1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi
Dialog murakkab, rang-barang mazmunga boy va tushunish bilan uzviy bog‘liq o‘zaro aloqa shaklidir. Dialogda insonning ikki tabiiy intilishi: aytish va o ’zini eshitishlariga erishish, shuningdek, tushunish va tushunilishga intilish ro‘yobga chiqadi. 0’z-o‘zidan ravshanki, buni amalga
oshirish usuli falsafani amalga oshirish usuliga o‘xshashdir. Shu sababli bu usulni
izlash falsafaga, aniqrog‘i uning asoslari, ya’ni antik falsafaga murojaat etishni
nazarda tutadi.
Antik davrda nafaqat boqiy falsafiy masalalar qo‘yilgan, balki bu masalalami
echish usuli ham yaratildi. Bu usul dialogdir. Dialog muammosining o‘zi ham
«boqiy masalalar»dan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Butun falsafiy va ilmiy tafakkur
tarixi mobaynida bu masalaga murojaat etish o‘zining turg‘unligi bilan ajralib turadi.
Tushunish jarayoni doim dialog ko‘rinishini kasb etadi, chunki tushunish
muloqot (ko‘pincha bilvosita muloqot) bilan uzviy bog‘liq bolib, «subektlar
uchrashuvi»ni nazarda tutadi. Tushunish - bu doim shaxslar, matnlar, fikrlar,
madaniyatlar va hokazolar dialogidir. So‘nggi yillarda ijodiy fikrlash va tushunish
asosi sifatidagi dialog muammolariga qiziqish sezilarli darajada kuchaydi. Bu bejiz
emas. Zero, Baxtin ta’biri bilan aytganda, dialogik munosabat, inson nutqi va
hayotining barcha munosabatlari va ko‘rinishlarini, umuman, ma’no va mazmun
kasb etuvchi hamma narsalami qamrab oluvchi universal hodisadir.
Subektlaming bir-birini bilishi va o‘zaro til topishi aynan dialogda amalga
oshadi. Bu jarayonda ikki subektiv dunyoning har biri o‘z teran ma’nolarini
namoyon etadi. Ijtimoiy fanlarda dialog mantiqi ko‘p jihatdan eksperiment o‘mini
bosadi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Davrimizning ko‘pgina muammolarini
yechishda dialog muhim rol o‘ynaydi. Bu ijtimoiy tafakkur sohasida ham o‘z aksini
topadi. Bu yerda uning ahamiyati shundaki, ikki odam uchrashib, o‘zaro fikr
almashar ekan, ikki dunyo, ikki dunyoqarash bir-birining qarshisida namoyon
bo‘ladi va ulaming birortasi ham shak-shubhasiz haqiqiy hisoblanmaydi. Har kim
bu dunyo haqida o‘z so‘zini aytish huquqiga egadir.
So‘nggi davrda har xil sabablarga ko‘ra so‘zlashish, bahslashish, og‘zaki
tarzda munozara qilish «san’ati» yana birinchi o‘ringa chiqmoqda. Natijada