1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/130
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#182477
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   130
1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi

Axborot 
bu oqilona foydalanish uchun muayyan shaklga solingan ma’lumotlardir.
O‘z 
navbatida, axborot bloklarini tegishli tarzda ishlov berish yo‘li bilan yaxlit bilim 
korpusiga aylantirish mumkin.
Ammo har qanday axborot ham bilim bo‘la olmaydi. Xo‘sh, axborot va 
bilimning o‘zaro nisbati qanday? Ko‘pincha bu tushunchalar bir-biriga o‘xshatiladi, 
Falsafa qomusiy lug‘atida bilim «Kishilarning tabiat va jamiyat hodisalari haqida 
xosil qilgan ma’lumotlari»
27
, deb tavsiflanadi. Bizningcha, bu fikrga qo‘shilib 
bo‘lmaydi. Ammo bilim va axborotning o‘zaro nisbati muammosining bir xil 
yechimi mavjud emas.
Umuman olganda, axborot tushunchasi bilim tushunchasidan kengroq. 
Masalan, so‘qmoqda yotgan singan daraxt shoxi axborot beradi – yo‘lovchining 
harakat yo‘nalishini ko‘rsatadi, ammo yo‘l haqida – uning og‘irligi, uzunligi, relefi, 
so‘qmoqdan o‘tish uchun qulay kun vaqti yoki yil mavsumi va hokazolar to‘g‘risida 
bilim bermaydi. Bilim – bilish faoliyatining natijasi, mazkur faoliyat yordamida 
olingan borliq haqidagi tushunchalar tizimi. Binobarin, har qanday bilim ham 
axborot beravermaydi. Faqat muayyan darajada o‘zgartirilgan, tilda (ovozlar, 
imoishoralar, rasmlar va b.) qayd etilgan va ifodalangan axborotga bilim deb qarash 
mumkin. Bilim, ijtimoiy va tabiiy borliqning belgi shaklidagi ideal in’ikosi sifatida, 
axborotdan farqli o‘laroq, shaxsiy insoniy hodisa hisoblanadi, u sub’yektiv shaklda 
mavjud bo‘ladi. Axborot nafaqat sub’yektiv shaklda (bilim shaklida), balki 
ob’yektiv shaklda ham mavjuddir. U o‘zining bevosita yaratuvchisidan ajratilgan va 
boshqa moddiy tashuvchilarda mustahkamlangan. Axborot doim aloqa tarmoqlari 
orqali bilim berish xususiyatiga ega, bilim esa doim o‘z yaratuvchisining shaxsi 
bilan bog‘liq.
Boshqa tomondan, agar biz axborotni faqat formallashtirilgan bilim deb, 
bilimni esa ongning mavjudligi shakli deb tushunadigan bo‘lsak, bilim tushunchasi 
axborot tushunchasidan kengroq. Biron bir simvol yoki simvollar guruhi o‘zining 
faqat fizik xususiyatiga ko‘ra bilim bo‘la olmaydi. Ular bilimga aylanishi uchun 
muayyan ma’noga ega bo‘lishi va faoliyat uchun asos bo‘lib xizmat qilishi, ma’lum 
pragmatik munosabatlarga kirishishi lozim. Bilim jarayon yoki narsa emas, balki 
sub’yekt bilan ob’yekt o‘rtasidagi munosabatlarning alohida tizimidir. Bilim 
insonning borliqqa nisbatan amaliy munosabatda bo‘lishi jarayonida yuzaga kelgan, 
inson faoliyatining zarur sharti hisoblangan borliqning hissiy va mantiqiy 
shakllardagi in’ikosidir
.
Bilim tarkibida doim axborot mavjud, lekin bu «insoniy» 


axborot o‘z xususiyatlariga ega. Bilim – inson ongining tarkibiy qismi. Ong, 
bilimdan tashqari, hissiyot, kayfiyat, sezgi, iroda va hokazolarga ham ega. Bilim, 
ongning tarkibiy qismi sifatida, ular bilan chambarchas bog‘liq. Axborot 
kommunikativ jarayonga qo‘shilib, bilim muayyan shaxsning boyligiga aylanishiga 
imkoniyat yaratadi. Bilim – sub’yekt ongining mazmuni, bilish faoliyatining 
natijasi, amalda mavjud predmetlarga bog‘langan bilish obrazlari majmui. Muayyan 
sub’yekt bilimining mazmuni hech qachon idrok etilgan axborot mazmuni bilangina 
cheklanmaydi. Idrok etish bilimning alohida turi sifatida olingan axborotni anglab 
yetish, tushunish, talqin qilishni nazarda tutadi.
Darhaqiqat, insoniyat ilgari hech qachon hozirgidek jadal sur’atlarda axborot 
to‘plamagan. Bu ayniqsa ilmiy bilimlarning o‘sishiga xosdir. Agar milod boshidan 
ilmiy bilimlarning ikki baravar o‘sishi uchun 1750 yil talab etilgan bo‘lsa, ikkinchi 
shunday o‘sish 1900 yilda, uchinchi o‘sish esa – 1950 yilda, ya’ni atigi 50 yil ichida 
sodir bo‘ldi. Bu yarim asr mobaynida axborot hajmi 8-10 baravar ko‘paydi. Agar 
XIX asrda ilmiy axborot hajmi har 50 yilda ikki baravar ko‘paygan bo‘lsa, hozirda 
har 20 oyda ikki baravar ko‘paymoqda.
Axborot ijtimoiy – iqtisodiy, texnologik va madaniy taraqqiyotning muhim 
resursidir; undan foydalanish masshtablari, an’anaviy resurslardan foydalanish 
(energiya, xom ashyo va h.k.) masshtablariga teng. Axborotga sarf qilingan mablag‘ 
makroiqtisodiy ahamiyatga ega. Axborotning jamiyat hayotidagi ahamiyati kundan 
kunga ortmoqda. Axborot bilan ishlash usullari o‘zgarmoqda, yangi axborot 
texnologiyalarini qo‘llash sohalari kengaymoqda

Axborot o‘z sub’yekti va ob’yekti (manbai) o‘rtasidagi o‘zaro aloqa 
jarayonining mahsuli (natijasi) sifatida vujudga keladi. Aks ettirishning uzatilgan, 
invariant qismi sifatidagi axborot konsepsiyasi tanlash jarayonini amalga oshirishga 
qodir o‘zini o‘zi boshqaruvchi tizimlar faoliyatini tavsiflashi mumkin. Axborot 
murakkab tarkibli tizimlarda aks ettirilgan rang-baranglikning boshqaruvga xizmat 
ko‘rsatuvchi muhim qismi, kommunikatsiya vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. U bir 
qancha xossalarni o‘zida mujassamlashtiradi – nafaqat aks ettirish, boshqarish, balki 
aloqa vositasi sifatida ham amal qiladi. Bu yerda axborotning kommunikativ jihati 
birinchi o‘ringa chiqadi.
Axborot
 
–ob’yektiv reallikning muhim qismini ifodalovchi tushuncha bo‘lib, 
o‘zini saqlash, qayta ishlash va ta’sir natijalari (izlari)dan foydalanish uchun 
mo‘ljallangan moddiy tizimlarda namoyon bo‘ladi. Axborot bu tizimlarning faoliyat 
jarayonida o‘z mazmuniga ega. Ob’yektivlik, moddiylashtirish va uzatish 
imkoniyatining mavjudligi – axborotning muhim xususiyatlaridir. «Axborotni 
o‘rganish axborot-boshqaruv jarayonini tahlil qilish bilan uzviy bog‘liq, chunki 
axborot unda funsional xossa sifatida mavjuddir»
51
.
Ilmiy bilimlar hajmining o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lgan demokratik jamiyat 
sharoitida bilimning yangi shakllarini izlash muammosi muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu muammo asosan bilimni semiotika vositalari yordamida soddalashtirish 
yo‘li bilan shaklan o‘zgartirish bilan bog‘liq.
51
Тураев Б. Информационное свойство пространства и времени // Естествознание и философия. III 
международнқй семинар. – Санкт-Петербург: 1992. – С.64-.


Axborotning evristik mazmunini o‘rganishda informasion vaziyatning 
quyidagi unsurlari muhim o‘rin tutadi: 1) axborot sub’yekti (axborot oluvchi, uni 
o‘zgartiruvchi va undan foydalanuvchi), axborot ob’yekti (axborot manbai): 
sub’yekt bilan o‘zaro aloqaga kirishadi; 2) ehtiyojlar: aks ettirilgan 
rangbaranglikning muhim qismini tanlash masalasini yechadi. Sub’yektning qizg‘in 
izchil faoliyati axborotning shakllanish jarayonida muhim omillardan biri sifatida 
amal qiladi. Tashqi ta’sirlardan axborot ob’yektining sub’yektga ta’siri, ta’sirni 
kodlashtirish va modellashtirish, teskari aloqa, sub’yektning bilim darajasi ta’sirida 
o‘zgarish va hokazolarni qayd etish mumkin.
Xullas, axborot va bilim o‘zaro nisbatining bir xil ta’rifi mavjud emas. Faqat 
shu narsa aniqki, ular o‘rtasida chuqur dialektik aloqa mavjud. Bu aloqa shu qadar 
chuqurki, ba’zan axborot va bilim tushunchalari kundalik amaliyotimizda, ayniqsa, 
hozirgi kunda informasion portlash deb nom olgan inson bilimining jadal o‘sishi 
to‘g‘risida so‘z yuritilgan hollarda bir-biriga o‘xshatiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin