1-Mavzu. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo shaharlari tarixi Reja



Yüklə 398 Kb.
səhifə10/33
tarix05.05.2023
ölçüsü398 Kb.
#107912
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33
1-Mavzu. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo shaharlari tarixi Rej

SIRDARYO O’RTA ASRLARDA
O’rta asrlardagi Ustrushona haqida birmuncha to’liq ma’lumotlar arab yozma manbalarida mavjuddir. Ularda aytilishicha, o’lka hududi Xo’janddan Samarqandgacha, Sirdaryo daryosidan va Mirzacho’ldan to Xisor tizma tog’larigacha bo’lgan. Istaxriy (X asr) ma’lumotiga ko’ra, Ustrushonaning ko’pgina qismini tog’lar egallagan bo’lib, unda «kemalar suzishi mumkin bo’lgan daryo ham, ko’l ham yo’q». Yana uning yozishicha: «Ustrushona chegaralari: g’arb-dan - Samarqand chegaralari; shimoldan - Shosh va Farg’onaning g’arbiy qismi; janubdan - Keshning sharqiy qismi, Sag’oniyon, Shuman, Vashjird va Rasht; sharqdan - Farg’onaning g’arbiy qismi» bilan chegaralangan. Ustrushonada - Arsianiket, Kurket, Ga-zak, Vagket, Sabat, Zomin, Dizak, Nujikat, Harakana va hokim-lar yashagan shahar - Bunjikat kabi shaharlar bo’lgan. Xuddi shu shaharlarni Ibn Havkal (X asr) ham sanab o’tadi va ularni katta rustaklarning markazlari bo’lgan deydi. Boshqa rustaklarda esa shaharlar bo’lmaganligini yozadi.
N.Negmatov fikricha, Ustrushonaning tekis qismida Bunjikat, Sabat, Zomin, Shavkat, Fagkat rustaklari, tog’li qismida esa - Mink, Asbanikat, Biskar, Bangam, Vakr, Shagar, Mascha, Burgar va Buttam rustaklari joylashgan edi.
Havkalga binoan, Movarounnahrning boshqa viloyatlari qato-ri Ustrushona ham qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan ajra-lib turardi. Bu mahsulotlar viloyat tashqarisiga, jumladan Xo’jandga chiqarilgan. Ayrim shaharlarda bozorlar bo’lgan. Doimiy yoyma va bozorlarni uzoq joylardan kelganlar ham maqtab ketgan. Ustrushonaliklarning fahri Mink va Marsmanda-da ishlab chiqariladigan temir qurollar bo’lib, ular Xurosonda ishlatilgan va Bog’doddan Iroqqacha shu qurol-yarog’ bilan qurollanardilar.
Ustrushona poytaxti Bunjikat shahri bo’lgan. Istaxriy va Xavkal ma’lumotlariga ko’ra, shahar bir farsax (6-8 km) doirasida bo’lgan. Uylar va boshqa imoratlar loy va yog’ochdan qurilgan. U ikki qator devor bilan o’ralgan. Shaharda saroylar, hovlilar, bog’lar, uzumzorlar, masjid va qamoqxona bo’lgan. Bunjikat sersuv bo’lib, ko’pgina tegirmonlari bo’lgan. Tashqaridagi devorda to’rtta darvoza bo’lib, ular Zomin, Marsmanda, Nujaket va Kaxlobod yo’nalishida bo’lgan. Bunjikat Tojikistondagi Shahriston qishlog’i joyida joylashgan edi.
Ikkinchi yirik shahar Zomin bo’lgan. U Farg’onadan So’g’dga olib boradigan katta yo’l bo’yida joylashgan. Uning boshqa nomi Sarsanda (Susanda) bo’lgan. Uni arab sayyohi Havkal borib ko’rganida, eski shahar harobaga aylangan, bozor va masjid «yangi» shahargao’tkazilgan bo’lgan. Zominda So’g’ddan Farg’onagabora-digan yo’lovchi va savdogarlar to’xtab o’tgan. Unda toza suv, bog’lar, uzumzorlar va haydalgan yerlar mo’l bo’lgan.
Zomindan so’ng ko’pincha Dizak (Jizzax) tilga olinadi. Bu shahar tekislikda, So’g’dsan Shoshga olib boradigan karvon yo’lida joylashgan bo’lib, Feknan rustagining markazi bo’lgan. Dizak gullab-yashnagan, bog’lar bilan o’ralgan, ko’p aholi yashaydigan shahar bo’lgan. Dizak ko’p sonli rabotlari va uzoq ellarga tanilgan jundan ishlangan kiyimlari bilan mashhur bo’lgan.
Boshqa shaharlar hajmi jihatidan ham, gigiyenik sharoitlar jihatidan ham, bog’lar va suv manbalari jihatidan ham bir-birlarigao’xshash bo’lgan.
Mamlakatni afshin deb nomlangan podshohlar boshqargan. Shu munosabat bilan arab tarixchisi Xilol as-Sabi, xalifa al-Mu’tazim billoh «Haydar bin Kavusni al-afshin laqabi bilan nishonladi, chunki u ostrushonalik bo’lgan, al-afshin esa ularning tilida «podshoh» demakdir...»,- deb yozadi.
Shunday qilib, yozma manbalarda qadimgi va o’rta asrlarda-gi Ustrushona haqida umumiy ma’lumotlar berilgan.
Sirdaryo viloyati hududidagi ilk o’rta asrlar davridagi eng yirik yodgorlik - Koshtepa sanaladi. Uning xususiyati shuki, u yon-atrofdagi hududdan ariq va devor bilan himoya qilingan ar-kdan iborat. Arkni ikkita tepalik tashkil etadi. Shahriston va uning yonidagi aholi manzilgohi katta hududni egallagan. Qal’a va atrofdagi qishloqlar, saroylar Tagobsoy bo’yida joy-lashgan. Qazish ishlari natijalariga ko’ra u arablar bosqini oldidan aholi tomonidan tashlab ketilgan. Buning sababi suv resurslarining o’zgarishi yoki siyosiy voqyealar bo’lgan bo’lishi mumkin. Bunday katta shahar va atrofdagi qishloqlar uchun Tag’obsoy suvi yetmasdi. A.I.Bilvyrening fikricha Tobg’obsoyga Shahristonsoy suvlari ham quyilib, poyxaxt Bunjikat va uning atrofidagi qishloqlarni xam suv bilan ta’minlagan. Bu soyning suvi Koshtspapsh^ristonnga Balanlchaqnrqishlog’iorqaln hozir ham ishlab guradigan kanallartizimn orqali o’tkazilgan bo’liish mumkin.
Mazkur suv manbalari atrofnda arxeologik yodgorliklar-ningkupligabuyerdaUstlrushonash1ngrustaktaridanbiri bo’lganlngidan dalolat bsradi. Taxminan , bu Vakr rustagn bo’lishi mumkin, lskin u haqda yoema manbalarda lom-mim dsyilmaydn, fakatpgaa uning nomi eslatib o’tiladi, xolos. Bu nomga yaqnn nomlar hozirgacha qishloq va kanal Varkin nomi bnlan saqlanib kelmoqda. Shunday ekan, Koshtepa shahristonnda mazkur rustaknnng markazn joylashgan bo’lishi mumkin. Keyinchalik uning aholisi janubga snljigandir.
Ilk o’rta asr Ustrushonasi haqida yozma manbalarda ma’lu-motkam uchraydi. Xitoy solnomalaridagi ma’lumotlarko’pnn-chajo’g’rofiy tavsnfnoma bilan chegaralanadi. Ustrushona O’rta Osnyonnng boshka viloyatlari kabi eftalitlar davlati tarkibiga, ksyinchalik esa Turk hoqonligi tarkibiga knrgan. Markaziy Osiyoni UP asr boshida keznb yurgan Syuan Szan yozishicha, Ustrushona podshohlari turklarga qaram bo’lganlar. Numizmatik ma’lumotlar bu podshohlarning nomlarinn saklagan: Chirdmish, Satachari, Raxanch.
Kultepa shahristoni va arkndan topilgan kumush tangalar va eargarlik buyumlaridan iborat bo’lgan xazina ilk o’rta asrlarga oid. E.V.Rtveladzening antishicha, tangalar sosonnylar podshosi Peroz (459-484 yy) tomoniddn zarb etilgan bo’lib, podsho eftalitlarga to’laydigan o’lponing bir qismi bo’lgan bo’lishi mumkin.
Rivojlangan o’rta asrlar Ustrushonasi haqida birmuncha ko’proq ma’lumotlar bor. Ustrushona boshqa o’lkalarga ko’ra arablar tomonidan kechroq bosib olingan, chunki uning aholisi qattiq qarshilik ko’rsatgan. 752 ynlda o’lka hokimi xitoyliklardan yordam so’ragan, lekin rad javobini olgan. Faqat 893 ynldagina afshinlar sulolasi ag’darilib, Ustrushona somoniylar davlati tarknbiga kirgan.
Bu davrda o’lka hududi 18 rustakka bo’lingan, ularning yarmn shimoliy qismda joylashgan edn. Har bir yirik rusgakning markazi o’sha nom bnlan nomlangan shahar bo’lgan. Arab geograflarn bnr qator shaharlar nomlarini keltirishadi. IstaxriY bo’yicha Ustrushonada 10 ta shahar bo’lgan. Demak, bu yeraagi urbannizasiya ko’rsatkichi yuqori bo’lmagan. Qiyoslash uchun shunn aytish mumkinkn, Chochda 40 ta shahar, Farg’onada esa 39 ta shahar bo’lgan.
V.V.Bartoldning «Usrushonannng shahar hayoti kam rivojlangan edi», degan fikri to’g’ri bo’lib chiqmoqda. O’lka-ning iktisodny salohiyati ham yuqori bo’lmagan. Bu hakda xiroj solig’ining hajmi dalolat beradi. Bu xiroj Xuroson hokimi Abu-l Abbos Abdulloh ibn Tohirga IX asrning birinchi yarmida to’langan edi. Ustrushona uchun u 50 ming dirxam hajmida belgi-langan holda, Choch uchun-607100, Xo’jand uchun-100000, Farg’ona uchun - 280 ming dirxam bo’lgan.
Qishloq xo’jalik mahsulotlarining qo’shni o’lkalarga chiqarilishi bu yerda sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik madaniyati rivojlanganini ko’rsatadi. A.I.Bilolovning tadqiqotlariga binoan feodal Ustrushonasida 3 mingdan ziyod irrngasiya inshooglari ishlab turib, ular 200 ming gektardan ko’proq srni sug’organ.
Shaharlar, asosan karvon savdo yo’llarnda joylashgan. Masalan, Zomin Ustrushonanint ikkinchi shahri bo’lib, rustakning markazi ham bo’lgan. Unda ko’plab bozorlar, karvonsaroylar, masjidlar mavjud bo’lgan. Bundan tashqarn u ikkita serqatnov yo’lning o’rtasida joylashgan: Xovos yo’li (Xavkal) va Xo’jand hamda Fargona orqali Xitoyga olib boradigan yo’l bo’yida.
Sirdaryo viloyatn hududnda arab geograflari tomonidan eslatib o’tilgan ikknta manzilgoh bor. Bu Sabat va Xovosdir. Sabat o’sha nomdagi rustakning markazi bo’lgan. Ibn Xo’rdodbeh ma’lumotlariga ko’ra, u Zomindan ikki farsah narirokda joylashgan. Istaxriy bo’ycha esa uch farsah narida. Gsograflarning bir qismi Sabatnn Ustrushona shaharlaridan biri deyishsa (Is-taxriy, Xavkal, Yoqut), ayrimlari (Muqaddasiy va Qudamiy) unn katta qishloq bo’lgan dsb hisoblashadi.
Kultepada olib borilgan qazish ishlari natijasida uni o’rta asrlar Sabati ekanligi aniklandi. Sabatshshg Kultepa o’rnida joylashganligi bu hududdagi o’rta asrdagi yo’lni to’grilaydi. Aksincha, karvonlar shimolga burnlnshga, Savat cho’liga kirib ketishga va yana «katta yo’lxa» qantishga majbur bo’lardilar. Sabatnnng Kultepa o’rnida bo’lganligi Bunjikatning Shahriston qishlog’i o’rnida bo’lganligini ham asoslaydn. Chunki, Istaxriyning yozishicha, «Ustrushonanvng bosh shahri va Sabat oralig’i... uch farsax» bo’lgan. Kultepadan janubn-sharqda aynan Shahriston joylashgandir.
O’rta asrlar Sabati - karvon nulndagi manzil dsb eslatib o’tiladigan va bprmuncha batafsil ma’lumotlar beriladngan Shnmolin Ustrushonaning manzilgoxlarndan biridnr. Arab manbalarida yozilishicha, shahardan katta ariq oqib o’tgan, uni bog’lar o’rab turgan. Shaharning ahamiyati yana shundaki, unda passaj tipidagi tomlar bilan berkitilgan bozorlar bo’lgan. Urta asrlardagi yopiq bozorlar boshqa joylarda xam bo’lgan (Chagoniyon, Zemma, Amul). O.G.Bolshakov fikricha, Sabatdagn bozor taxtayog’och tom bilan yopilgan edi. Boshqa manbalarda eslatib o’tilgan muhim narsa shuki, Sabat yo’llar chorrahasida joylashgan. Ulardan biri «bosh shaharga» (Bunjnkatga) olib borgan. Bu yo’l Xo’jamushkentsoyning Shahristonga karab yuqori oqimi bo’ylab borgan. Sabatdan Xovosga olib boradigan yo’l ham mavjud bo’lib, u Shoshgacha yotgan.
Sabatning uch yo’l chorrahasida joylashganligi sababli, A.R.Muqammadjonov tomonidan bildirilgan «Sabat» suzining eti-mologiyasi to’g’ri bo’lib chiqadi. Ma’lumki, olimimiz uni «Se-bat», ya’ni «uch karvon-saroy» dsb izohlagan edilar.
Sabat shahrining janubiy qismpda joylashgan shahriston hududi 10 gektardan kam bo’lmagan maydonga ega bo’lgan. Arkdan janubi-g’arbda hunarmandlar kvartali bo’lgan, bu yerda ko’plab kulolchilik buyumlarn qoldiqlari va sopol xumdonlar topilgan.
Somoniylar davridagi Sabat ilx o’rta. asr davridagi Sabatdan shimolda va g’arbda joylashgan. Yangi arknnng maydoni 0,25 gsktar, balandligi 7 metr bo’lgan. Qazish ishlarn natijasida bu yerda xashamatli imorat ochilgan, undan topilgan tanga va sopol buyumlar nusxalari X-X1 asr boshlariga to’g’ri keladn. Mazkur imorat bundan ertaroq qurilgan memorchilnk inshooti devorlarn ustada qurilgan.
Somoniylar davridagi Sabat XI asr o’rtalarida tashlandiqqa aylandi, XP-XSh asrlar boshida esa 6u yerda qoraxoniylar qabristoni joylashgan. Bu qabriston shaharni ikki qismga ajratdi. «eski» (ilk o’rta asrlar va somoniylar davridagi) shaqar tashlandiq bo’lib, «yangi» (qoraxoniylar davridagi) shahar soy bo’ylab shimolga rivojlana borgan. Xashamatln me’-morchilik, eindon, yuqorn sifatli idishlar qoldiklari bu yerda qoraxoniylar davrida Sabatnnng hokimlari yashagan saroy majmuasi bo’lganligndan dalolat beradi. Shaharnnng shimolny qismida P shakldagi tepalik bor. Uning tagida karvon saroy qoldiqlarn bo’lishi mumkin. Bu yerda paxsa va xom g’ishtdan qurilgan imorat ochilgan bo’lib, yong’in tufayli yog’och ustunlari kuyib ketib, harobaga aylangan. Materiallar XP-XSh asr boshi bilan belgilanadi. Shaharning xususiyati-tashqi mudofaa inshootlarining yuqligidadir. Shaharning eng gullab-yashnagan davrida uning maydoni 45-50 gektardan kam bo’lmagan. Bu yerdagi iktisodiy rivojlanishiga uning xalqaro karvon yo’lida joylashganligi sabab bo’lgan. Qazish ishlarn davomida0 topilgan ko’pgina topilmalar shaharning keng aloqalari haqida dalolat beradi. Ustrushona uchun dastlab bu srdan yuqori sifatli naqshin va usti kizil idishlar majmuasi olingan.
XSh asr boshida shahardagi hayot to’xtab, temuriylar davri Sabat Xo’jamushkentsoyning o’ng qirg’og’iga ko’chib o’tadi (May-tepa).
O’rta asrlardagi Xovos o’sha nomdagi rustakning markazi bo’lgan. Yozma manbalarda u hakida malumotlar deyarli uchramaydi. Arab geograflari esa uni fakat karvon yo’llarn chorrahasidagi manzilgoh sifatida tilga olishadi. Ibn Xavkal Xovos yo’li haqida: «Agarda kim Zomindan Xo’jandga Xovos yo’lidan bormoqchi bo’lsa, uning yo’lida Kurkat uchraydi»,- degan ma’lumot qoldirgan. V.V.Bartold Chirchiq vodiysiga ikkita yo’l olib borgan biri Xovosdan, ikkinchisi Dizaqdan, deb yozadi. Xovosnnng Ost-rushona shaharlar qatori tilga olinmaganligi, o’sha davrda u qishloq bo’lganligidan dalolat beradi.
XI asr boshida Xovos xaqida somoniylar sulolasining so’nggi vakili Muntasir (Abu Ibrohim Ismonl ibn Nuh) va qoraxoniylar eloqi orasida bo’lgan jang bnlan bog’nagan holdagasi-riladn. Yoqutning yoziishcha (XSh asr), «Xovos - Ustrushonadagi qishloq».
So’nggi manbalar ham ushbu ma’lumotlarni deyarli to’ldirmaydn.
Rivojlangan o’rta asr davrida Xovos shahar bo’lmagan. Uning maydoni qadnmgi va nlk o’rta asrlar davriga qaraganda kichikroq bo’lgan. X-XP asrlarda Zomin bilan Sabat gullab-yashnagan bo’lsa (arab bosqinidan so’ng), Xovos, aksnicha, kichkina, muhim samdo yo’lidagi manzilgoh bo’lsa xam, qishloq bo’lgan.



Yüklə 398 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin