Tadqiqot jarayonida mayda-chuyda tafsilotlarga «o‘ralashib» qoladigan olim fanni olg‘a siljitishga qodir emas, biroq ba’zan ikir-chikirlar ilmiy tadqiqot natijalari uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Xulosalar. Dalillami tavsiflash, ayniqsa, ularga miqdoriy tavsif berish uchun
mos keladigan vositalar va usullami topish ilmiy ijod uchun ancha muhim
ahamiyatga ega. Bu borada ilmiy-texnika taraqqiyoti ko‘p sonli asboblar, qurilmalar,
o‘lchash apparatlarini taklif qiladi. Ilmiy «o‘lchash» dalillami «to‘g‘rilash», ularga
aniqlik kiritish, ulaming tabiatiga yot bo‘lgan, tasodifiy elementlami bartaraf
etishning qudratli vositasi hisoblanadi.
Shunday qilib, fanning rauvaffaqiyati olimning kerakli miqdorda dalillarni
to‘plash va ularga ishlov berish, «imtiyozli» dalillarga alohida e’tibomi qaratish
ijodiy ko‘nikmasiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi.
Savol va topshiriqlar: 1.
Ilmiy dalil nima?
2.
Dalilning ishonchliligi ko‘p jihatdan nimaga bog‘liq?
3.
Dallillamnig qanday turlarini bilasiz?
4.
Empirik, ilmiy va imtiyozli dalillarning o‘zaro aloqasi va farqini
tushuntiring.
5.
Dalillarning ahamiyatini Medel ta’Iimoti misolida asoslang.
Adabiyotlar: 1.
Mirahmyedov M., Tohirov M. Ilmiy tadqiqotlar myetodologiyasi -
Toshkyent: Tyemir yo‘llari instituti nashriyoti. 2012. 456 b
2.
Shermuhamedova N.A. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi.-Toshkent:
Noshir, 2020. - 480 b.
12- Mavzu: Novatsiya va innovatsiyalar hozirgi zamon ilmiy