1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/130
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#182477
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   130
1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi

Nanotexnologiya
. XXI asrda insoniyat axborot texnologiyalarining 
takomillashgan shakli nanotexnologiyalarni yaratdi. Nano o‘lchov birliklarning old 
qo‘shimchasi bo‘lib, milliarddan birni belgilaydi. Masalan, bir nanometr metrning 
milliarddan biridir. Nano yunoncha “nanos” so‘zidan olingan bo‘lib, mitti degan 
ma’noni bildiradi. 
Nanotexnologiya-mitti texnologiya bo‘lib, uning prototipi 
tabiatning o‘zida mujassam. Ko‘zga ko‘rinmas bakteriyalar, chumoli, o‘rgimchak 
va shunga o‘xshash hasharotlar tabiiy nano jismlardir.
Atomlar va ular orasidagi 
masofalar ham nanometr ulushlarida o‘lchanadi. Nanotexnologiya atamasini 
birinchi bo‘lib, 1974 yilda yapon olimi Norio Taniguchi yangi ob’yektlar va 
materiallar tuzish jarayonini izohlash uchun ishlatgan. Bu sohadagi dastlabki texnik 
vositalar Shveysariyaning IBM laboratoriyasida ixtiro qilingan. 1982 yilda 
skanerlovchi zondni ixtiro qilgan Gerd Bining va Genri Rorerlar 1986 yilda Nobel 
mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Nanonaychalarning qalinligi soch tolasidan o‘n ming marta kichik, ammo 
mustahkamligi po‘latdan o‘n marta katta. Kelajakda bir metr uzunlikdagi 
nanonaychalar sintez qilinishiga erishilsa, sanoat va texnikada katta o‘zgarish ro‘y 
berishi mumkin. Chunki, yuzlab kilogramm yukni ko‘taradigan soch tolasidek 
ingichka material juda ko‘p sohalarda foyda berishi ko‘zda tutilmoqda. Ekspertlar 
fikricha uchinchi ming yillik nanofan va nanotexnologiyalar asri bo‘ladi. Yaqin 
4050 yil ichida nanomahsulot va nanotexnologiyaga bo‘lgan biznes iqtisod eng 
rivojlangan tarmoqqa aylanadi. nanobiotexnologiyalar vositasida tibbiy xizmat 
rivojlanadi va inson sog‘lig‘ini saqlashda yangi imkoniyat paydo bo‘ladi. Jumladan, 
bugungi kunda yaratilgan jarrohlik nanotexnologiyalari og‘ir operatsiyalar va 
ularning salbiy oqibatlarining oldini olmoqda. Xususan lazer qaychilari odam 
organizmining yalliqlangan joyidagi yarani hech qanday qiyinchiliksiz olib 
tashlamoqda.(Burun, jigar va boshqa organlardagi o‘simta). 2020 yillarda 
nanotexnologiyalar yordamidagi operatsiyalar yanada takomillashishi, inson tomir 
va to‘qimalarida harakatlanib, kasallangan hujayrani topib, o‘ldiradigan 
nanojarrohlarni yaratish ko‘zda kutilmoqda. Bunda organizmga 20 mingta 
nanorobortlar in’yeksiya orqali yuboriladi, nanorobortlarning hajmi bitta bakteriya 
hajmiga teng, bu nanorobortlar organizmning qaysi qismi yalliqlanganligi aniqlab 
shu parchani yo davolaydi yoki kesib tashlaydi.
Olimlar, 2020 yilda insonni avtomobil halokatidan saqlaydigan, kayfiyatini 
ko‘taradigan, organizmining qaysi qismi nosog‘lom ekanligidan xabar beruvchi 


nanokiyimlar yaratilib, ular oddiy magazinlarda sotilishi bashorat qilinmoqda. 
Barcha aloqa tarmoqlarini birlashtiruvchi globallashgan yangi aloqa tizimini 
o‘rnatish imkoni tug‘iladi. Biroq XX asrning boshida suv osti kemalari kir yuvish 
mashinalari, mobil telefonlari, rangli televizorlar, kompyuterlar, soatiga ikki ming 
km tezlikda uchadigan avialaynerlar, suv osti tunnellarining yaratilishiga insoniyat 
ishonmagan va ular yaratilgandan so‘ng foydalana boshlagan. Shu bois, 
nanotexnologiyalarnnig imkoniyatlariga ham hozircha shubha bilan qarash mumkin, 
lekin 2020 yilga juda oz vaqt qoldi, dushman to‘pponchasidan otilgan o‘qni boshqa 
tomonga yo‘naltiruvchi birinchi harbiylar kiyimlari esa yaratildi.
Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, 1975 yilda Toshkent Davlat Texnika 
universitetini tamomlagan Anvar Zohidov 2001 yilda Texas universiteti huzurida 
nanotexnologiya institutiga asos solishda ishtirok qildi. Hozirgi kunda u shu 
institutning direktor o‘rinbosari va “Nanosciyencye” jurnalining muharriri 
lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda. A.Zohidov ilk bor yorug‘lik ta’sirida 
qo‘zg‘atilgan zaryadlarning o‘zaro biriktirilgan fyulleren polimer tuzilmasidan 
o‘tishini va undagi fotokimyoviy jarayonlarni kashf qilgan. U fyulleren bilan 
o‘tkazgich polimerlar va ishqoriy metallar kompleks birikmalari asosida o‘ta 
o‘tkazgich fyulleridlarni va organik ferromagnit materiallarni birinchi marta sintez 
qilgan olim. 2003 yilda A.Zohidov nanotexnologiyalar sohasida erishgan yutuqlari 
uchun yilning OsiyoAmerika muhandisi unvoni bilan mukofotlangan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin