1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/130
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#182477
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   130
1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi

Tushunish inson faoliyatining 
ma’nolarini tushunish va ma’no hosil qilish tarzida kelishi mumkin. Tushunish 
boshqa odamning «ma’nolar olami»ga kirib borish, uning fikrlari va o ’y-
kechinmalarini tushunib etish va ulami talqin qilish bilan bog‘liq.
Tushunish - 
ma’noni qidirish demak, zero, faqat ma’noli narsanigina tushunish mumkin. Mazkur 
jarayon o‘zaro aloqa, muloqot va dialog sharoitlarida sodir bo‘ladi. Tushunishni o‘z-
o‘zini tushunishdan ajratish mumkin emas. U til stixiyasida sodir bo‘ladi. 
Ma ’no tushunish muammosini hal qilishda muhim ahamiyatga ega. 
Ma’no tildagi iboralar (so‘zlar, gaplar va sh.k.) mazmunining sinonimigina 
emas, balki murakkab, ko‘p qirrali hodisa.
M. Xaydegger- ning fikricha, ma’no 
birinchidan, har qanday qilmish, xulq-atvor, amal «nimaga» va «nima uchun» sodir 
etilganini nazarda tutishi kerak. Ikkinchidan, ma’no yo‘nalishga ega, ya’ni u 
nimaningdir pirovard maqsadi (hayot mazmuni, tarix mazmuni va h.k.)
65

Ma’no hosil qilish jarayonlari obektiv tarzda an’analar, rasm- rusumlar, urf-
odatlar va ramzlar sohasida sodir bo‘ladi va tilda ifoda etiladi. Gadameming ta’biri 
bilan aytganda, u bizda, bizning hozirgi dunyomizda zohir. Madaniy merosning 
uzluksizligini ta’minlovchi an’ana qamrovli ma’no universumiga reallik baxsh etadi. 
64
Загадка человеческого понимания. - М., 1991. С. 17. 
65
Хайдеггер М. Бытие и время и. -М.: Ад Маргинем, 1997. -С.41. 


Tushunishning ishtirokisiz 
muomalani 
davom ettirish, harakatlami 
muvofiqlashtirish, anglanilgan xatti-harakatni amalga oshirish va ta’sir 
o‘tkazishning imkoni yo‘q. Tushunish keng ko‘lamdagi fanlar (psixologiya, 
filologiya, filosofiya, sosiologiya, tarix) tomonidan tadqiq etiladi. Tushunish 
muammosi bilan maxsus shug‘ullanadigan germe- nevtika fani mavjud. 
Tushunishning o‘ziga xos alohida xususiyati shundan iboratki, inson o‘zi 
tahlil qilayotgan narsa va hodisalaming ichki murakkab aloqalari, bog‘lanishlarini 
aniq sezadi. Oldin mexanik ravishda o‘zlashtirilgan, hatto ma’nosi anglanilmagan 
ma’lumotlar, sababiy bog‘liqliklar tushunish tufayli mantiqan muayyan tartibga, bir 
xil mantiqiy tizimga keltirilishi mumkin. Masalan, matematik nazariyani dalillash, 
formulalami, tabiatshunoslik bilimlarini tushunish xuddi shu tariqa kechadi. 
Inson hodisalaming mohiyatini va o‘zaro bog‘liqliklarini mantiqiy 
vositalarsiz aniq his qila oladi. Bunda hodisa individning maqsadi bilan 
uyg‘unlashib ketadi, uning maqsadga muvofiq aks etishini ta’minlaydi. Jumladan, 
boshqa kishining xulqini, uning fikri va harakat motivini tushuna oladi. Ijtimoiy 
madaniyat, tarixiy voqealar, obidalar, yozma yodgorliklar mohiyatini individ xuddi 
shu asnoda tushunib yetadi. Hayvonlar tabiati, hodisalar to‘g‘risidagi taassurotlar 
bilan hozirgisining o‘zaro o‘xshashligini tez tushunish imkonini beradi. 
Matnni «ma’naviy madaniyatning moddiylashtirilgan ifodasi» deb 
tushunishdan kelib chiqib, matnlarda obektivlashgan subektiv ma’nolami 
predmetlashtirish, «ular orqali odamlaming ovozlarini eshitish» va ular yordamida 
o‘tgan zamonlar, boshqa madaniyatlaming «ruhi»ga kirib borish ijtimoiy-gumanitar 
bilimning muhim metodologik muammosidir. 
Xullas, birinchidan, har qanday matn - uni har xil tushunish va talqin qilishlar 
manbai. Muallifning matnni tushunishi - mana shunday tushunishlaming biri. Asar 
bir paytning o‘zida bir nechta ma’noga ega bo‘ladi. Uning ramziyligi ham ana 
shundadir. Zotan, ramz obraz emas, balki ma’nolar to‘plamidir. Shuning uchun ham 
matnni tushunish unga asar (matn, san’at asari va sh.k.) muallifi, shuningdek, talqin 
qiluvchi joylagan ma’nolar bilangina cheklanishi mumkin emas. M.M.Baxtin ta’biri 
bilan aytganda, tushunish yaxshiroq bo‘ lishi mumkin va lozim, u matnni to‘ldiradi, 
faol ijodiy xususiyat kasb etadi. Ammo matnni tushunish uni talqin qilishning 
muayyan tarixiy sharoitlariga bog‘liqligi uni sof psixologik va subektiv jarayonga 
aylantirmaydi. 
Ikkinchidan, serma’nolilik birdan va darhol namoyon bo‘lmaydi, chunki 
ma’nolar yashirin, potensial mavjud bo‘lishi va faqat kelgusi davriarda rivojlanish 
uchun qulay sharoitlarda o‘zini namoyon etishi mumkin. 
Uchinchidan, tarixiy rivojlanish jarayonida matnning ma’nosi o‘zgaradi. Har 
bir davr - ayniqsa, buyuk asarlarda - yangi nimadir kashf etiladi. Yangicha tushunish 
eski ma’noni bekor qiladi, unga qayta baho beradi. 
To‘rtinchidan, matnni tushunish - tayyor natija emas, balki dialektik jarayon, 
turli madaniy dunyolar dialogi, «o‘zining- o‘zganing» (Baxtin) ma’nolari 
to‘qnashuvi natijasi, matnlar, shaxSlar va madaniyatlar dialogi. 
Beshinchidan, o‘zga madaniyatga oid matnni tushunish - hozirgi 
madaniyatimizda tug‘ilayotgan savollarga javoblar topish demak. 


Madaniyat - tayyor narsalar yoki qadriyatlar to‘plami emas, balki ulami 
o‘zlashtirish, ulardan foydalanish, insonning hayoti va ijodiy faoliyati jarayonlarida 
ishtirok etish bilan bog‘liq faol jarayon. 0’z navbatida, ijtimoiy-madaniy voqelikni 
bilish mazkur tayyor mahsulotlar dunyosini bevosita aks ettirishdan ham ko‘ra 
ko‘proq ulaming orqasida turgan narsalami, ya’ni inson ma’nolari va mazmunlari 
dunyosini aks ettirishni nazarda tutadi. 
Ijtimoiy bilish matnli xususiyatga ega bo‘lgani tufayli ijtimoiy fanlarda 
semiotika muammosi alohida o‘rin egallaydi. 
3. Semiotika, simvol va dialog. Semiotika 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin