qiluvchi dalillar boshqa darajada ma’lumotlar sifatida amal qilishi mumkin.
Masalan, radio yoki televideniye muxbiri intervyu
jarayonida muayyan axborot
oladi. Bu axborot jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi uchun ma’lumot bo‘lib
xizmat qiladi. Mazkur markaz tomonidan e’lon qilingan axborotdan, o‘z navbatida,
yuqori idora tahlil uchun ma’lumot sifatida foydalanishi mumkin.
Ma’lumotlar muayyan xulosa chiqarish yoki qaror qabul qilishga xizmat
qiladi
.
Ular saqlanishi, uzatilishi va berilishi mumkin, ammo axborot sifatida amal
qilishi mumkin emas.
«Ma’lumotlar» tushunchasi o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan dalillar
majmuini aks ettiradi. Ma’lumotlarni tahlil qilish, aloqalarini aniqlash, eng muhim
dalillarni ajratish va ularni sintez qilish yo‘li bilan axborotga aylantirish mumkin.
Shu bois axborot ma’lumotlarga qaraganda ko‘proq qimmatga ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: