Geografik ob`ektlarning - materik okean, dengiz, qo`ltiq, ko`rfaz, tekislik, tog`, shahar, qishloq, mamlakat, region va boshqa yer sharidagi ob`ektlarning nomlari – atoqli otlar bo`lib, ularni toponimika fani o`rganadi. Aslida geografik ob`ektlar ma`lum bir mazmunga ega bo`lib, ularning joylashuvi muayyan hususiyati, aniq bir xalq tilidan olingan so`z bo`lib muayyan tarixiy sharoit yoki voqiylik munosabati bilan atalgan. Yer sharidagi geografik ob`ektlar toponimikaning fan sifatida o`rganish ob`ekti. Geografik xaritalardagi va xaritalarga aks ettirilmagan mahalliy ob`ektlarning atoqli otlari toponimikaning o`rganish ob`ekti. Nomlarning paydo bo`lishi ularning tahlili, fanning predmeti. Har qanday fan boshqalaridan ko`pincha farq qiladigan qonun qoidalari , iboralar yoki alohida terminlari istifoda etadi. Chunonchi, geografiyada zona mintaqa iqlim meteorologiya, atmosfera, landshaft geografik qobiq kabi soz va terminlar aniq bir jarayon hodisa, qonun va tushunchalarni ifodalaydi. Bular geografiya ilmining ilmiy atamalari yoki terminlari ularning ma`no va mazmunini bilish ilmiy atamashunoslik hisoblanadi. Ilmiy terminlar ba`zan atoqli otli geografik ob`ektlarning nomidan terminga aylanishi mumkin. Geografik atamashunoslik gegrafiya faning aniq bir hodisasi yoki jarayonning mohiyatini ifodalagani uchun ularning ta`rifi va izohatini tuzish ilimiy geografik atamashunoslikning predmeti hisoblanadi. Qadimgi turkiy so`z bo`lgan adir tog` etagidagi muayyan yo`nalishga ega bo`lmagan tepaliklar marjonini bildiradi. Al`p o`tlog`i mintaqasi - lotincha o`zanli oq rangli tog` manosida bo`lib, baland tog`larning muzliklar yonidagi sero`t maydonl;arini ifodalash uchun ishlatiladi. Al`p o`tlog`i mintaqasi – tog` o`rmondan balandlikdagi doimiy muzliklardan pastdagi maydonlarda joylashgan o`tloqlar bo`lsa, al`p relefi baland tog`lardagi sovuq nurash parchalangan qoyali rel`ef Al`p burmalanishi – eng keyingi geologik davrlarda – paleogin, neogen davrlarda burmalanish shakllangan baland tog`lar mintaqasiga nisbatan ishlatiladi. Iqlim muayyan joydagi ob-havo sharoitining uzoq davrlar - fasllar, yillar, o`n yilliklar ichida davriy tebranib turishini bildiradi. Iqlim qadimgi yunon tilidagi “Klimat” so`zining arabcha tilidagi tallaffuzi. Arestotel, Yevdons va boshqa antik davr (446-576) yunon olimlari Yerning shaklda bo`lganligidan Yer kengliklarida Kunduz yoritilish va isitilish mintaqalarini ifodalash uchun ishlatganlar. Egilish qiyshayish manosidagi klimat so`zi Quyosh nurlarining turli kengliklarda bir xil burchak bilan tushmasligi va shuning natijasida kunduzning uzunligi o`zgarib, isitish burchak tushush burchagining tikligi kamayishi bilan kamayib borganligini ifodalash uchun ishlatilgan.
Quruqlikdagi geografik ob`ektlar – tog` daryo tekislik ko`l, qirlar, buloqlar, va boshqa nomlarning makonda va vaqt moboynida mujassamlashuvi haqida bilim berish o`quv fani fazifasiga kiradi. Tabiiy va ijtimoiy iqtisodiy ob`ektlarning nomlari malum makonda hududda va akvatoriyada va muayyan davrlarda hamda aniq bir tilda- muayyan tarixiy voqiylik hodisa bilan bog`liq bo`ladi. Shuning uchun toponimika fanida geografik ob`ektlarning atoqli oti - toponim – tabiiy hususiyat, lisoniy – milliy jihat va tarixiy geografik yodgorliklar deb qaralishi zarur. Aynan shu lisoniy tarixiy va geografik xususiyatlar tahlil etilsa geografik nomlarni ahamiyati burtik namoyon bo`ladi. Geografiya fanining o`rganish jarayonida geografik atoqli otlar – toponimlar va fanning qonunlari, tushunchalari mmazmunini izohlaydigan termin va iboralarning mazmunini – izohatini bilish talab etiladi. Toponimika va geografik atamashunoslik hudddi shular haqida bo`lajak geogriflarga bilim beradi. Ko`plab geografik nomlar bilan ish ko`rishga to`g`ri keladi. Osiyo, Yevropa, Amerika, Avstraliya, Afrika Antraktida , Shimoliy Muz okeani, Atlantika, Hind va Tinch okeani materik ko`tarilmalari va okean botiqlari planetar makrotoponimlar manosi atalish tarixini bilish geogrif uchun zarurat bo`lish qatorida , kichikroq - mikrotoponimlarning nima uchun shunday nomlanganligini bilish geogrifning kasbiy burchi. Borsa –Kelmas, Mingbuloq, Qoraxotin, O`yoqog`itma, O`lik dengiz Aniba, Ajal vodiysi kabi o`rtacha kattalikdagi botiqlarning nomlanish tarixini bilish geografiya fanlarining ommabop va qiziqarli jihatlarini ta`minlaydiki toponimikada shu tahlid biroz erishroq etiladigan toponimlar o`rganiladi. Shu bilan birga tabiiy fanlarning tayanch tushunchalari bo`lgan geoid, geografik qobiq biosfera, litosfera, troposfera, landshaft, landshaft qobig`i, ekalogiya, biosfera, gidrosfera, geosinklinal platforma, qalqon, antikliza, antiklinal, sinklinal, transgritsiya eperogenik, regretsiya, fiord, shelf ekosestema, fiyon, bora, samum, eroziya geosestema va boshqa tushuncha va iboralar borki, bunday ilmiy atamalarning mazmun – mohiyatini bilish bilan birga bu so`z birikmalarini kim tomonidan birinchi bo`lib, kim tomonidan va qachon fanga olib kirilganligi haqida ham fikr yuritish toponimika va geografik atamashunoslik faning vazifasiga kiradi deb hisoblaymiz sayyoramizdagi eng yirik makrotoponimlar, mezotoponimlar bilan birga sharq O`rta Osiyo O`zbekiston hamda respublika regionlari geografik nomlari geografik tarixiy va lisoniy toponimik tahlil etiladi. Toponimlar tahlilida ularning geografik jihatlari - o`rni tabiiy geografik ijtimoiy iqtisodiy geografik hususiyatlari – qiyofasi fel atvori rangi soni o`lchamlari qanday mujassamlashuviga urg`u berish asosiy vazifalardan biri. Geografik xaritalar butun Yer sayyorasini ayrim olingan bir mamlakatni ham bir butun idrok etishga mo`ljallangan chizma vositalaridir. Ma`lumki aniq bir regionning Yer yuzasida qanday geoghrafik ob/ektlar bir – biriga nisbatan qanday joylashganligini shu geografik o`rni tufayli boshqa shu taxlit ob`ektlardan o`xshash jihatlarga ega bo`lishi va boshqalardan farq qilishi masalalarini gaografiya fanlari o`rganadi. Ob`ektlarning geografik joylashivuni inson tafakkuri ixtiro etgan chizma vositalar geografik xaritalar bo`lib bu noyob ixtiro aslida matematik qoidalar asosida tuzilishini hamma biladi. Insoniyat hayotida beqiyos katta ahamiyat kasb etadigan geografik xaritalarni esa atoqli otlardan iborat bo`lgan joy nomlarisiz tasavvur etish mumkin emas. zEro joy nomlari yozilmagan bunday xaritalar shartli belgilar tasvirlangan chizmalardan boshqa narsa bo`lmay qoladi. Shunday ekan geografik nomlarning joylashuvida mujassamlashgan atoqli otlar tushirilgan chizmalar geografik – xaritohrafik matematik mazmun kasb ertadi.
Atoqli rus olimi N.I.Nadyojdin “Yer bamisoli bir kitobdirki, unda insoniyat tarixi geografik nomlar bilan bitilgan” deb toponimlar ahamiyatini ta`kidlagan bo`lsa nomlarni “Yer tili” deb tariflagan. Hozirgi zamon o`zbek milliy geografiyasining asoschilaridan biri , ilmiy merosimizning tolmas tadqiqotchisi va targ`ibotchisi Hamidulloh Hasanov “Joy nomlarini tabiat, tarix, hayot insoniyat ko`zgusi desa bo`ladi” deb yozgan edi.
Geografik nomlar haqidagi ilm bo`lgan toponimika asosan uch fan - tilshunoslik, tarix va geografiya fanlarining manfaatlariga tutashgan yo`nalishlarida vujudga kelgan. Qadimgi yunon tilidan tarjima qilinganda Topos-joy, nomos-nom “Joy nomi” mazmunini beradigan toponimika muayyan tildagi geografik nomlarni to`plash ularning rivojlanishi, o`zgarish tendensiyalarini areallarini aniqlash nomlarning muhim leksik- semontik xususiyatlarini yoritish toponimik lug`atlar tuzish joy nomlari transkriptsiyasi (nomlarni og`zaki nutqdan yozuvda ifodalash boshqa tillardagi nomlarini ona tili qoidasi asosida yozish) kabi masalalarni tadqiq qilish bilan shug`ullanadi. Sayyoramizdagi har qanday geografik o`z atoqli nomiga ega bo`lib, ularni toponimlar deb yuritiladi. Joy nomlarining sirini bilish uchun toponimika fani bilan shug`ullanish kerak. Joy nomlarini tadqiq etuvchi mutaxassislar toponimstlar bo`lib, har bir geografik ob`ektning turini geografik tahlil etishda maxsus ilmiy tushunchalardan foydalaniladi. Yer yuzasi rel`efining nomlari - oronim daryo, buloq, ko`l, botqoq geografik nomlar gidronimlar qabila xalq elatlar nomi-etnonimlar, umuman joy-tekislik-yuza nomlari- urbonimlar kishilar ismi shariflari qo`yilgan nomlar – patronimlar deb yuritiladi. Bazan patronimlar – antpatronimlar deb yuritiladiki , bunda kishilarning laqabi, taxallusi, ismi va oilasi nomi bilan bog`liq bo`lishiga diqqat qaratiladi.
Toponimiya - ma`lum hududdagi joy nomlarining yig`indisi
Geografik nomlar haqidagi toponimika tilshunoslik tarix va geografiya fanlari o`rtasida oraliq fan bo`lsada Yer haqidagi fanlarga – geografiya geologiya, biologiya fanlariga ancha yaqin muammolarni baxs etadi. Chunki joy nomida uning geografik o;`rni tabiiy xususiyati boshqalardan ajralib turuvchi alomati, ijtimoiy – iqtisodiy holati kabi jihatlar muhrlangan bo`lishi mumkin.
Har qanday fanning o`z nomi , bu atama qanday manoni anglatishi , bu nom birinchi marta qayerda paydo bo`lganligining o`zi ham bir tomondan geografik ikkinchi tomondan toponimika ekanligini ko`rsatadi. Geografik nomlar haqidagi fan bo`lgan toponimika sayyoramizning aniq hududining tuzilishi va xususiyatini o`rgatish bilan shug;ullanadighan geologiya , geomorfologiya, biogeografiya fanlari bilan chambarchas bog`liq. Zero geologiya Yerning ichki hususiyatlarini qazilma boyliklarini aniqlashda tayin bir nom bilan ataluvchi hudud bilan ish ko`rganligi uchun toponimika qonun qoidalaridan foydalanadi, demak geologiya, geomorfologiya va toponimikaning manfaatlarida mushtaraklik bor.
Agar geologik qidiruv ishlari aniq nom bilan ataladigan joy bilan bog`liqligi e`tiborga olimmagan taqdirda ham, bu fanlarda qo`llaniladigan hodisa va jarayonlar ular o`rganilgan joy nomidan olinganligi uchun bu fanlarni toponimika va geografik atamashunoslik bilan aloqa desak bo`ladi. Al`p o`tlog`i, al`p burmalanishi, Kal`dera, vulkan fiord kabi atamalar aslida toponimlardir. Demak har qanday ilmlarni aniq lug`at tarkibi – ilmiy atamalar bo`lishi nuqtai nazardan atamashunoslik tilshunoslikning aniq bir yo`nalishi sifatida tilshunoslik bilan bog`liq.
Toponimlarni o`rganishning eng muhim amaliy ahamiyatlardan biri kartografiya uchun nomlarni xaritada tasvirlash diyish mumkin. Chunki geografik ob`ektlarning nomlari xaritalar mazmuning asosini tashkil etadigan nomlar avvalo xaritalar yozivi, sifatida mujassamlashadi. Bularni amalda bajarish uchun xaritalarni tuzish bilan bog`liq dalada va labaratoriyada nomlarni aniqlashga qaratilgan bir qancha ishlarni bajarish talab etiladi. Nomning joyda qanday atalishi , uning qaysi tilda qanday atalishi , uning qaysi tilda qanday manoni anglatishi , qanday talaffuz etilishi va yozuvdagi imlosi bilan aloqador ishlarni jumlasidandir. Bir qancha murakkab ishlarni o`z ichiga aniq aniq xususiyatlari haqida ma`muriy berilsa geogrfaiyaning jozibadorligi ta`minlanadi.
xususiyatlari haqida ma`muriy berilsa geogrfaiyaning jozibadorligi ta`minlanadi.
oluvchi ushbu jarayon toponimika qonun qoidalari asosida amalga oshiriladi. Chunki natija xaritada nomdan foydalanish maqsadini ko`zlaydi. Nomlarni aniqlash kartografik amaliyotida qo`llash metodikasi toponimikaning maxsus tarmog`i - kartografik toponimika deyiladi. Ushbu misol toponimika geografiya fanlari bilan uzviy bo`g`liq bo`lishini isbotlaydi. U geografiyaning bir tarmog`i sifatida amalda qo`llanilganini bildiradi.
Geografik talimning o`ziga xos qirralari ko`pchilik bo`lib, hoh oliy ta`limda bo`lsin, hoh umumiy o`rta ta`limda bo`lsin, umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi bo`lgan geografik dunyoqarash va geografik madaniyatini faqarolarda shakllantirishdir. Sayyoramizning istalgan joyida ro`y berayotgan tabiiy iqtisodiy siyosiy voqeylik va hodisalarning makonini aniq tasavvur etish geografik dunyoqarash hisoblanadi. Materik okean davlatlarning joylashgan o`rni qiyofasi ozmi-ko`pmi tabiiy va iqtisodiy ijtimoiy xususiyatlari haqida ma`lumotga ega bo`lib, ularning o`rni haqida tasavvurga ega bo`lishi geografik madaniyatdir.
Geografik dunyoqarash va madaniyat albatta joy nomlari- toponimlar orqali mujassamlashgan. Shunday ekan geografik ob`ektlarning nomlari toponimlarni asosan geografik ta`lim jarayonida bilib olinadi. Toponimikaning geografiya ta`limida o`rganilishining ahamiyati ham shunda. Buning ustiga geografiya ommabop va qiziqarli o`quv predmeti deb sifatlanar ekan tariflanayotgan nomning ma`nosi atalish tarixi aniq xususiyatlari haqida ma`muriy berilsa geogrfaiyaning jozibadorligi ta`minlanadi.
Geografik xaritalardagi istalgan atoqli otlar zamirida tabiat, tarix va lisoniy belgilar oshkora yoki yashirin ekanligini ularni tahlil etish orqali o`rganish mumkin. Eng yirik geografik nomlar makrotoponimlar bo`lib, ularda ayrimlarini tahlil etish fan fan predmeti va vazifasi naqtai nazardan o`rganiladi.
Avstraliya – janubidagi Yer . Avstraliya sharqiy rayon degani . talaffuzi o`xshash bo`lgan bu nomlarda ham lisoniy ham geografik mazmunda umumiylik bor. Avstraliya materigi 1606 yilda Gollandiya sayohatchisi Villeam Yantsizon tomonidan birinchi bor kashf etilgan. Ammo materik nomi bu quruqlik ochilishidan ko`p yillar avval paydo bo`lgan. Gap shundaki Yer kurrasining simmetriyalik qonuniga asoslanib , yerning janubiy yarim sharida beshinchi qit`a borligini bashorat qilganlar va bu quruqlikni - janubdagi nomalum Yer - deb ataganlar. Lotin tilida “Zyud” va “Terra ” so`zlari birikmasidan tashkil topgan Avstraliya atamasi “Janubdagi Yer ” mazmuniga ega bo`lsa-da aslida Yer kurrasining janubiy qutbi atrofida yani Avstraliyadan yanada janubroqda boshqa bir quruqlik Antraktida qat`asi borligini bilmaganlar. Avstraliya kashf etilgan 17 sarda uni yirik orol deb hisoblab, “Yangi Gollandiya” deb yuritganlar. Avstraliya kashf etilgandan keyin A.Tasman va boshqalarning sayohatlari natijasida Avstraliya alohida beshinchi – qit`a ekanligini ma`lum bo`ldi. Endigi vazifa janubiy qutb atrofidagi quruqlikni izlash bo`lganligidan uni kashf etishga urinish kuchaydi. Arktikaning qarama – qarshi tomonidagi quruqlik ham kashf etilmasdan oldin antraktida deb ataldi. Antraktidani birinchi bo`lib kashf etish uchun o`sha davrning eng kuchli debgiz davlati bo`lgan Angliya, Fransiya, Gollandiya kabi mamlakatlarning nomdor dengiz sayohatchilari harakat qildilar. Antraktidani ochishga jurat etgan debgiz sayyohlari orasida djeymis Kuk ham bor edi.
Geografik kashfiyotlar tarixida juda katta o`rin tutgan uch bora dunyo aylana sayohat qilgan bu jasur ingliz sayohatchisi 1772-75 va 1776-79 yillardagi ikkinchi va uchunchi dunyo aylana sayohatlari davomida janubdagi nomalum yerni – Antraktidani astoydil izlagan . ko`pgina orollar to`plamlarini ochgan Tinch okeaning antraktika doirasida uning kemalari aysberglar orasida qisilib qolib, rosa qiynalgan . Antraktidaga ancha yaqinlashgan bo`lsada uning qirg`og`iga yetib bora olmagan. O`z kundaliklarida “janubda qalin muz bilan qoplangan qahraton sovuq sharoitli orolyoni undan kattaroq quruqlik bo`lishi mumkin, lekin unga etish juda xatarli qo`rqmasdan aytishim mumkinki bundan keyin hech kim men yetgan janubiy kenglikdan janubga o`tishga jurat qila olmaydi. Men yetishgan kengliklardan janubda bo`lishi mumkin bo`lgan quruqlik hech qachon tadqiq etilmaydi “ deb yozgan edi.
1775 yildagi 2-dunyo aylana sayohati vaqtida J.Kuk haqiqiqatdan materik atrofida suzish chinakkam xaf – xatarga to`la edi. Keyinchalik malum bo`lishicha D.J.Kuk janubiy qutb doirasini uch marta janub tomon kesib o`tgan. Hozirgi Amudsen dengizi doirasida janubiy qutbdagi quruqlik qirg`og`igacha bor yo`g`i 200 km. uzoqlikdan o`rgan. Bu jasur sayyoh Gavayi orollarida mahalliy aholi bilan to`qnashuvda 1779 yilda halok bo`ladi. Sayyohning pisandalik bilan aytgan so`zlari Antraktidadani kashf etishning qariyib 45 yil orqaga surdi. 1819-1820 yillarda dovyurak rus sayyohlari F.F.Belinsgauvzen va M.P. Lazarevlar boshchiligidagi “Mirniy va vastok” kemalaridagi sayohat sayyoramizning oltinchi materigi deb Antraktidani kashf etishdi. 1820 yil 28- yanvar Antraktidaning ochilgan kuni sifatida tarix safilariga kirdi. Yer sayyorasining janubiy qutbi atrofida eng janubiy materik kashf etilgan bo`lishiga qaramay Avstraliyaning nomi xaritalarda janubdagi Yer sifatida toponim bo`lib qolaverdi.
Yevropa markazidagi Avstriya davlatining nomi nemislar mamlakati Germaniyaning sharqida joylashgan. Shu bois ham nemischa ibora oster rayx sharqiy rayon mazmunida turdosh otdsan atoqli otga ayklanib kelgan. Bu ikki toponim toqliligidan ko`rinadiki tallaffuzi o`xshash bo`lgan nomlardan geografik jihat tarixiy voqealik hamda lisoniy mazmun o`z ifodasini topish qatorida ma`lum darajada tasodifiylik ham bor. Ammo ko`pchilik geografik ob`ektlar nomlanishida shu taxlit sabablar kelgan emas. Planetamizning eng kata oroli Gellandiya bo`lib, uning maydoni 2176 ming km. kv. Nomi yashil yer dengiz mazmunini beradi. Zero bu orol 867 yilda norvegiyalik sayohatchi Erik Rauda (malla) boshchiligidagi kishilar tomonidan ochilgan. Sayyohlar orol sohiliga borganlarida birinchi bo`lib yashil o`tloqlarni ko`rganlar. Aslida 500-600 m qalinlikdagi muz bilan qoplangan Grelandiya orolini Muzloq Yer nomi bilan atalsa to`g`ri bo`lar edi. Chunki orol sayyoramizda Antraktidan keyin eng katta muzligi bo`lgan ikkinchi quruqlikdir. Yer sharining 71 % maydoni dunyo okeani bilan band bo`lib, buning yarimni birgina Tinch okean maydoniga tog`ri keladi. Tabiatan eng noting va kuchli dovullar - tropik seklonlar bo`lib turadigan Tinch okeanining nomi Portugaliya sayohatchisi F.Magellan tomonidan qo`yilgan. Kishilik jamiyati tarixida ilk bor - 1919-22 yillardagi sayohati bilan Yerning shar shaklda ekanligini va dunyo okeaning bir butunligini amalda isbotlagan Magellan boshchiligidagi dengizchilar ushbu okeanni suzib o`tish davomida biror marta ham dengiz bo`roni bo`lmagan. Tinch okean toponimi ham Grellandiya toponimi kabi o`z tabiiy geografik sharoitiga mos bo`lmagan makrotoponimlar hisoblanadi. Toponimikadan dastlabki ma`ruzada ushbu nomlarni keltirishdan maqsad nomlanishda tasodiflar bo`lishi mumkinligi bilan birga geografik joylashuv ko`pchilik toponimlar atalishiga sababchi ekanligini takidlashdir. Toponimika va geografik atamashunoslik Yer haqidagi ilmklarga yaqinroq bo`lgan. Yer planetamiz ob`ektlarining geografik xususiyatlarining muayyan jihatlari bilan masalalarni bahs etishi geografik tizimiga kiruvchi fanlardan biri. Chunki geografik nomlar atoqli otlarning gramatik va semantik jihatdan eng mukammal turidir. Zero geografik ob`ektning nomida xalq tilining barcha qonun qoidalarning xususiyatlari aks etadi. Aniq bir tarixiy voqiylikning bo`rtik, etiborini talab etuvchi, esda qolishga qaratilgan jihatlari mujassamlashadi. Xalqning til boyligining muayyan qirralari muhrlangan bo`ladi. Ayni vaqtda xalqning tabiatga, atrof muhitga munosabati, kuzatuvchanligi topib aytiosh donishmandlik, tabiiy hodisa , jarayonlarning ko`z ilg`amas qirralarini ilg`ab olish masalalari mujassamlashgan bo`ladi. Shuni ham alohida takidlash kerak vaqt o`tishi bilan tilshunoslikda ma`lum bir o`zgarishlar - yangi so`z va iboralarning kirib kelishi ayrim so`z va iboralarning jonli til istemolidan chiqiqshi munosabati bilan nomlanishda o`zgarishlar bo`lishi mumkin. Xalq tilidan grammatik va leksik qo`shimchalarni ishlatmaslik tejash qonuniga muofiq nomlanish o`zgarishi mumkin. Odatda ni, ning egalik qo`shimchalarining tejalishidan Shoh Fayzining arig`i - Shofayziariq nomiga , yakkabog`ning daryosi, Yakkabog` daryoga aylanishi mumkin. Elastik toponimlar paydo bo`lishi ham tabiiy hol chunki zamon ruhiga mafkuraga mos ramziy nomlar (Vladikavkaz – kavkazni egalla , Vladivastok – sharqni egalla, Venesuella kichik venetsiya, Nuriston )