumotlar o’rta asr Xitoy yilnomasida xam keltirilgan.
1896 yil topograf N.F.Sitnyakovskiy tomonidan XI asr o’rtalarida yuk bo’lib ketgan. Poykand harobalari haqida dastlabki xabarni beradi. 1913 yilda L.A. Zimin tomonidan shaharchaning ilk kadimshunoslik tadkikotlari boshlanadi. 1939-1940 yillarda esa shaharchani Ermitaj (A.Yu. Yakobovskiy) va O’zkomstaris (V.A. Shishkin) olimlari o’rgangan.
Shaharchada muntazam kazilmalar va tadkikotlar XX asrning 80 yillarida O’zFA Arxeologiya inst-ti olim jamoasi tomonidan Ermitaj mutaxassislari ishtirokida utkazildi. Ko’p yillik qadimshinos tadkikotlar natijalari 1996 yilda chop etilgan «Poykand shaharchasi» monografiyasida o’z aksini topdi.
Shaharcha turli vaktda mansub bir kancha kismlardan iborat. Shulardan kadimiysi 90x90m ulchamidagi ark xisoblangan. V asrda arkni dastlabki istehkomlariga shimoliy shark tomonidanyangi devorlar kurilgan bo’lib, ular tirqishsimon shinaklar bo’lgan turtburchak minoralar bilan mustaxkamlangan.
Turli kadimshunos tadkikotchilar shaharchadagi ilk katlamlarni, ya’ni IV-V asrlardan tortib XV asrgacha bo’lgan davrni kamrab olgan.
1900-2000yillarda olib borilgan kazilmalar jarayonida arkda uchta yonib ketgan xona topildi. Ulardan biri, ya’ni «Naqshu nigorli xona» nomini olganida buxorxudotlar xazinasi va yashirib kuyilgan qurol – aslaha omborxonasi topildi. Qurol – aslaha bilan birgalikda, muhr nishonli osma sopol yoriqlar buxorxudotlarning kumush tangasi, sopol idish topildi. Xonalar VII-VIII asr boshida kurilgan deb taxmin kilinadi.
VIII asrga oid dorixona binosi noyob topildik xisoblanadi. Qadimshunoslar suyuklikni tozalash va haydash uskunasidan bo’lgan urta asr retort (kimyoviy tajribada ishkiluvchi noksimonnaychali idish) xilidagi maxsus kimyoviy idishlar alembiklar, mum qoldiqli, muolajada ishlatiladigan mis tovoqcha, arab yozuvli nishtarlarkuplab tanga va boshka buyumlartopilgan.
Binoning tarxi to’rtburchak shaklida bo’lib asosan, ikkita ketma ket joylashgan katta xona va ular ichidagi bir necha bo’linmalardan iborat. Arxeologlarning fikricha, kata xonalarning biri kimyoviy uslubda dori – darmonlar tayyorlashga muljallangan bo’lib, ikkinchisida dorilar, dorivor xomashyolar va idish – anjomlar saqlangan. Xonalarning biridagi bo’linmada zinapoyali keng supa joylashgan bo’lib, unda extimol kelgan kasallarga tibbiy yordam kursatilgan, boshkacha aytganda, bu bo’linma «ambo’latoriya» vazifasini bajargan bo’lishi mumkin. Dori tayyorlaydigan xonaning ostida uzunligi 6,3 metrli yertula xam bo’lib, u tayyor dori darmonlarniva turli xil buziluvchi maxsulotlarni saklashda uziga xos «sovutgich» vazifasini bajargan. Poykent dorixona binosi xozircha Zarafshon vohasida topilgan shu xildagi yodgorliklarning yagona timsolidir.
Hozirda Poykent shaharchasida tutash xududda shaharcha tarixi muzeyi tashkil etilgan.


Termiz.
Kadimgi shark madaniyati tizimida Baqtriya aloxida urin egallaydi chunonchi, Baqtriya eng kadimgi madaniyat uchoklaridan xisoblanib, u zardo’shtiylarning muqaddas kitobi «Avesto» da Baxdi nomi Bilan kayd etilgan. Baxdi Axura Mazda mazda tomonidan yaratilgan 4-chi mamlakat bo’lib, u bag’oyat guzal va tug’lari baland kutarilgan ulka sifatida ta’riflangan. Qadimgi Yunon va Rim tarixchilari Baqtriyani «oriylar yurtining ko’rki», «ming shaharli ulka» deb kayd kilganlar. O’zbekistonning janubiy xududlari, Baqtriyaning eng rivojlangan yerlaridan xisoblangan kadimgi Termiz shahri hamantik manbalarda qayd qilingan mingta shaharning shubhasiz biri bo’lgan.
Kadimgi Termiz shahri xozirgi shahardan 7 km shimoliy – g’arbda, Amudaryo buyida joylashgan. Shaharning strategik axamiyatiga molk bo’lgan yerda joylashuvchi, ya’ni daryoni kechib utish kulay bo’lgan yerda, shimolni janub bilan garb bilan boglovchi savdo chorraxasida joylashuviuni tez sur’atlar bilan rivojlanishiga ravnakiga zamin bo’lib xizmat kildi. Bu omillar shaharni kadimgi va o’rta asr O’rta Osiyo davlatlari tarkibidagi o’rnini xam belgilab berdi.
Janubni shimol bilan, Sharqni G’arb bilan bog’lab, ko’plab xalqlar tarixida katta axamiyat kasb etgan Buyuk Ipak yuli xam shu yerdan o’tgan.
Bu yerda Aleksandr Makedonskiy tomonidan asos solingan «Oks buyidagi Aleksandriya» shahri keyinchalik, kuchmanchilar tomonidan vayron etilgan bu shahar salavkiylar shohi Antiox tomonidan kayta tiklangan va unga «Oks buyidagi Antioxiya» nomi berilgan.
Tarmita – Termiz shahri (tarmitaning shaharning kadimiy nomi, bu so’z «avesto» olingan ma’noni anglatadi). Yunon – Baktriya davrida, sungraayniksa kushonlar saltanati xukmronligi davrida (I-IV asrlar) eng yukori boskich tarkkiyot darajasiga kutarldi.
Bu davrda shahar 350 ga din ortik maydoni ishgol etgan bo’lib, shimoliy Baktriyaning siyosiy, iktisodiy madaniy, va mafkuraviy markaziga aylangan.
Ma’lumki kushonlar davrida butun saltanat xududdlarida buddaviylik dini keng tarkalgan edi. Bu mintakada buddaviylarning eng yirik markazi Termita – Termiz shahrida joylashgan. Bu davrda Termita – Termiz buddaviylik dinini Sharqqa, xususan Sharkiy Turkiston va Xitoyga tarkalishiga uziga xos retranslyatorlik vazifasini bajargan.
Kushon saltanatining inkirozi, sosoniylar Eronini tinmay olib borgan boskinchilik yurishlari va jamiyatda yuz berayotgan ijtimoiy iktisodiy uzgarishlar shaharning rivojiga salbiy ta’sir kursatdi. Shahar xayoti va shahar madaniyati tanazzulga yuz tutdi. Shahar axolisini ma’lum kismini kishloklarga kuchib ketishi, xunarmandchilikni inkirozga uchrashi natijasida, Tarmita – Termiz kiska vakt ichida kichik bir shaharga aylanib qoladi. Siyosiy barkarorlik, kuchli markaziy xokimiyatni yukligi sababli, milodning V asrlarida Termiz atrofidagi yerlarni birlashtirgan xokimlik vujudga keldi. Bu xokimlik 689 yilgacha xukm surgan bo’lib, uning markazi Termiz shahrida bo’lgan. Bu xokimlik yarim mustakil bo’lgan siyosiy va iktisodiy statusga ega bo’lib, u avval, eftalitlar davlati (V-VI asrlar) sungra turk xokonligi (551-744yy) tarkibiga kirgan.
Arab manbalariga qaraganda, hokimlik Termiz shohlari tomonidan boshkarilgan bo’lib, ular miss tangalar zarb kilish xukukiga ega bo’lganlar. Termiz shohlari tomonidan zarb kilingan tangalarning bir tomonida hokim, ikkinchi tomonida langar tasvirlangan. Bu hol shaharni xali xam Amudaryo buyidagi yirik port shahari xisoblanganligini va langar shahar ramziga aylanganligini kursatadi. Lekin Termiz hokimlik markazi va Amudaryoda joylashgan yirik port shahri bo’lishiga karamay, baribir kushonlar davridagi qiyofasini tiklay olmaydi. U hamon bir viloyat shahari bo’lib qola bordi. Vaholanki kushni Chag’oniyon shahri bu davrda sur’atlar bilan rivojlangan edi. Qo’hna Termiz va uning atrofidagi shaharlar haqida o’rta asrning kuplab tarixchilari va sayyohlari ko’plab ma’lumotlar koldirgan. Anna shunday manbalardan bo’lishi VII – asrda yashagan buddaviy rohib Syun – szanning «g’arbiy mamlakatlar tasviri» («opisaniye zapadnыx stran») nomli asarida mamlakat xudidida turklarga karam ekanligi etilgan. Syuan – Szani bu asari Termiz haqida yozilgan birinchi mukammal asar xisoblanib, unda aytilishicha, Ta- mi mulkining poytaxti – Termiz shahrining xududdi 20 m (10km ga yakin) ga teng bo’lgan. Tami viloyatining poytaxtida undan ortik buddaviy ibodatxona, 1000 dan ortik roxib, stupa (xovoncha) va mukaddas budda xaykali mavjud bo’lganligini kayd etib, muallifning uzi xam shu ibodatxonalarda ibodat kilgan.
Milodning 689 yilida isyonkor arab lashkarboshisi Muso ibn Abdullox Termiz shahrini egallab olib va uni 15 yil davomida uz tasarrufida ushlab turadi. Musobin Abdullox shahardagi barcha ibodatxonalarni gorat kiladi va uzi xalifalikdan ajraladi. Ya’ni u xalifaning movarounnaxrdagi solik yiguvchilarni xaydab yuborishga muvaffaq bo’ladi va shundan e’tiboran tuplangan soliklar Termiz xazinasiga kelib tusha boshlaydi. 704 yilda arab xalifaligi, turk xokonligi va maxalliy xokimlarning birlashgan kushinlari Muso Ab-loh qo’shinini tor mor kilib, shaharni egallaydilar. Shundan sung Termiz arablarning Shimoliy Toharistondagi harbiy tayanch shahriga aylanadi. Arab xalifaligi xukmronligi davrida shaharning ijtimoiy, madaniy va mafkuraviy hayotida tub uzgarishlar ruy beradi. Shahar asta-sekin rivojlanib, urta asr O’rta Osiyo shaharlariga xos kiyofaga kira boshladi.



Yüklə 398 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin