1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/130
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#182477
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   130
1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi

Axborot inqilobi
. 1981 yilda birinchi shaxsiy kompyuter paydo bo‘lishi bilan 
boshlangan axborot inqilobi (u kompyuter inqilobi deb ham ataladi) jahonning 
aksariyat mamlakatlarida odamlar turmush tarzini va ularning mehnati xususiyatini 
butunlay o‘zgartirib yubordi. Bu inqilobning o‘ziga xos xususiyati shundaki, axborot 
muhim resursga, hozirgi dunyo jarayonlarini boshqarishning zaruriy omiliga 
aylandi. Uning natijasi o‘laroq, nafaqat chiqindisiz, energiya va resurslarni asrovchi 
texnologiyalar paydo bo‘ldi, balki iqtisodiy faoliyatning o‘zi ham ishlab 
chiqarishning maydalanishi va tabaqalanishi tomonga o‘zgardi. Masalan, hozirgi 
vaqtda AQSH eksportining atigi yetti foizi 500 dan ortiq odam ishlaydigan 
korxonalarda yaratiladi. Qolgan barcha mahsulotlarni kichik jamoalar, ba’zan bir 
necha kishi ishlaydigan o‘rta va kichik kompaniyalar ishlab chiqaradi. Yangi 
texnologiyalar va xalqaro mehnat taqsimoti sharofati bilan endilikda global 
iqtisodiyotda muhim rol o‘ynash uchun katta mamlakat bo‘lish shart emas. Bunga 
o‘z yutuqlari bilan ham, chuqur iqtisodiy tangliklari bilan ham jahon iqtisodiyotining 
umumiy holatiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatayotgan Singapur, Tayvan, Janubiy
Koreya kabi mamlakatlar misol bo‘lishi mumkin.
Yangi texnologiyalar va axborot inqilobi odamlarning atrof muhitda, ijtimoiy 
va siyosiy hayotda yuz berayotgan o‘zgarishlar ustidan nazorat olib borish 
borasidagi imkoniyatlarini ham ko‘p karra oshirdi. «Kompyuter shaxsning qudratini 
kengaytirgan sharoitda fuqarolar o‘z hukumatlarining harakatlarini hukumatlar 


fuqarolarning harakatlarini kuzatganidan samaraliroq kuzatishlari mumkin»
61
, deb 
qayd etadi amerikalik futurologlar D.Nesbit va P.Eburdin.
Darhaqiqat, inson faoliyati unga nisbatan tashqi uch omil – modda, energiya 
va axborotga asoslanadi. «Texnik taraqqiyotda uch asosiy unsur: bilim, energiya va 
material ishtirok etadi, - deb qayd etadi J. Tomson. – Kishilik jamiyati tabiat ustidan 
qay darajada hukmronlik qilishi mana shu uch unsurga bog‘liq. Ular orasida bilim 
asosiy unsur ekanligi shubhasiz; bilimsiz qolgan ikki unsur befoydadir»
41
. Texnik 
taraqqiyotda axborot shaklidagi bilimni uzatish va qabul qilish texnik vositalari 
doim muhim rol o‘ynaydi.
Kompyuterlar paydo bo‘lishi bilan axborot vositalarining rivojlanishida yangi 
bosqich boshlandi. Inson texnik vositalar yordamida o‘z organizmining 
psixofiziologik cheklanganligini yengishga harakat qilib, axborot texnikasiga aqliy 
mehnat, axborotga ishlov berish va hatto ayrim mavhum fikrlash funksiyalarini 
yuklamoqda.
Zamonaviy axborot texnik vositalarining paydo bo‘lishi fan-texnika 
taraqqiyotining ilg‘or yutuqlari – elektron sanoat, aloqa texnik vositalari, 
audiovizual texnikaga asoslanadi. Informatika fan va ishlab chiqarishning yangi 
munosabatlarini o‘zida mujassamlashtirdi.
Kompyuterlar rivojlanishi hozirgacha besh avlodni o‘z ichiga oladi. 1937 
yilda amerikalik fizik J. Atanasovda dissertatsiya ustida ishlash jarayonida hisoblash 
amallarini avtomatlashtirish g‘oyasi tug‘iladi va u o‘z aspiranti K. Berri bilan 
hamkorlikda kompyuter modelini yaratadi. Bu modelni ular 1942 yilgacha 
takomillashtiradilar. Ayni shu vaqtda bu yo‘nalishda AQSHda A. Felirs va 
Rossiyada S.A. Lebedev ham ish olib bordi. Sal keyinroq elektron lampalarda 
ishlaydigan kompyuterlar – AQSHda ENIAK va Angliyada KOLOS kompyuterlari 
yaratildi. 1946 yilda J. Fon Neyman kompyuterlar yasashga oid bir qancha yangi 
g‘oyalar taklif qildi
62
. Mana shu g‘oyalar negizida hozirgacha mavjud kompyuterlar 
arxitekturasi yaratildi.
1949 yilda Buyuk Britaniyada konstruktor M. Uilks J. Fon Neyman 
g‘oyalarini EDAK mashinasida texnik jihatdan gavdalantirib, saqlanadigan dasturli 
birinchi kompyuterni yaratdi. Sal keyinroq, 1951 yilda Rossiyada MEVM 
kompyuteri yaratildi. Saqlanadigan dasturli lampali kompyuterlarni seriyali ishlab 
chiqarishga o‘tilishi bilan birinchi avlod kompyuterlari davri boshlandi.
Lampali diodlarning yarim o‘tkazgichli diodlar bilan, lampali triodlarning 
tranzistorli triodlar bilan almashtirilishi, ferritli o‘zaklarda tezkor xotirani va 
magnitli disklarda uzoq muddatli xotiraning yaratilishi, algoritmik tillarning paydo 
bo‘lishi ikkinchi avlod kompyuterlariga xos. Uchinchi davrning boshlanishi integral 
sxemalardagi IBM-360 kompyuterlarining ishlab chiqilishi bilan bog‘liq. 
Keyinchalik mos keladigan periferiyali qurilmali kompyuterlar, kichik integral 
sxemalardagi mini-kompyuterlar yaratildi. Hozir katta integral sxemalardagi 
61
Несбит Д., Эбурдин П. Что нас ждет в 90-е годқ. – М.: 1992. –
С. 347 
41
Томсон Дж. Предвидимое будущее -М.: 1978. –С.40-41.
62
Раҳмонқулова С.И. Шахсий компьютерларда ишлаш. -Т.: Университет, 1996. –Б.86.


to‘rtinchi 
avlod 
kompyuterlaridan 
foydalanilmoqda. 
Mikroprosessorlar 
yaratilmoqda, ular mikrokompyuterlar yaratish imkonini bermoqda.
Mikroprosessorlarning yaratilishi axborot texnikasida shu qadar katta siljish 
sodir bo‘lishiga olib keldiki, hozirda mikroprosessor inqilobi to‘g‘risida ko‘p so‘z 
yuritilmoqda. Shaxsiy kompyuterlar paydo bo‘ldi va ular yalpi kompyuterlashishga 
asos soldi.
80-yillar boshidan beshinchi avlod kompyuterlari ustida ish boshlandi. 
Bunday kompyuterlar o‘ta katta integral sxemalar va sifat jihatidan yangi arxitektura 
asosida quriladi: Fon Neyman strukturasi o‘zak shaklida saqlanadi, uning atrofida 
yangi bloklar joylashtiriladi. Mazkur bloklar, xususan, foydalanuvchi bilan 
kompyuter o‘rtasida tabiiy tilga yaqin tilda aloqa bog‘lanishini ta’minlaydi. Ma’lum 
fan sohasiga oid bilimlar bazasi strukturada muhim o‘rin egallaydi. Sun’iy intellekt 
g‘oyasi negizida ishlab chiqilgan modellar va vositalardan keng foydalaniladi. 
Ammo sun’iy intellekt tizimini ishlab chiqish beshinchi avlod kompyuterlari 
vazifasidir.
Beshinchi avlod kompyuterlari ustida ish 1978 yilda Yaponiyada, amalda esa 
– 1982 yildan boshlandi. Bu ish 10 yilga mo‘ljallangan edi. Tegishli loyiha ishlab 
chiqildi. Loyihaning maqsadi – kompyuter tizimlari yordamida keyingi o‘n yillikda 
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan jamiyatning muhim ehtiyojlarini qondirish, 
chunonchi, mehnat unumdorligini oshirish, xalqaro hamkorlikda Yaponiyaning 
yanada kengroq ishtirok etishini ta’minlash, energiya va foydali qazilmalarga 
bo‘lgan talabni qondirish, yoshlarning ma’lumot darajasini oshirish kabilardir. 
Loyiha 
mashinada 
tarjima 
qilish, 
inson-kompyuter 
dialogi, 
mantiqiy 
dasturlashtirish, mashinada loyihalash dasturlarini ham o‘z ichiga oldi. Inson uchun 
eng tabiiy interfeysni yaratish, mashina bilan tabiiy tilda aloqa qilishga erishish bosh 
vazifa qilib qo‘yildi.
1982 yilda ishlab chiqilgan loyihani amalga oshirish uchun Yaponiyaning 8ta 
firmasi Tokioda yangi avlod kompyuterlari institutini tashkil qildi. Ishga «fan 
samuraylari» – faol va ijodiy fikrlaydigan yosh olimlar jalb etildi. Ular hukumat 
organlari ko‘magida kompyuter va ekspert tizimlarini texnik va dasturiy ta’minlash 
vositalarini yaratish ustida ish boshladilar. Superjamg‘argichlar, ekspert tizimlari, 
bilim banklari va 16 megabaytli chip yaratildi. Biroq, mazkur dasturning ko‘pgina 
bandlarini amalga oshirishda olimlar katta qiyinchiliklarga duch keldilar va ular 
bajarilmay qoldi. Ammo loyiha ustida ishlash jarayonida intellektual kompyuter 
yaratish imkoniyati sinovdan o‘tkazildi. 1991 yilda Yaponiyada «Axborotga ishlov 
berish yangi texnologiyasi» yangi o‘n yillik dasturining turli jihatlari muhokama 
qilindi. Bu dastur oltinchi avlod kompyuterlari loyihasi deb baholandi.
Yaponiyada amalga oshirilgan yangi avlod kompyuterlari yaratish bo‘yicha 
milliy loyihalar boshqa mamlakatlarda ham shunday ishlar amalga oshirilishiga 
turtki berdi. Chunonchi, 1984 yilda AQSHda 10 yilga mo‘ljallangan «Strategik 
kompyuter tashabbusi» dasturi qabul qilindi. 2001 yilgacha superkompyuter 
imkoniyatlariga ega bo‘lgan intellektual kompyuter yaratilishi haqida e’lon qilindi. 
Fransiyada 1983 yildan beshinchi avlod kompyuterlari yaratishning eng muhim 
yo‘nalishlari bo‘yicha olti loyiha ustida ish boshlandi. Shunga o‘xshash dasturlarni 
Germaniya va Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati ham ishlab chiqdi. 1985 yildan 


Rossiyada ham Fanlar akademiyalari hamkorligi doirasida 11 loyiha ustida ish 
boshlandi, lekin 1987 yilda ular to‘xtatildi va kompyuter ishlab chiqarish hajmlari 
Rossiyada AQSHdagi darajaning 1% gacha kamaydi. Hozirgi kunda kompyuter 
sanoatida, ilg‘or texnologiyalarning boshqa turlarida bo‘lgani singari, jahonda, 
ayniqsa, AQSH va
Yaponiya o‘rtasida keskin raqobat ketmoqda.
Kompyuter texnikasining rivojlanish istiqbollari haqida har xil qarashlar 
mavjud. Ayrim mutaxassislarning fikricha, yaqin kelajakda kompyuterlar sifati va 
miqdorida aql bovar qilmas o‘sish sodir bo‘ladi. Boshqalarning taxminiga ko‘ra esa, 
kremniyli texnologiya o‘z ahamiyatini yo‘qotishi natijasida, buning batamom 
teskarisi bo‘ladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin