1-Mavzu. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo shaharlari tarixi Reja



Yüklə 398 Kb.
səhifə8/33
tarix05.05.2023
ölçüsü398 Kb.
#107912
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
1-Mavzu. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo shaharlari tarixi Rej

Chag’oniyon.
Surxon voxasining kadimgi yirik viloyati va shahri Chag’oniyon – Termizning shimoli – sharqida joylashgan bo’lib, xozirgi Sariosiyo, Denov, Sho’rchi, Qo’mqo’rg’on, boysun tomonlarini uz ichiga olgan.
650 yilda ilk marta yurtimizga sayoxat kilgan buddaviy roxib Syuan – Szann uz «kundaliklar»ida Chag’oniyon nomini «chi=go-yyon-na» tarzida keltirgan. Urta asr manbalarida, Chag’oniyon-Sag’aniyon, Jag’anian shaklida xam uchraydi. Sag’aniyon so’zi kadimgi «sak» etnonimii bilan bog’liqdir. Binobarin, saklar o’lkamiz hududida eramizdan avvalgi II – asrdayoq keng tarqalgandi.
XI asrda yashab ijod kilgan arab geografi ibn al – Faqih bu yurtni «sakaniyan» deb ataganligi ma’lum. Shu davrda Sag’aniyon Surxandaryoning yukori okimida joylashgan Baixdan keyin ikkinchi urinda turuvchi yirik shahar xisoblangan. Tarixiy yozma manbalarda Chag’oniyon tog’ yonbag’rida joylashgan, havosi toza va iklimi yokimli ekanligi kayd etilgan.
Chag’oniyondagi Navandak shahri ham o’rta asrlar madaniyatini uzida aks ettirgan yirik savdo – xunarmandchilik markazi bo’lgan. Navandak – «navand» suzidan olingan bo’lib, chochar degan ma’noni anglatadi. O’rta asrlar Navandagiga Kofirqal’a yoki Navandaktepa deb ataluvchi yodgorlik to’g’ri keladi. Bu yodgorlik xozirgi uzun shahridan 3 km shimoliy – sharkda joylashgan. Shahriston (450x450m) rabotga ega, shaharning mustahkam qal’asi eni 50 metrlik handaq bilan o’rab olingan.
Chag’oniyonning keyingi manzili bo’lgan Sangardak shahri shu nomli daryo vohasida joylashgan va Qashqadaryo, Surxandaryo,vohalarini bog’lab turuvchi karvon yo’lini va undagi muhim bekatlarni, yo’l bo’yidagi qo’rg’onlarni nazorat qilgan. Sangardak shahri basand (xozirgi Boysun) ga uxshagan.
Ibn – al – Asir ma’lumotiga ko’ra, Sangardak vohasining shahar va kishloklari Siyam tog’larida joylashgan. Unda mashxur Muqanna qal’asi ham bor.
Chag’aniyonning o’rta asrlardagi tarixi va geografiyasini akad. V.V. Bartolod mukammal o’rgangan.
Chag’aniyonning yirik shaharlaridan hisoblangan Basand aholisining tig’izligi, mashhur va mustahkam qal’asi, halq hunarmandchiligi bilan shuhrat qozongan. Basand, ya’ni Boysun Chag’oniyondan Samarqg’andga boriladigan savdo – karvon yo’li qadimgi Ipak yo’lining tarmoqlaridan biri atrofida joylashgan.
Chag’aniyonning yana bir shahri Zinfar bo’lib, Al – Muqaddasiyning fikricha, u Sag’aniyondanuch «barid», ya’ni uch bekat uzoklikda joylashgan Zinvar atamasi qadimgi eroniy «zin» va «var» so’zidan olingan bo’lib, «tosh qal’a» degan ma’noni anglatadi. E.V.Rtveladza fikriga ko’ra, Zinvar shahri hozirgi Regartumaniga yoki Denovdan 3 km shimoliy – sharqda joylashgan Oqqurg’ontepa o’rniga to’g’ri keladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, o’rta asrlarda Chag’aniyon mulkining unga yaqin yirik shaharlari o’lka hayotida muhimrol o’ynagan. Shulardan birinchi markaziy shahar Sag’aniyon deb atalib, Qizilsuvning Surxandaryoga quyilish joyida barpo etilgan. Bu shahar hozirgi Denov tumani hududidagi Ostona qishlog’idagi Budrachtepa o’rniga to’g’ri keladi. Bu yerda hayot XVI – asr boshlarigacha davom etgan.
Ikkinchi poytaxti XVI – asrning II – ikkinchi yarmidan XVIII – asrning oxirlarigacha bo’lgan – Denov shahridir.
Uchinchi markazi – Hisori shodmon shahri bo’lib, musthkam qo’rg’oni va qal’asiga ega bo’lgan. Buxoro amirligi davrida Hisorbekligi kuchayib ketib, ma’lum davr Chag’oniyon va Termiz viloyati ham unga bo’ysungan.



Yüklə 398 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin