1-Mavzu. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo shaharlari tarixi Reja


Ilk o’rta asrlarda Xorazm shaharlari



Yüklə 398 Kb.
səhifə9/33
tarix05.05.2023
ölçüsü398 Kb.
#107912
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33
1-Mavzu. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo shaharlari tarixi Rej

Ilk o’rta asrlarda Xorazm shaharlari.
Xorazmning ilk o’rta asrlariga oid tarixini, tadqiqotchilar bu hududdagi tadqiqotlar natijasiga ko’ra shahar tipidagi shaharlar va qishloqlarni topdilar. Shulardan Berkut-Qal’a va Tosh-Qal’a shular jumlasidandir.
Berkut qal’a-sitadel (qo’xandiz) 1ga (100x100m) va 5ga yaqin qishloqdan iborat bo’lgan. Qo’handiz – 10,5 m uzunlikudagi qal’a devori bilan o’ralgan bo’lib, har tomonida 4 ta minora bilan mustahkamlangan.
Qo’handizxududidan donjon – 18x18 m maydonli turarjoy binosi kazib olingan. Donjon VI –VII asrlarda tashkil topgan bo’lib,ikki marotaba qayta qurilgan va oxir bor (VIII) tashkil topganidan buyon 6 ta uydan iborat va bu uylar tor yulaklar atrofida biriktirilgan edi. Uylarning balandligi 8 m uzunlikda qurilgan.
Ikkinchi qishloq qismi ikkita alohida qismlardan tashkil topib, bo’lar yondosh qurilgan binolardan iborat. Birinchi bino janubga – paxsa bilan devor bilan o’ralgan bo’lib 2.6-2.7 m oraliqda joylashgan shinaklar (o’q otiladigan teshiklar) bilan ta’minlangan. Shimoliy – g’arbiy tomonidagi binoda ikkita uyning qoldiqlari topilib, VIII asrga tegishli ekanligi qayd qilingan. Lekin ularning kurilish rejasini, devorning yomon saqlanganligi oqibatida bilishga imkon bermadi.
Shahar harakteridagi «qishloqlardan ikklantiradiganlaridan beri»- Kuyuk – kaladir.
Xududdi, 35 ga yaqin shahristondan iborat. U o’zinig yirikligi bilan Buxoro bilan barobar hisoblanadi. Xududda olib borilgan qazilmalar natijasida, faqat bir nechta uy joy qoldiqlari bilan chegaralanib qoldi, ular orasida xunarmand ustaxonasi topilib, unda temir eritadigan pech va ko’p miqdorda toshqol ko’mir (chiqindi), ko’mirlar topilgan. Shahriston qal’a devorlari bilan o’ralgan bo’lgan. Yana bir muhim qishloq shaharchasiga xos bo’lgan shahar tashqarisida ossuar dafn etilgan yirik qabriston topildi. Bu ashyolar shaharning to VIII asrga qadar mavjud bo’lganligini tasdiqlaydi.
Uncha katta bo’lmagan shahar harobalaridan biri Tok-Qal’a hisoblanadi. Uni tadqiq qilgan arxiolog A.V. Gudkovning fikricha «qishloq istexkomiga o’xshagan shaharga» o’xshaydi. Uning xududi ark bilan birga 8 ga ni tashkil etadi. Stratigrafik ma’lumotlarga kura, qishloq er.av-gi (IV-II) asrlarda shakillangan, VII-VIII asrlarda esa «minorasidid qal’a devoriga» o’xshab qolgan. Bu yerda xam Quyuq-Qal’adagi singari ossuarlarda dafn etilgan kabriston topilgan.
S.P. Talstov fikricha VII-VIII asrlarda Xorazmda shaharlar to’liq yo’qolib ketib va VIII-XI asrlarda yangicha asosida, ya’ni zodagon ko’rganlarida savdo-hunarmanchilik kasblari sifatida quriladi va ko’pchilik Xorazm shaharlari shahristonga ega emas. Arxeologiya qazilmalari natijasida VIII asrlarda shaharlar soni aniqlanmagan.
Ularning soni bir qancha bo’lgan, xususan at Tabari va boshqa mualliflarning fikrlaricha Xorazmda «uchta shahar» Fil (Kot), Xazorasp va Urganch.
Albatta, faqat «uchta shahar»deb hisoblanishi yanglish bo’lishi mumkun. At-Tabari, Xorazmni bosib olinishi to’g’risida gapirib, «Xorazimshoxda uchta shahar va uchalasi xam bita devor bilan o’rab olinganligi va Fil shahri boshqalariga nisbatan mustahkamroqdir» deb ta’kidladi.
IX asrlarda Xorazm musulmon mualliflari diqqatidan tashqarida bo’lgan. Barcha ma’lumotlar X asrdan boshlanadi. Xorazm poytaxti Kotni aniq shaharning topografiyasi bilan aniqlab bo’lmaydi, shuning uchun uning razmeri taxmin qilinadi. Al-Istaxri aytishicha, madina diametiri 1/3 farsaxga teng (2km dan kamroq) bo’lgan deb, lekin rabat borligi tug’risida gapirmagan. Bu ma’lumotlar asoslanib, shaharlarning umumiy maydoni 500 ga dan kam bo’lmagan. Al-Mukaddassiy Kotning madinasi xaqida gapirmaydi lekin, shahar yirikligi bo’yicha Nishapurga teng deb xisoblaydi.
X – asr oxirida Xorazmning asosiy shaharlaridan bo’lgan Urganch to’g’risida ham kam ma’lumot bor. Al – muqaddasi vaqtida u 4 ta darvoza ega bo’lib, va jadal ko’rib borilgan. Shahar chegarsi anik bo’lmagan, chunki ularni XIII-XIV asr qurilishlari yopib turgan.
Al-Istaxri va Al-Muqaddasi bergan Ro’yxatda Xorazm shaharlari bir –biri farqlanadi, shuning uchun S.P. Talstov aytdiki, X asr boshlaridan to uning oxirgi choragiga qadar ko’pgina Yangi shaharlar tashkil topa bordi.
Al – Muqaddasi e’tiroficha Xorazm shaharlarini yirikligi jixatdan qo’yidagicha tartibda keltirilgan: Kot va Gurganj; Mizdaxkan; Dargan; katta shaharlardan Barategin, Jaz, Jamshira, Zardux, Kurder, va Jit, o’rtachasi Ruzvand, qolganlari maydarroq.
Kot va Urganchni gapirib o’tdik. Uchinchi yirik shahar Mizdaxkan bo’lib, holiga qadar to’liq o’rganilmagan. Shaharning mo’g’ullarga qadar bo’lgan chegarasi aniqlanmayapti. IX –asrda Gyaur – Qa’la tepaligida qurilgan qal’a, uncha yirik bo’lmay (4 ta dan kam) va u shahriston bo’la olmaydi, biron –bir devor qoldiqlari aniqlanmadi.
Sharqiy tepalik kattaroq bo’lib, (45 ga yaqin) to’laligicha qabriston egallagan bo’lib, u ham shahriton hisoblanmaydi. Tepalikdan janubda ham hyech qanday shahar qurilishlari qoldiqlari saqlanmagan.
Keyingi yirikligidagi shahar Dargon bo’lib, uncha katta bo’lmagan shahriston 16 ga va devordan tashqarida qurilgan maydon (50ga) yetadi. Shahriston bo’yicha muhokama qilsak, Darg’on xivadan kichikroq (26 ga Xiva) Xazaraspdan ham (10 ga) va kichik shahar bo’lgan Zamaxshardan ham (18 ga) kichik.
S.P. Talstovning ta’kidlashicha, xorazm shaharlarini shahriston va rabotga bo’lish ularga xos emas, chunki ular eski asosida qurilgan emas, balki qaytadan savdo – hunarmandchilik shaharchasi sifatida, zadagonlar qo’rg’onlarida shakllangan. Lekin baribir ma’lumotlar borki, Kot, Urganch va Dargonlarda shahriston va rabot bo’lgan.
Al – Muqaddasi Sadvarda rabot va istehkom, Nuzvar va Jazdamadina borligini eslatadi. Hazorasp va Xiva esa antik shaharlar o’rnida mavjud bo’lgan va ularni qo’rg’onlar shaharchasida shakllangan Deya olmaymiz. Qolgan tuzilishi haqida esa ma’lumot yo’q.
X asrdan so’ng Urganch Xorazm poytaxtiga aylangach, ustunligi oshib bordi.
XII- asr oxiri va XIII asrda Xorazm rivojlanib tarqqiy etib boradi. Ayniqsa u markazlashgan davlatning markaziga aylandi, qaysiki bu yerda katta boyliklar: soliq yoki qo’lga kiritilgan o’ljalarbosib olingan shaharlardan tashib keltirila bordi. Ayniqsa Urganch poytaxt shahri sifatida o’sib bordi va Sharqning eng yirik markaziga aylandi.
XII va XIII asr boshlarida Urganchdabir talay (takash maqbarasi, Faxradin Roziy maqbarasi, Jome masjidi, 1011 yilda solingan minora) qurilishlar XIV asrda shahar xududida joylashgan edi. Daryarliq – an 1 km shimolda ham shahar qismi joylashgan edi.
Shunday qilib shahar diametri 2-3 km kam bo’lmay, a maydoni esa 1000ga teng bo’lgan.
Arxeologik qaydlarga ko’ra XI – XII asrlarda voha chegarilarida qal’a va yangi shaharlar shakllangan.
«xudud al - alam» da yozishicha Xorazmda bita to’qimachilik markazi – Kot bo’lib, ip gazlama va jun matolar chiqarilgan. Maxsus malaka tufayli qulf va kalitlar tayyorlanib, chetga chiqarilgan.
Arablar istilosi davrida Xorazmda jiddiy tanglikni boshdan kechirdi. Bu paytda Xiva, Shovat Tuproq qal’asi, Qo’yna Uvays shaharlari tanazzulga yuz tutdi. Xorazmda ham VII-XII asrlarda shaharlar yangilarini qurish hisobiga emas, barki eskilarini tiklash hisobida rivojlandi shularda biri Xivadir.


XIVA
Xiva shahri nomining kelib chiqishi ko’plab tadqiqodchilar tomonidan o’rganilgan va tadqiq yetilgandir. Xususan ayrim tadqiqotchilar shahar nomini Xorazmiy tiliga yaqin bo’lgan qadimiy ositen tilidan «Xizauv»-«qal’a» so’zidan , boshqalar yesa bu atamani antik davrdan Xiva hudidan
oqib o’tgan Xeykanik (hozirgi Polvonniyoz) kanalining o’zgartirilgan nomidan nomidan kelib chiqqan deb hisoblaydilar (ya’ni Xeykanik, Xeyvaniq, Xeyvaq, Xeva, Xiva)
Xorazmlik tarixchi Xudoyberdi Qushmuhammad o’zining 1831-yilda yozgan «Dili g’aroyib» asarida xorazmning qadimgi shaharlarni nomma nom sanar yekan, «Bu mamlakatning yana bir qal’asi (qal’ayi rumdir)»
Bu qal’aga Som ibn Nuh asos solgan bo’lib u hozirgi Xivaq nomi bilan mashhurdir.
Xalq orasida ham shaharning paydo bo’lishi Nuh zamoniga borib taqaladi. Bunda Nuh o’g’li Som bo’lajak shahar yoniga kelib, Xeyvaq deb nomlanuvchi quduq qazigan va shu bilan shaharga asos solgan ekan. Hozirda xivaning Ichan qal’asidagi qadimgi quduq ham Xeyvaq nomi bilan ataladi.
Xorazm vohasining eng yirik shaharlaridan biri hisoblangan Xeyvaq mil. av. V asrda shakllangan. Xiva shahrining tarixi butun Xorazm tarixi bilan chambarchas bog’liq bo’lib kelgan. Xususan milodimizning boshlarida Xiva Xorazm davlati bilan Qang’ davlati tarkibiga, VI asr boshlarida Eron sosoniylari davlati tarkibiga kirgan. Milodning III asrida Qang’ davlati ajralib chiqqan Xorazm mahalliy Afrig’iylar sulolasiga mansub Xorazmshohlar tomonidan idora etilgan.
To’rtinchi davr (millodning VI–VIII asrlari). Arxeologiya tadqiqotlari natijasida ilk o’rta asrlar davri bo’lmish VI–VIII asrlarda bu yerda hayot tiklana boshlaganini qayd etish mumkin. Xiva xududida Xorazmning o’troq dehqonchilik tumanlarida yaxshi ma’lum bo’lgan ko’shk toifasidagi inshootlar paydo bo’ladi. Ko’hna Arqdagi Oqshixbobo tepaligi shunday ko’shkning qoldiqlaridir. Ichan qal’aning janubiy sharkiy burchagida xam shunga uxshash to’g’ri burchakli (7,5x11,5m) ko’shk bor. Mazkur ko’shk qoldig’i kesik ehrom shaklida bo’lgan 6-7 m balandlikdagi yaxlit paxsadan iborat. Extimol u mudofaa vazifasini o’tagandir, tinch vaktda esa unda mahsulot saqlangan va turli xo’jalik maqsadlarida foydalanilgan, chunki nuragan joyida va qo’yi qismining sirtida qumtoshdan yasalgan tegirmon toshining bo’laklari, don (tariq), poxol qoldiqlari topildi. Mazkur imoratlarga tegishli qatlamlardan turli tuman sopol siniqlari: valiksimon qopqoq dastali kalin devorli xumlarning, uchburchak kesikli qopqoq dastali va pastga qarab torayib boruvchi teki tutqichli qumg’onlarning, kabob pishiriladigan ko’raning siniqlri kovlab olindi, bu narsalar x’orazmning o’rta asrlarga xos afrig’iy madaniyati nishonalaridir. Bu davrda xivaliklarning diniy qarashlarida zardushtiylik tasavvurlari ustun bo’lgan, odam suyaklari saqlanadigansopol idishlar – ostadonlarning topilgan siniqlari shu fikrni tasdiqlaydi.
Xorazmda milodning VII–VIII asrlarida hukmronlik qilgan shoxlarga mansub kumush tangalar topilganligi pul munosabatlari rivojlanganligidan dalolat beradi.
VIII-IX musulmon yozma manbalarida Xiva haqida ma’lumotlar yo’qligi 709 yilda Qutayba bin Muslimning Xorazmga yurishi vaqtida u vayron bo’lganligi bilan bog’liq bo’lsa, ehtimol. Shu yurish davomida shaharning o’zi va Xorazmning madaniyat yodgorliklari shavqatsizlarcha vayron qilingan edi.



Yüklə 398 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin