Informatizatsiya
nisbatan yangi atama bo‘lib, bizga ilgari ham tanish bo‘lgan
“avtomatizatsiya”, “kompyuterizatsiya”, «elektronizatsiya” kabi tushunchalar bilan
birga ishlatilmoqda.
Bir qator mualliflar fikricha “Informatizatsiya o‘ziga uchta bir – biriga bog‘liq
jarayonni mujassamlashtiradi”
54
:mediatizatsiya – axborotni yig‘ish, saqlash va
tarqatish vositalarini takomillashtirish jarayoni; kompyuterizatsiya – axborotni
izlash, qayta ishlash vositalarini takomillashtirish jarayoni; intellektualizatsiya –
54
Под. Ред. Иноземцева В.Л. Новая постиндустриальная волна на Западе. -М. Академия, 1999,С -640.
Иванова М.: Институт развития информационого общества. -М. Владос, 2002.С -840.; Канқгин Ю.М.,
Маркашев В.Е.
Информатизация: социальнқй аспект // Вестник ВОИВТ, 1990, №2 С.3; Барулин В.С. Сациальная философия.
Учебник, Изд.2-е, -М. ФАИР, Пресс, 1999, С-560
axborotni yaratish va idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish jarayoni, ya’ni
jamiyatning intellektual salohiyatini oshirish. Bu uch jarayon, ayniqsa ular
jamiyatga jadal suratlar bilan kiritilgan ijtimoiy tizimni radikal o‘zgarishiga olib
keladi.
Axborot texnikasi
insonni og‘ir va ba’zan mazmunsiz jismoniy mehnatdan
insonni ozod qiladi
. Aqliy mehnatning ahamiyati va salmog‘i oshib boradi. Mehnat,
inson ehtiyojlarini qondirish uchun tabiiy va ijtimoiy kuchlarni o‘zgartirish jarayoni
sifatida, insonning mehnat predmeti bilan bilvosita aloqasi kuchayishi bilan
tavsiflanadi. Agar ilgari mehnat qurollari inson tabiiy jismoniy a’zolarining davomi
hisoblangan va ularni kuchaytirishga xizmat qilgan bo‘lsa, endi axborot qurilmalari
inson aqlining ishini davom ettiradi va kuchaytiradi. Malakasiz mehnatning juda
ko‘p shakllari o‘rnini malakali mehnat egallaydi. Axborot texnologiyasining
rivojlanishi mehnatkashlar ma’lumot va malaka darajasining o‘sishiga, ishlab
chiqarishda yuqori malakali mutaxassislar miqdorining ko‘payishiga va past
malakali kasblar sonining kamayishiga olib keladi. Mehnat unumdorligiga
mehnatning og‘irlashishi natijasida emas, balki bu ishning oqilona bajarilishi
natijasida erishiladi. Mehnat jarayoni ijodiy faoliyat turiga, insonning o‘z
qobiliyatini namoyon etish vositasiga aylanadi. Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish
o‘rnini insonni intelektual o‘stirish egallaydi, inson qobiliyatini rivojlantirish
hayotiy faoliyatning asosiy shakliga aylanadi, mehnatning insonparvarlashuvi sodir
bo‘ladi.
Hozirgi zamon fanining rivojlanishi, xususan, ilmiy tadqiqot usullari va
vositalari muttasil murakkablashib borishida namoyon bo‘ladiki, bu axborot
texnikasini qo‘llashni taqozo etadi. Bunday holat ilmiy tadqiqotning barcha
darajalari – empirik darajasiga ham, nazariy darajasiga ham xos. Empirik tadqiqot
bosqichida informatika ilmiy eksperimentni hunarmandchilik ko‘rinishidagi
faoliyatdan kattakatta axborot to‘plamlarini avtomatlashtirilgan yo‘sinda olish va
ularga ishlov berishga yo‘naltirilgan zamonaviy ilmiy tahlilning alohida turiga
aylantirish uchun imkoniyat yaratadi. Nazariy tadqiqot bosqichida axborot texnikasi
har xil ilmiy gipotezalarni tekshirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi, tartibga
keltirilmagan ma’lumotlar yig‘indilarini ilmiy-nazariy qoidalarga aylantirishga
yordam beradi.
Axborotni kiritish, unga ishlov berish, uni saqlash va berish uchun fanda
avtomatlashtirilgan axborot-qidiruv tizimlari – mantiqiy, matematik, lingvistik va
texnik vositalarning o‘zaro bog‘liq majmuidan keng foydalanilmoqda. Bunda
avtomatlashtirilgan axborot- qidiruv tizimiga qo‘yiladigan talablar yo tadqiqot
ob’yekti tomonidan, yo mazkur fan sohasining nazariy negizi va axborot-texnika
vositalari yordamida shakllanadi. Bunday tizimlar matematik usullar va algoritmlar
majmui shaklida matematik ta’minlash vositalariga ega bo‘ladi. Mazkur vositalar
eksperimentlarning natijalariga ishlov beradi, qarorlar qabul qilish usullari va
algritmlarini belgilaydi. O‘ta murakkab hodisalar va jarayonlarni tadqiq qilishga
fanning o‘tishi, qisqa muddatda aniq natijalarga erishish talabining qo‘yilishi fanda
eksperimentlar o‘tkazish va ularning natijalariga ishlov berishni avtomatlashtirishni
taqozo etadi
|