Ilmiy ijod va prognoz qilish
metodologiyasidan iqtisod, demografiya,
sosiologiyada bozor iqtisodining rivojlanish tedensiyalarini hamda hozirgi kun
jaraѐnlari va bo‘lajak jaraѐnlarni iqtisodiy o‘rganishning muayyan metodlariga
tatbiqan foydalaniladi. Masalan, D.Medouz iqtisodiy prognoz qilish ѐrdamida
insoniyatning global muammolarini tahlildan o‘tkazdi, xuddi shunday tadqiqotlarni
J.Forrester ham o‘tkazdi, amerikaliy taniqli siѐsat arbobi Z.Bjezinskiy ilmiy prognoz
qilish asosida demokratiya, siѐsat institutlari,
erkin bozor iqtisodi, hozirgi zamon
axborot, kompyuter texnologiyalariga asoslangan hozirgi zamon va kelajak
texnotron jamiyati nazariyasini yaratdi.
E.Tofflerning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiѐtning uchinchi to‘lqiniga mansub
yuksak darajada sanoatlashgan jamiyatni shakllantirish borasidagi tadqiqotlari,
F.Fukuyamaning «tarix yakuni» va taraqqiѐtning tarixdan keyingi bosqichiga butun
insoniyatning o‘tishi konsepsiyasi asosiga qurilgan prognozlari, S.Xantingtonning
g‘arb (xristianlik) va sharq (islom, buddizm, lamaizm va boshqalar) qadriyatlari bir-
biriga to‘la nomuvofiqligi negizida kelajakda ikki sivilizatsiya - Farb va Sharqning
muqarrar to‘qnashuvi sodir bo‘lishi haqidagi prognozi katta ijodiy va prognostik
qiziqish uyg‘otadi.
Rim klubining yaqin tarixiy istiqbolda butun insoniyatning global rivojlanishi
jaraѐnlarini prognoz qilish borasidagi faoliyatini alohida qayd etib o‘tish kerak.
Italiyalik iqtisodchi va tadbirkor A.Pechcheining tashabbusi bilan 1968 yilda tashkil
etilgan Rim klubi olimlar, iqtisodchilar, biznesmenlar va siѐsatchilarni birlashtirgan
xalqaro nohukumat tashkilotidir. Rim klubining faoliyati
hozirgi davrning global
muammolarini muttasil kuzatib borish va prognoz qilish, ijtimoiy taraqqiѐtning
iqtisodiy, ijtimoiy-siѐsiy, ekologik, oziq-ovqat, xom ashѐ, demografik va boshqa
komponentlarining rivojlanish yo‘llari va tendensiyalarini aniqlashga yo‘naltirilgan.
Rim klubi XX asrning oxiridaѐq o‘z ilmiy prognozlari asosida iqtisod,
aholi va
hokazolar o‘sishining «eng yuqori chegarasi» haqida global xulosalar chiqardi va
shu bilan bir vaqtda, bu iqtisodiy, ijtimoiy-siѐsiy va demografik muammoning
yechimini topishga harakat qildi.
Iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiѐtni ilmiy prognoz qilishning ulkan evristik va
prognostik ahamiyatini qayd etgan holda, ilmiy
prognoz qilishning real
imkoniyatlaridan kelib chiqish kerakligini uqtirib o‘tmoqchimiz, zero, har qanday,
hatto juda aniq va ishonchli prognoz ham haqqoniy emas, balki ehtimol tutilgan
bilimdir. Ehtimol darajasi juda baland bo‘lgan taqdirda ham prognoz amalda ro‘ѐbga
chiqishi ѐki qog‘ozda amalga oshirilmay qolib ketishi mumkin.
Masalan, prognoz qilishning turlaridan biri -
Dostları ilə paylaş: