1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja


Dalillar murakkab tuzilishga ega. Ular borliq haqidagi axborot, dalil



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/130
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#182477
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   130
1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi

Dalillar murakkab tuzilishga ega. Ular borliq haqidagi axborot, dalil 
talqini, uni olish va tavsiflash usulini o ’z ichiga oladi.
 
Dalilning muhim tomoni

borliq yoki uning ayrim xossalari haqida 
tasawurning shakllanishiga imkoniyat yaratuvchi borliq to ’g nsidagi axborot.
69
Qarang: Shermuhamedova N.A. Gnoseologiya - bilish nazariyasi. - Т.: Noshir, 2011 -B. 179-183 
325 


Dalilning borliqqa muvofiqligi uni haqiqiy deb tavsiflash imkonini beradi. Shu 
sababli dalillar fanning empirik asosi, nazariyani tasdiqlash yoki inkor etishning 
muhim usuli hisoblanadi, Dalil yordamida borliq xolisona, nazariyaga 
bog‘lanmagan holda anglab yetiladi. Dalillar eski nazariya doirasiga sig‘maydigan, 
unga zid bo‘lgan hodisalami kashf etish imkonini beradi. 
Talqin qilish dalilning muhim unsuri bo ’lib, i har xil shakllarda amalga 
oshiriladi.
Ilmiy dalil nazariya bilan bilvosita bog‘liq. Nazariya yordamida empirik 
tadqiqotning vazifalari aniqlanadi va uning natijalari talqin qilinadi. Talqin qilish 
dalil tarkibidan uni shakllantirishning nazariy-metodologik sharti, dalildan kelib 
chiqadigan nazariy xulosa, uning ilmiy izohi yoki har xil mafkuraviy, ilmiy yoki 
falsafiy nuqtai nazarlardan amalga oshiriladigan baholash sifatida o‘rin oladi. 
Dalilning moddiy-texnik yoki metodik tomoni, ya ’ni mi olish usuli ham 
bor. Dalilning ishonchliligi ko‘p jihatdan i qaysi usulda, qanday vositalar 
yordamida olinganligi bilan belgilanadi.
Masalan, saylovoldi kampaniyalarida 
nomzodlar reytingi, ulaming muvaffaqiyat qozonish imkoniyatlarini ko‘rsatuvchi 
sosiologik tadqiqotlarning natijalaridan ko‘p foydalaniladi. Ko‘pincha ulaming 
natijalari bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi, ba’zan bir-biriga mutlaqo zid 
bo‘ladi. To‘g‘ridan- to‘g‘ri xatoga yo‘l qo‘yish imkoniyati istisno etilsa, bunday 
farqlaming sababi metodikalaming har xilligi bilan izohlanishi mumkin. 
Dalil - «bu o‘tmishga yoki hali davom etayotgan Ijozirgi davrga tegishli 
bo‘lgan, lekin kelajakka hech qachon tegishli bo‘lmaydigan harakat, hodisa, voqea; 
bu - xayolot, uydirmaga qarama-qarshi o‘laroq, voqelik, o‘ylab topilmagan narsa 
yoki hodisa; bu - abstrakt va umumiyga qarama-qarshi o‘laroq aniq va yakka narsa 
yoki hodisa; nihoyat, «dalil» tushunchasi bir karralik hodisalar yoki voqealardan bir- 
biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan hodisalar yig‘indisi, jarayonlar, munosabatlarga 
ko‘chirilgan...». 
Dalillar - bu fanni falsafa va dindan farqlash imkonini beradigan fanning 
asosiy omili. Falsafa ham, din ham bunday dalillar va umum- lashtirishlami 
yaratmaydi. Dalil (lot. factum - yuz bergan hodisa) - haqiqiyligi aniq belgilangan 
da’vo ko‘rinishidagi bilim. Dalil - bu sodir bo‘ladigan (sodir bo‘lgan) voqea. Dalil 
qayd etilgan empirik bilimni o‘zida ifodalaydi va «voqea», «natija» 
tushunchalarining sinonimi sifatida amal qiladi (ya’ni ma’no jihatidan ular bilan 
ayniy yoki ularga yaqin turadi). Dalil - bu amalda aniqlangan, uydirma bo‘lmagan 
voqea, hodisa. Dalil - bu bilish mumkin bo‘lgan hodisa; bilish mumkin bo‘lmagan 
hodisa ilmiy dalil hisoblanmaydi. Fanda dalillar nazariy mulohazalaming axborot 
manbai va empirik asosi vazifasini bajarish bilan bir qatorda, ulaming haqiqiyligi 
mezoni bo‘lib ham xizmat qiladi. O‘z navbatida, nazariya dalilning konseptual 
asosini shakllantiradi: voqelikning o‘rganilayotgan jihatini farqlaydi, dalillami 
bayon etish tilini, eksperimental tadqiqot vositalari va usullarini belgilaydi. Bu erda 
eng katta qiyinchilik haqiqiy dalillami haqiqiy bo‘lmagan, haqiqiy bo‘lib 
tuyulayotgan dalillardan farqlashdan iborat. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin