An ’anaviy ritorika nutq orqali muloqot qilish modeli sifatida qayerda, qachon, nimani va qanday so ’zlash lozimligini belgilovchi ancha izchil tizim (notiqlik san ’ati nazariyasi)dir. Ritorika sohasidagi hozirgi
tadqiqotlar bunday tor talqin doirasiga sig‘maydi va samarali muloqot shartlari,
shakllari, qoidalari va tamoyillari nazariyasini tashkil etadi.
Bugungi kunda dialog mantig‘ini tuzish yo‘li fundamental xususiyat kasb
etadi. Dialog mantig‘ini tuzish deganda oqilona dialogning har xil modellari nazarda
tutiladi. Bu modeller oqilona bo‘lmagan dialoglami (va ijtimoiy og‘zaki
muloqotning boshqa usullari va shakllarini), ulaming ishtirokchilari xulq-atvorini
ham o‘rganish va muloqot jarayonlarining normativ kodekslarini shakllantirish
imkonini beradi.
Ijtimoiy-gumanitar bilishda dialogning muhim rolini qayd etar ekanmiz,
boshqacha yondashuvlar bilan asosli munozarada haqiqiy dialog o‘z nuqtai
nazarining ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishda katta mas’uliyat va o‘ta
faollikni nazarda tutishini aniq tasavvur qilishimiz lozim.
4. Tushuntirishning rasional hamda irrasional. Tushunish bilan bir
qatorda, - tushuntirish ham mavjud.
Tushuntirishning bosh maqsadi - o ’rganilayotgan predmetning mohiyatini, rivojlanish sabablari, shartlari va manbalarini, harakat mexanizmlarini aniqlashdan iborat. Tushuntirish odatda
tavsiflash bilan chambarchas bog‘liq va ilmiy bashoratning negizini tashkil etadi.
Shuning uchun ham tushuntirish deganda umumiy tarzda muayyan hodisani
umumlashtirishni tushunish mumkin. Tushuntirish obektning mohiyatini ochib
berish bilan birga, tushuntirishni asoslashda foydalanilgan bilimlarga aniqlik kiritish
va ulami rivojlantirishga ham ko‘maklashadi. Xullas, tushuntirish vazifalarini hal
qilish ilmiy bilim va uning konseptual apparati rivojlanishining muhim stimulidir.
Ilmiy tushuntirishning deduktiv-nomologik modeli ilmiy bilishning hozirgi
metodologiyasida keng qo‘llaniladi. Bu model (sxema) tushuntirilayotgan hodisani
ma’lum qonunga bog‘laydi - uning asosiy xususiyati ana shunda. Mazkur modelda
tushuntirish hodisani qonunlardan keltirib chiqarishni nazarda tutadi. Bunda
muntazam va zarur munosabatlaming nafaqat sababiy, balki fimsional, strukturaviy
va boshqa turlariga ham qonunlar deb qaraladi.