Innovatsiya ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida madaniyatning barcha tendensiyalarini
o‘zida mujassamlashtiradi. Shuningdek, innovatsiya yangilikka yo‘naltirilgan
fenomen sifatida o‘zi bilan madaniyat kelajagini belgilab beradigan evristik
g‘oyalarga asoslanadi.
Ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi innovatsiyalarga maxsus to‘xtaladigan bo‘lsak,
ularsiz ilmiy tadqiqotlami tasawur qilish mumkin emas, chunki ular
takrorlanmaydigan hodisalar sifatida namoyon bo‘ladi. Shu ma’noda, ulaming
sabablari yetarli darajada aniqlanmagan bo‘lib, biror nima uchun emas, har doim
ham emas, katta qismi bo‘yicha ham emas, biror qonun bo‘yicha ham emas,
faqatgina ulaming evristik xususiyatidan kelib chiqib baholash mumkin. Shuning
uchun ham U.Uyevell: «Oldingi haqiqatlar quvilmaydi, rad qilinmaydi, balki
kengaytiriladi va har bir fan tarixi - haqiqatdan novasion xarakterga egadir»
74
, deb
yozadi. Biroq Dyugel taxminicha, fan bo‘sh joyda paydo bo‘lmagan ko‘p hollarda
yangi ilmiy g‘oya, albatta, o‘z manbasiga ega bo‘lgan, ya’ni fandagi har bir
yuksalish undagi an’anaviy ilmiy g‘oyalar bilan bir qatorda, yangidan-yangi
innovatsiyalar va novatsiyalar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilgan.
Umuman olganda, innovatsiya bilan ilmiy-ijodiy faoliyat asosida qo‘lga kiritilgan
yutuqlami biroz o‘zgartirish mumkin. Ammo ulami mutlaqo rad qilib ham
bo‘lmaydi, ya’ni turli doiradagi innovatsiya va novatsiyalar asosida yangi
gipotezalar paydo bo‘ladi. Ammo biz fan rivojida sekin va ketma-ket o‘zgarishlar
bo‘lganligini ham inkor qilolmaymiz. Darhaqiqat, ko‘pgina fan yutuqlari ulardan
oldin mavjud bo‘lgan nazariya yoki gipotezalarga tayanmagan. Bu jarayon ayniqsa,
«vaqtidan ilgari» paydo bo‘lgan ilmiy kashfiyotlarga taalluqlidir.
Dostları ilə paylaş: