1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/130
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#182477
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   130
1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi

Axborot texnologiyasi
– bu axborotni tanlash, jamg‘arish, tahlil qilish va 
foydalanuvchiga yetkazib berishga yo‘naltirilgan hisoblash texnikasi, elektr aloqa, 
informatika imkoniyatlarining uyg‘unligidir.
Ishlab chiqarish jarayoni zamirida yotuvchi har qanday texnologiyani 
ta’riflashda ishlov berish predmeti, usul va metodlarini, ishlab chiqarish qurollarini, 
ishlab chiqarish usullarining tavsifini ajratish mumkin. Texnologiya jarayon sifatida 
tartibga solingan va tashkil etilgan bo‘ladi. Ammo an’anaviy texnologiyalar 
moddiy-energetik omillarga tayansa, axborot texnologiyasi axborotga asoslanadi. 
Axborot texnologiyasining negizini moddiy emas, balki ideal omillar tashkil etadi. 
Axborot texnologiyasi axborotning aylanishi va unga ishlov berish jarayonlari 
majmui, shuningdek bu jarayonlarni tavsiflash deb ta’riflanadi
. Axborot, 
ma’lumotlarga ishlov berish va aylanish ob’yektlari hisoblanadi. Axborotga ishlov 
berish jarayonlarining texnologik marshrutlari va ssenariylarini tavsiflashning 
tarkibiy qismlarini yaratish mumkin. Shu bois axborot texnologiyasi tushunchasi 
ikki xil – nazariy va amaliy nuqtai nazardan talqin qilinadi. “Nazariy nuqtai nazardan 
axborot texnologiyasi ilmiy-texnik fan bo‘lib, uning doirasida axborot aylanishi va 
unga ishlov berish avtomatlashtirilgan jarayonlarini ishlab chiqish va ulardan 
foydalanish muammolari tadqiq qilinadi. Amaliy nuqtai nazardan axborot 
texnologiyasi axborot aylanishi va unga ishlov berish avtomatlashtirilgan jarayonlari 
majmui, muayyan sohaga bog‘liq bo‘lgan va zamonaviy texnik-iqtisodiy vositalarda 
amalga oshirilgan mana shu jarayonlarning tavsifidir
55
.
Hozirgi zamon axborot texnologiyasi o‘tmishning telegraf, telefon, radio, 
televideniye singari texnik yutuqlaridan foydalanadi. Ilmiy-texnik tajribadan kelib 
chiqib axborotni mashina o‘qiydigan tashuvchilarda jamg‘arish vositalari yaratildi. 
Bunday vositalar vaqt va makonda biron-bir cheklashlarsiz axborotni yer 
kurrasining istalgan nuqtasiga yetkazishni ta’minlaydi. Nihoyat, belgilangan 
algoritmlar bo‘yicha kompyuterlar yordamida axborotga avtomatlashtirilgan ishlov 
berish texnologiyasi ishlab chiqildi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin