1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja


Tushuntirish va tushunishning o‘zaro nisbati



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/130
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#182477
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   130
1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi

Tushuntirish va tushunishning o‘zaro nisbati. 
Tushunish va tushuntirish 
bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Ammo tushunish tushuntirishni, ya’ni 
o’rganilayotgan hodisani qonunga va sababga bog‘- lashni nazarda tutmasligini 
unutmaslik kerak. Bundan tashqari, tushunishni tushuntirishga qarama-qarshi 
qo‘yish, shuningdek, inson bilish faoliyatining har qanday 
4
sohasida faoliyat 
ko‘rsatuvchi va bir-birini to‘ldiruvchi bu ikki tadqiqotlarni bir-biridan ajratish 
mumkin emas. 
Ulami farqlab, M.M.Baxtin shunday deb yozgan edi: «Tushuntirishda faqat 
bir ong, bir subekt, tushunishda esa - ikki ong, ikki subekt qatnashadi. Obektga 
nisbatan dialogik munosabat bo‘lishi mumkin emas, shuning uchun ham tushuntirish 
dialogik jihatlarga ega emas (formal-ritorik jihatdan tashqari). Tushunish har doim 
ma’lum darajada dialogik xususiyatga ega»
67

Tushuntirish va tushunish (talqin qilish)ning o‘zaro nisbati to‘g‘risida so‘z 
yuritar ekan, Vrigt mazkur tushunchalami farqlagan ma’qul deb ko‘rsatadi. Bu 
farqni u quyidagilarda ko‘radi: «Bu nima?» degan savolga javob berish talqin 
qilishning natijasidir. Aytaylik, namoyish nima uchun sodir bo‘ldi yoki inqilobga 
nima «turtki» berdi?, degan savollarga javob berar ekanmiz, biz sodir bo‘layotgan 
hodisalami nisbatan tor ma’noda tushuntirishga harakat qilamiz.Bundan tashqari, bu 
ikki omil o‘zaro bog‘liq va ma’lum tarzda bir- biriga tayanadi... Bir darajadagi 
tushuntirish ko‘pincha dalillarni yanada yuqori darajada talqin qilishga zamin 
hozirlaydi
68

Ammo ijtimoiy bilishda, awalambor, uning predmeti xususiyati bilan 
belgilanuvchi tushunish metodikalari, tabiatshunoslikda esa - tushuntirish 
metodikalari ustun qo‘yiladi. 
Xulosalar. Tushuntirish - insonning hamkorlik faoliyatida bilish jarayonlari 
obektiga kirgan narsa va hodisalaming mohiyatini fikr uzatish, o‘zaro ta’sir 
o‘tkazish, ta’sirlanish, muloqot, taqlid yordami bilan oydinlashtirish, xotiradagi 
bilimlar va ijtimoiy tajribalar bilan ulami uyg‘unlashtirgan holda tushunish sari 
yetaklovchi aqliy faoliyat. Tushuntirish hamkorlik faoliyatida (fikmi izohlovchi - 
fikmi qabul qiluvchi ishtirokida) individual, trialogik, polilogik shakllarida amalga 
66
Г.Х. фон. Вригг. Логико-философские исследования. - М.: Наука, 1986. - С. 64. 
67
Бахтин М.М. Автор и герой. К философским основам гуманитарных наук. - СПб.: Питер, 2000. - 
68
Г.Х фон. Вригг. Логико-философские исследования. - М.: Наука, 1986. - С.164. 
402 


oshiriladi. 0’zining muddati, ko‘lami, uzatish vositalari, verbal va noverbal nutq 
turlari ustuvorligi bilan bir-biridan farq qiladi. 
Adabiyotlar

Mirahmyedov M., Tohirov M. Ilmiy tadqiqotlar myetodologiyasi - 
Toshkyent: Tyemir yo‘llari instituti nashriyoti. 2012. 456 b 
Novikov A. Myetodologiya nauchnogo isslyedovaniya. -Moskva: 2012. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin