Germenevtik doira tamoyili tushunishning muhim jihati hisoblanadi.
U tushunishning siklik xususiyatini aks ettiradi. Mazkur tamoyil tushunish va tushuntirishni bog‘laydi: nimanidir tushunish uchun uni tushuntirish kerak va aksincha. Mazkur o‘zaro aloqa butun bilan qismning doirasi sifatida ifoda etiladi:
butunni tushunish uchun uning alohida qismlarini tushunish kerak, alohida qismlami
tushunish uchun esa butunning ma’nosi haqida tasavvurga ega bo‘lish lozim.
Masalan, so‘z - gapning qismi, gap - matnning qismi, matn - madaniyat unsuri va
sh.k.
Germenevtik doira - «olmaxon g‘ildiragi» emas, zero, unda tafakkur qismlardan awalgi butunga emas, balki o ’z qismlarining bilimi bilan boyigan butunga, ya’ni boshqa butunga qaytadi. Germenevtik doira dialektik xususiyatga
ega: unda to‘liq va chuqur tushunishdan yanada to‘liqroq va chuqurroq tushunishga
tomon harakat sodir bo‘ladi, mazkur harakat jarayonida tushunishning yanada keng
ufqlari namoyon bo‘ladi.
Tushunishni hozirgi davrga bog‘lash kerakmi? Mazkur masala yuzasidan ikki
asosiy qarash mavjud: A) Kerak emas. Mazkur qarashga ko‘ra, matnni muvofiq
tarzda tushunish unga muallif yuklagan ma’noni ochib berishni nazarda tutadi. Ya’ni
muallif yuklagan ma’noni hech qanday qo‘shimcha va o‘zgartirishlarsiz, mumkin
qadar sof shaklda aniqlash lozim. Lekin amalda bunday bo‘lmaydi, zero, har bir davr
matnga (masalan, san’at asarlariga) o‘z mezonlari bilan yondashadi.
Tushunish jarayoni muqarrar ravishda tushunishga harakat qilinayotgan
narsaga qo‘shimcha ma’no yuklash bilan bog‘liq. Binobarin, matnni muallif qanday
tushungan bo‘lsa, shunday tushunishning o‘zi yetarli emas. Demak, tushunish ijodiy
jarayon va u muallif yuklagan ma’noni aynan aks ettirishnigina emas, balki unga
tanqidiy baho berish, ijobiy jihatlarini saqlab qolish, ma’noni hozirgi voqelikning
mazmuni bilan boyitishni nazarda tutadi.
Hozirgi zamon fransuz germenevtikasining vakili Pol Rikeming fikricha,
tushunish hech qachon bilishdan ajralmaydi, balki «ma’noni o‘zlashtirish
faoliyatining bosqichi» hisoblanadi. Tushunish - fikr yuritish orqali simvolda
yashirin ma’noni aniqlash demak. Bunda Riker quyidagi holatlardan kelib chiqadi:
germenevtika - izchil talqin qilish jarayoni;
talqinlaming xilma-xilligi germenevtikaning mohiyatini tashkil etadi;
v) tushunish - bir ong tomonidan uzatiladigan, ikkinchi ong esa uni tashqi
ifodalar orqali qabul qilib oladigan belgilar ma’nosini tushunib yetish jarayoni;
g) ayni bir matn bir nechta ma’noga ega va bu ma’nolar bir-biriga qo‘shilib,
qatlam hosil qiladi.
Shunday qilib, tushunish - muayyan hodisaning ma’nosini, uning dunyodagi o‘mini, yaxlit bir butun tizimdagi funksiyalarini tushunib yetish demak. U borliqning ma’nolarini teran anglab etishga ko‘maklashadi.