Ilmiy bashorat bugungi kunda informatika
va elektronika, global kompyuter
tarmog‘i va globalizatsiya asri insoniyat oldiga qo‘yaѐtgan ko‘pgina muammolarni
hal qilishga qodir. Ilmiy bashorat va prognoz ѐrdamida inson haѐtiy faoliyati
rivojlanishining nomaqbul, zararli, xavfli, boshi berk yo‘nalishlarini oldindan aytib
berish, shuningdek ularning oqibatlarini yumshatish ѐki to‘liq
bartaraf etish
mumkin. Hodisalarni bashorat qilish, ularni ilmiy tushuntirish, hodisalarning teran
aloqasi va mohiyatini ochib berish, ijtimoiy amaliѐtga xizmat qilish qobiliyati - bu
fanning ijodiy, prognostik imkoniyatlarining ko‘rinishlaridir, zero, ilmiy bilishning
asosiy vazifasi tabiiy va ijtimoiy muhitda insonga yo‘l ko‘rsatish va uni bu muhitga
moslashishiga ѐrdam berishdan iborat. Bashorat - bu odamlarning bilish va amaliy-
o‘zgartirish faoliyati o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in, jamiyat haѐtini tashkil etish va
boshqarish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Ilmiy bashorat bugungi kundan kelajakka, ma’lumdan noma’lumga
yo‘naltirilgan bo‘lib, bu gnoseologik noaniqlikni vujudga keltiradi, binobarin, ilmiy
ijod jaraѐnida ilmiy bilish va prognoz qilish amalga
oshiriladigan tizimlarning
rivojlanish yo‘llari prinsipial xilma-xil bo‘lishini nazarda tutadi. Shuning uchun ham
bashorat ilmiy bilishda kelajakni mutlaqo aniq bilishni da’vo qilmaydi.
Hodisalarning jo‘shqinligi, o‘zgaruvchanligi, rivojlanishning yo‘nalishi va
sur’atlarini u ѐki bu tomonga og‘diruvchi fluktuatsiyalarning mavjudligi ilmiy
bashorat aytilgan muddatdan oldin ѐki keyin sodir bo‘lishi ѐ umuman sodir
bo‘lmasligiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ilmiy bashoratning ro‘ѐbga chiqish yo‘llari har xil bo‘lishi mumkin. Bu yerda
ilmiy prognoz qiluvchi tadqiqotchilar tafakkurining o‘ziga xosligi, ularning ijodkor
shaxs sifatidagi xususiyatlari ѐrqin namoѐn bo‘ladi.
Bu yerda umumiy
mushohadalardan xususiy mushohadalarga (deduksiya) va xususiydan umumiyga
(induksiya) o‘tish, taqqoslash, solishtirish, ekspert baholash, tahlil va sintez qilish
mumkin. Ilmiy rejalar va prognozlar to‘liq ѐki qisman o‘z ifodasini topadigan
odamlar amaliѐti ilmiy bashorat va prognozning to‘g‘riligi mezoni bo‘lib
xizmat
qiladi.
Ilmiy bilishning evristik-prognostik funksiyasi mavjud ilmiy bilimning
qimmatini va butun insoniyat uchun ahamiyatini oshiradi, zotan, ilmiy bashoratning
ro‘ѐbga chiqarish, uni potensial imkoniyatdan dolzarb voqelikka aylantirish inson
aql-zakovati ijodiy faoliyati imkoniyatlarining cheksizligi va bitmas-tuganmasligiga
bo‘lgan insonning ishonchini mustahkamlaydi.
Dostları ilə paylaş: