Dalillar, agar ulami talqin qiluvchi nazariya, ulami tasniflash usuli
mavjud bo ’Isa, ular boshqa dalillarga bog ’lab anglab yetilgan bo ’Isa, ilmiy
qimmat kasb etadi.
Faqat o‘zaro bog‘liq holda va yaxlit, yagona ko‘rinishda ular
nazariy umumlashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Alohida va
tasodifan olingan, hayotdan uzilgan holda esa dalillar hech narsani asoslay olmaydi.
Bir yoqlama tarzda tanlab olingan dalillardan har qanday nazariyani tuzish mumkin,
biroq u hech qanday ilmiy qimmatga ega bo‘lmaydi.
Ilmiy dalillami aniqlash usullari.
Ilmiy dalillar asosida hodisalarning
xossalari va qonuniyatlari aniqlanadi, nazariyalar va qonunlar keltirib
chiqariladi.
Ilmiy dalillar xolisonalik, haqiqiylik va aniqlik bilan tavsiflanadi.
Ilmiy
dalildan foydalanish jarayonida uning yangiligi ulkan ahamiyat kasb etadi. Ilmiy
dalilning muhimligidan kelib chiqib tadqiqotchi unga tanqidiy baho beradi, uning
xolisonaligi va haqiqiyligi darajasini aniqlaydi. Ilmiy
dalilning haqiqiyligi uning
dastlabki manbalari asosida aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: