Axborotlashgan jamiyati konsepsiyasi
(mualliflari – Ye. Masuda, D.
Martin, G. Molitor va b.) hozirgi zamon fanida muhim o‘rin egallaydi. U
industrial
va postindustrial jamiyat konsepsiyasi o‘rnini egallagan bo‘lib, informatika va
axborot texnologiyasi jamiyatning ijtimoiy tuzilishini, ishlab chiqarish kuchlarini
o‘zgartirish, yaxlit axborot sanoatini vujudga keltirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi
.
Ayrim rivojlangan mamlakatlarda axborotlashgan jamiyatni qurish davlat dasturlari
qabul qilingan. Bunday dastur, masalan, Yaponiyada qabul qilingan. Uni yapon
olimi Ye. Masuda o‘zining «Axborotdan dunyo miqyosida foydalanishning yangi
davri» va «Axborotlashgan jamiyat – postindustrial jamiyat» asarlarida bayon etgan.
Dunyoda axborotlashgan jamiyat rivojlanishining nazariy asoslarini XX asrning 70-
yillari oxiri va 80-yillarning boshida axborotlashgan jamiyatning shakllanishi va
rivojlanishi haqidagi yangi konsepsiyalarda ijtimoiy taraqqiyotning asosiy omili
ishlab chiqarish va axborotlardan unumli foydalanish zarurligi ta’kidlanadi.
Z.Bjezinskiy, D.Bell, E.Toffler
56
jamiyat taraqqiyotini “bosqichlar almashinuvi”
55
Мамфорд Л. Миф машинқ. Техника и развитие человечества. -М.: Логос, 2001. –С.58
56
Бзежинский З. Великая шахматная доска. -М.: Международнқе отношения, 1998. –С.-254.; Белл Д.
sifatida o‘rganar ekanlar, axborotlashgan postindustrial jamiyat taraqqiyotini,
qishloq xo‘jaligi, sanoat va boshqa iqtisodiy xizmat sohalaridan keyin keluvchi
“to‘rtinchi” iqtisod axborotlashgan sektorining ustuvorligi bilan bog‘laydilar. Ular
industrial jamiyatning asosi – kapital va mehnat o‘z o‘rnini axborotlashgan
jamiyatda axborot va bilimga bog‘liq deb hisoblaydilar. Boshqa ba’zi
nazariyotchilardan farqli o‘laroq bu olimlar inqilobni ijtimoiy – siyosiy harakat
natijasi sifatida emas, balki jamiyatning sinfiy tuzilishini ijtimoiy nodifferensial
“axborotlashgan jamoa” bilan almashtiruvchi “axborotli portlash”ida ko‘radilar.
E.Toffler kelajakni “axborotlashgan redusionizm” asosida tahlil qiladi:
industrializmdan yangi postindustrial sivilizatsiyaga o‘tish kompyuter inqilobi
asosida axborot texnologiyalarining hukmronligi bilan amalga oshiriladi. Bu ishlab
chiqarish uslubi innovatsiyalari turmush tarzi va madaniyat bilan boshqariladi va
hozirgi zamon global muammolarini hal qilishga harakat qiladi.
“Uchinchi to‘lqin” asarida E.Toffler “postindustrial jamiyat”ga o‘tish
manzarasini yoritadi, ya’ni “to‘lqinlar – bu tarix to‘lqinlari bo‘lib, uni insoniyat o‘z
taraqqiyoti jarayonida o‘tib, sivilizatsiyani yaratadi
57
. Bir – biridan keyin keluvchi
bu to‘lqinlar uch harakatdan iborat tarix dramasini ko‘rsatuvchi fanni yaratadi: uch
sivilizatsiya to‘lqini; industrial jamiyatgacha bo‘lgan (agrar) sivilizatsiya, industrial
(sanoat) sivilizatsiya, va jamiyat infratuzilmasini va kishilar turmush tarzini
o‘zgartiruvchi axborot texnologiyalar asosida postindustrial (kompyuter -
axborotlashgan) sivilizatsiyadir
58
. Bunda E.Toffler bugungi kun uchun radikal,
yangi bo‘lgan va kelgusi avlod turmushini tubdan o‘zgartiradigan axborotlashgan
jamiyat elementlarini bayon etadi.
G.Makluyen
“Axborotlashgan
jamiyatni
elektron
(audiovizual)
kommunikatsiya g‘alabasi sharoitida shaxsning intellektual qobiliyati va ijodiy
xarakterini oshiruvchi individ davri”
59
deb ta’rif beradi. U elektron inqilob hayotni
o‘zgartiradi deb hisoblaydi.
A.Turen fikricha, axborotlashgan jamiyat tushunchasi haqida so‘z borganida
asosiy e’tiborni iqtisodiy munosabatlarga qaratish zarur. U telekommunikativ –
axborot inqilobi jarayonida investisiyaning boshqarish siyosatidagi o‘zgarishlarga
alohida ta’sirini ta’kidlaydi. U axborotlashgan jamiyatda boshqaruvni axborot va
kommunikatsiyalarning
murakkab
tizimini
qo‘llash
qobiliyatini
ko‘radi,
postindustrial jamiyat iqtisodiy tizim elementlarining jamiyatning o‘zidagi
harakatlarga tegishli ekanligini tan oladi. Bu harakatlar doim ham ongli iroda
shaklida amalga oshmaydi, shuning uchun bu jamiyatni u dasturlashgan jamiyat deb
ataydi.
A.I.Rakitov «Axborotlashgan jamiyat ijtimoiy tuzilmalaridagi keskin
o‘zgarishlar axborotlashgan faoliyatning va boshqarishning barcha sohalarida
avtomatlashtirish va robotlashtirish jarayonining shakllanishiga olib keladi”
60
, deb
Грядущее постиндустриальное общество. Опқт социального прогнозирования. -М.: Akademia, 1999. –95 с.:
Тоффлер Э. Шок будущего -М.: АСТ, 2001. -560 с.: Тоффлер Э. Третья волна -М.: АСТ, 1999. -784 с.
57
Тоффлер Э. Третья волна. –М.: АСТ, 1999. –С.398.
58
Там же, -С.396.
59
Маклуэн Г. Коммуникационная революция. -М.: Наука, 2000. –С.75.
60
Ракидов А.И. Философия компьютерной революции -М.: 1991. –С.217.
ta’kidlaydi. Binobarin, axborotlashgan jamiyat rivojlangan bo‘lsada, hali u
mukammallikdan yiroq. Bu nazariyaning tarafdorlari sivilizatsiyaning yangi holatini
uning alohida belgilarini tahlil qilgan holda aniqlashga intiladilar, bunda asosiy
e’tibor jamiyatga ijtimoiy bir butunlik sifatida belgilanmaydigan hodisalarga
qaratiladi.
Axborot jamiyatining ishchilari mashinaga tobe bo‘lmaydi. Ular ishga erkin,
oqilona yondashadi, muayyan mahorat va bilimga ega bo‘ladi. Mehnatni
avtomatlashtirish davrida informatika insonni turg‘un, katta mehnat sarfini talab
etuvchi, og‘ir jismoniy va aqliy mehnatdan xalos etadi, uning tafakkurini
kuchaytiradi. Informatika mehnatning juda ko‘p turlari samaradorligini keskin
oshirish imkonini beradi, insonni yangi hodisalar doirasiga, yangi bilim sohalariga
olib kiradi. Inson mehnati tobora intellektual mazmun kasb etib boradi. Mehnatning
intellektuallashuvi axborotlashgan jamiyatdagi mehnatning o‘ziga xos jihatlaridan
biridir.
Mehnatning intellektuallashuvi uning «ilmiylashishi»da o‘z aksini topadi.
Ishlab chiqarishda foydalaniladigan bilimlar tarkibida ilmiy bilimlar salmog‘i oshib
boradi. Mehnat jarayonida ilmiy bilimlardan foydalanilishi, mehnatning
intellektuallashuvi, ishchining bevosita texnologik jarayondan erkinligi darajasining
ortishi shaxs o‘z ijodiy qobiliyatini namoyon etishiga imkoniyat yaratadi va uning
mehnatiga ijodiy mazmun baxsh etadi, mehnat sharoiti yaxshilanadi. Ishlab
chiqarishni axborotlashtirish va avtomatlashtirishning rivojlanishiga qarab,
ishchining ijodi ham takomillashib boradi. Qayta tuzish qiyin bo‘lgan dasturlar
yordamida boshqariladigan robotlar faoliyat ko‘rsatgan davrda inson o‘z ish joyidan
erkin bo‘lmagan va uning ijodiy yondashuvi cheklangan edi. Adaptiv boshqaruvli
robotlar ish tizimlarini tez tuzatish imkonini berdi va ishchilar o‘z ijodiy salohiyatini
namoyon etish uchun bo‘sh vaqtga ega bo‘ldi. Intellektual funksiyalarni
boshqaruvchi robotlarning yaratilishi xodimlarning yangi texnologiyalar va texnika
vositalarini takomillashtirish va kashf etish bo‘yicha ijodiy qobiliyatlarini namoyon
etishi, ishlab chiqarish jarayonini oqilonalashtirish uchun shart-sharoit yaratadi.
Ma’lumki, yangi texnologiya va texnikani o‘zlashtirish ijtimoiy-siyosiy hayotga
bevosita bog‘liq. Ular odamlar ijod qilishi va tashabbus ko‘rsatishi uchun qulay
shart-sharoit yaratishi lozim. Axborot texnologiyasi yordamida ilmiy bilimlar
formallashtiriladi va ayni vaqtda ma’lumotlarni ifodalashning ko‘rgazmali shakllari
(sxemalar, grafiklar)dan foydalaniladi..
Axborotni kiritish, unga ishlov berish, uni saqlash va berish uchun fanda
avtomatlashtirilgan axborot-qidiruv tizimlari-mantiqiy, matematik, lingvistik va
texnik vositalarning o‘zaro bog‘liq majmuidan keng foydalanilmoqda. Bunda
avtomatlashtirilgan axborot- qidiruv tizimiga qo‘yiladigan talablar yo tadqiqot
ob’yekti tomonidan, yo mazkur fan sohasining nazariy negizi va axborot-texnika
vositalari yordamida shakllanadi. Bunday tizimlar matematik usullar va algoritmlar
majmui shaklida matematik ta’minlash vositalariga ega bo‘ladi. Mazkur vositalar
eksperimentlarning natijalariga ishlov beradi, qarorlar qabul qilish usullari va
algritmlarini belgilaydi. O‘ta murakkab hodisalar va jarayonlarni tadqiq qilishga
fanning o‘tishi, qisqa muddatda aniq natijalarga erishish talabining qo‘yilishi fanda
eksperimentlar o‘tkazish va ularning natijalariga ishlov berishni avtomatlashtirishni
taqozo etadi.
Kompleks muammolarning yechimini topish uchun axborot vositalarini keng
jalb qilgan holda bilishning boshqa vositalari yaratiladi, umumiy qonuniyatlarni
ifodalovchi yangi darajadagi kengroq va chuqurroq umumlashtirish amalga
oshiriladi. Bunda alohida, umumilmiy tushunchalar turkumi: tizim, struktura,
element, boshqaruv, modeldan foydalaniladi. Bu turkumga informatika
tushunchalari: algoritm, ma’lumotlar banki, axborot va boshqalar qo‘shiladi.
Pirovard natijada turli fanlarning tushunchalarini o‘zaro taqqoslash va umumiy ilmiy
tilni ishlab chiqish imkonini beruvchi konseptual sxema yaratiladi. Alohida bilim
shakli – kompleks bilim yuzaga keladi. Kompleks bilim hajmi tadqiqotda ishtirok
etayotgan fanlarning bilim hajmidan ko‘proq bo‘ladi va tadqiq qilinayotgan ob’yekt
mohiyatini bilimning boshqa darajasida aks ettiradi.
Shu narsa diqqatga sazovorki, informatika fanlarning o‘zaro aloqasida,
umumiy ilmiy tilni ishlab chiqishda ishtirok etibgina qolmasdan, balki ilmiy
bilimning mustaqil sohasi sifatida boshqa fanlar bilan o‘zaro ta’sirga kirishib, ilmiy
bilimning yangi sohalari – axborot psixologiyasi, mexatronika, axborot iqtisodiyoti,
ijtimoiy informatika va boshqalarni vujudga keltiradi.
Hozir axborot (kompyuter) psixologiyasi mustaqil fan sohasi sifatida faol
rivojlanmoqda. U shiddat bilan takomillashib borayotgan axborot texnikasi, axborot
oqimlarining ko‘payishi va murakkablashishidan insonning qo‘rqishi, kompyuter
bilan muloqotni odamlar bilan muloqotdan ustun qo‘yishi, kompyuterda ishlashda
odamlarning toliqishi («kiberkasallik») sabablarini tahlil qilishni nazarda tutadi.
Dostları ilə paylaş: |