1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi
Innovatsiya deb yangi ilmiy texnik yutuqlardan samarali foydalanishga aytiladi. Bu holatni ilmiy-ijodiy faoliyatdagi muhitga muvofiqlashtirish, uning
samarasini oshirish respublikamizdagi fan imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishga
katta yordam beradi. Bu jarayonda asosiy e’tibor yosh avlodning eng rasional
faoliyatiga qaratiladi. Chnki innovasion g‘oyalar jamiyat taraqqiyoti uchun juda
kuchli samara beradi. Bunday g‘oyalami rivojlantirishda novatorlikning o‘mi katta.
Chunki aynan novatorlik asosida ilmiy-ijodiy faoliyat olib borishning yangi tipik
ko‘rinishini shakllantirish mumkin. Bu holat yangi g‘oya, nazariya yoki
paradigmada biror xil yangilik ustuvor bo‘lganda sodir bo‘ladi. O‘z ilmiy
yangiliklari asosida novator shu paytgacha mavjud bo‘lgan nazariyalarni tubdan
o‘zgartirib yuboradi va asosiy vazifasi esa bunday yangi g‘oyalami amaliy hayotga
tatbiq etishdan iborat bo‘ladi. Bunda, u eng avvalo, o‘z ixtirolari yoki yangi
g‘oyalarini amalga oshirish uchun barcha to‘siqlami yengib o‘tishga harakat qiladi.
Ikkinchidan, o‘zi fanga olib kirgan yangiliklardan boshqa olimlar ham
foydalanishlari uchun imkon yaratadi. Uchinchidan, samarasiz ilmiy g‘oyalardan
voz kechishga undaydi. To‘rtinchidan, mnovasion g‘oyalar va shu kungacha mavjud
bo‘lgan konstruktiv g‘oyalar bilan mutanosib rivojlanishi mumkinligiga undaydi.
Dastlab adabiyotlarda innovatsiya iqtisodiy tadqiqotlar tizimida o‘rganilgan.
Vaqt o‘tishi bilan innovasion o‘zgarishlar jamiyat hayoti faoliyatining hamma
sohalarida sifat ko‘rsatkichlarini baholashda qo‘llaniladi. Shu bois bu innovatsiyalar
faqatgina iqtisodiyotda qo‘llanilishi haqidagi fikr noto‘g‘ri ekanligi asoslandi. Ilmiy-
tadqiqot faoliyatida innovatsiyalarning joriy qilinishi zamonaviy yutuqlardan
foydalanishga keng imkoniyat yaratadi. Ilmiy-tadqiqot faoliyatiga innovasion
yondashuv yangi kashfiyotlar mazmuni, tarkibi va tasnifini tekshirish, natijalarini
tahlil qilish imkonini beradi.
Innovasion asosga ega bo‘lgan ilmiy-tadqiqot faoliyatda olim o‘zi tadqiq
etayotgan obektning mikrostrukturasini o‘rganib olish bilan bir qatorda, unga
yangilik kiritish bilan mashg
75
ul bo‘ladi. Bu holatda yangilik yaratilishi uning ijro
etilishi bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Mazkur jarayon fanda ilmiy-ijodiy faoliyatdagi
«Yangilik bosqichi» deb ataladi. Evristik asosga ega bo‘lgan ilmiy-tadqiqot
faoliyatida biron-bir yangi g‘oyaning kashf etilishi vaqti alohida ahamiyat kasb
etadi. Bu jarayonda g‘oyalar mustahkamlanib boradi. Natijada esa, bu yangi
g‘oyalaming tarqalishi tezlashib, ulaming yangi sohalarga diffiiziyalanib (qo‘shilib)
ketish hodisasi yuz beradi. «Bunday faoliyatning eng e’tiborli jihati shundan
iboratki, unda yangi samarali g‘oya yoki paradigmalaming paydo bo‘lishi yoki uning
yanada yangi samarasiga o‘rin almashishi bilan yakunlanadi»
1
.