1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja


Ilmiy dalil -  bu bilimning fan va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/130
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#182477
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   130
1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi

Ilmiy dalil

bu bilimning fan va 
ijtimoiy amaliyotda o‘z tasdig‘ini topgan, moddiy 
va ma’naviy dunyo xossalarini aks ettiradigan bir parchasi.
 
«Ilmiy dalil» tushunchasi 
mazmun jihatidan kundalik hayotda qo‘llaniladigan «dalil» tushunchasidan ancha 
keng va serqirra. Ilmiy dalillar to‘g‘risida so‘z yuritganda, ulami ilmiy bilimning 
narsalar va jarayonlaming obektiv xossalarini aks ettiruvchi tarkibiy elementlari 
sifatida tushunadilar. Ilmiy dalillar asosida hodisalarning qonuniyatlari aniqlanadi, 
nazariyalar tuziladi va qonunlar keltirib chiqariladi. Ilmiy dalil - bu xulosa chiqarish 
yoki tasdiqlash uchun asos hisoblanadigan voqea yoki hodisa. U ilmiy bilim asosini 
tashkil etuvchi element hisoblanadi. 
Ilmiy dalil xossalari. Ilmiy dalillar yangilik, aniqlik, obektivlik va haqiqiylik 
singari xossalar bilan tavsiflanadi.
 
Ushbu xossalami tavsiflovchi xususiyatlami 
ko‘rib chiqamiz. Ilmiy dalilningyangiligi shu vaqtgacha ma’lum bo‘lmagan, 
butunlay yangi narsa, hodisa yoki jarayon haqida darak beradi.
 
Bu albatta, ilmiy 
kashfiyot bo‘Iishi shart emas, biroq bu shu vaqtgacha biz bilmagan narsa yoki 
hodisa haqidagi yangi bilimdir. 
Yangi ilmiy dalillar fanda ulkan ahamiyat kasb etishi tufayli, ulaming 
haqiqiyligini hisobga olish va tanqidiy baholash talab etiladi. Ayrim hollarda yangi 
dalillami bilish bizning real voqelik haqidagi tasavvurlarimizni kengaytiradi, ayrim 
hollarda - bizning ushbu voqelikni o‘zgartirish imkoniyatlarimizni boyitadi, ba’zi 
hollarda esa - hushyor torttiradi va narsalar tabiati haqidagi yangi bilimlar insonga 
zarar keltirmasligi uchun ziyrak bo‘lishga da’vat etadi. Ilmiy dalilning aniqligi 
obektiv metodlar bilan belgilanadi va narsalar, hodisalar, voqealaming eng muhim 
belgilari, ularga miqdor va sifat jihatidan berilgan ta’riflar yig‘indisini tavsiflaydi. 
Dalillami saralashda ilmiy jihatdan obektiv bo‘lish zarur. Dalillami faqat 
ulami tushuntirish yoki amalda qo‘llash qiyinligi tufayli chetga surib qo‘yish 
mumkin emas. Amalda yangi bilimning mohiyati fanda tadqiqotchining o‘ziga doim 
ham aniq va ravshan ko‘rinib turmaydi. Yangi, ba’zan ancha yirik ilmiy dalillar 
ulaming mazmuni yaxshi yoritilmagani tufayli uzoq vaqtgacha fan zaxirasida qolishi 
va ulardan amalda foydalanilmasligi mumkin. Ilmiy dalilning haqiqiyligi uning 
amalda shak-shubhasiz mavjudligini tavsiflaydi. Bunday mavjudlik o‘xshash 
vaziyatlar modelini yaratish jarayonida o‘z tasdig‘ini topadi. Ilmiy dalillaming 
haqiqiyligi dastlabki manbalaming haqiqiyligiga, ulaming maqsad va vazifalariga 
hamda ularda ifodalangan axborotning xususiyatiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. 
O‘z-o‘zidan ravshanki, davlat yoki jamoat tashkilotlari, muassasalar va idoralar 
nomidan chop etiladigan rasmiy nashrda aniqligi shubha uyg‘otmaydigan 
materiallar e’lon qilinishi lozim. 
Olim dalillarni ko‘r-ko‘rona izlamaydi, balki har doim bunda muayyan 
maqsadlar, vazifalar va g‘oyalarga amal qiladi. Shunday qilib, empirik tajriba hech 
qachon - ayniqsa, hozirgi zamon fanida - ko‘r- ko‘rona bo‘lmaydi: u nazariya 


darajasida rejalashtiriladi va shakllantiriladi, dalillar esa har doim u yoki bu darajada 
nazariy yukka ega bo‘ladi. Shu sababli fanning boshlang‘ich nuqtasi, uning asosi - 
bu narsalar, hodisalar, quruq dalillar (hatto ulaming yig‘indisi) ham emas, balki 
nazariy sxemalar, «voqelikning konseptual asoslari»dir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin