1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/130
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#182477
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   130
1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi

2. Empirik dalilning xossalari.
Empirik dalillar fanda ilmiy nazariyalar 
tayanadigan empirik bazisni hosil qiladi.
Empirik darajaning ichki tuzilishida 
kamida ikki kichik daraja farqlanadi: a) bevosita kuzatishlar va eksperimentlar. 
Kuzatish ma’lumotlari ulaming natijasi hisoblanadi; b) bilish amallari. Ulaming 


yordamida kuzatish ma’lumotlaridan empirik bog‘lanishlar va dalillarga o‘tish 
amalga oshiriladi. 
Kuzatilgan dalil - bu ikki qismdan iborat bo ’Igan da ’vo.
Dalil 
tavsifi - muayyan sharoitlarda kuzatish mumkin bo‘lgan narsa yoki hodisa tavsifi. 
Kuzatishni o ’tkazish sharoitlari
— 
bu da ’voning birinchi qismida tavsiflangan 
narsa yoki hodisani qaysi sharoitlarda kuzatish mumkinligining tavsifi.
Hozirgi zamon epistemologiyasida «nazariya - dalil» munosabatiga nisbatan 
ikki asosiy yondashuvni farqlash mumkin. Ulardan birining zamirida yotuvchi 
g‘oyani muxtasar tarzda quyidagicha ta’riflash mumkin: ilmiy dalillar nazariyadan 
tashqarida yotadi va unga mutlaqo bog‘liq bo‘lmaydi. 
Ikkinchi konsepsiya qarama-qarshi fikrga tayanadi: ilmiy dalillar nazariya 
doirasida yotadi va u bilan to‘liq belgilanadi. 
Ikkinchi nazariya tarafdorlari dalilning mustaqilligiga, uning nazariyaga 
qaram emasligiga havola qiladilar. Agar dalil deganda ishlaming amaldagi holatini 
tushunadigan bo‘lsak, uning nazariyadan mustaqil ekanligi aniq va ravshan. Dalil 
hissiy obraz sifatida talqin qilingan holda, hissiy idrokning tildan mustaqil 
ekanligiga urg‘u beriladi. Muayyan gaplar sifatidagi dalillar to‘g‘risida so‘z 
yuritilgan holda esa, ushbu gaplar nazariya gaplari bilan taqqoslaganda alohida 
xususiyat kasb etishiga e’tibor qaratiladi: bunday gaplar yo «sof» hissiy yoM bilan 
idrok etilgan narsa yoki hodisani ifodalaydi, yo kuzatish atamalarini o‘z ichiga oladi, 
yo o‘ziga xos tarzda verifikatsiya qilinadi. Barcha hollarda mazkur nazariya dalillar 
va nazariyani bir-biriga keskin qarama-qarshi qo‘yadi va bu epistemologiyada turli-
tuman oqibatlarga olib keladi. Xususan, mazkur nuqtai-nazar bir-birining o‘rniga 
keluvchi nazariyalarga nisbatan dalillar va kuzatish tilining bir variantliligini 
tasdiqlaydi. Ilmiy bilimning rivojlanishini tushunishda primitiv kumulyativizm bir 
variantlilikning e’tirof etilishi bilan uzviy bog‘liq. Aniqlangan dalillar g‘oyib 
bo‘lishi yoki o‘zgarishi mumkin emas, ular faqat to‘planishi mumkin, bunda 
dalillaming qimmati va mazmuniga ulami saqlash muddati ta’sir ko‘rsatmaydi: 
aytaylik, Fales tomonidan aniqlangan dalillar o‘zgarmagan ko‘rinishda bizgacha 
yetib kelgan. Bu nazariyaning bilishdagi roliga past nazar bilan qaralishiga va uning 
instrumentalistik nuqtai nazardan talqin qilinishiga olib keladi. Ishonchli, 
asoslangan, saqlanadigan bilim - bu faqat o‘zgarmas dalillami bilish, demak, 
bilishda o‘zgaruvchan, o‘tkinchi bilimlaming barchasi faqat dalillami kashf etishga 
yordam bergani uchun ham ahamiyatga ega bo‘ladi. Nazariyaning qimmati faqat shu 
bilan belgilanadiki, u o‘zidan keyin bir nechta yangi dalillar haqidagi bilimni 
qoldiradi. Ushbu talqinda dalillar nazariyani qamrab oladi. Ko‘rib turganimizdek, 
mazkur konsepsiya olim va uning nazariyasiga ancha passiv rolni ajratadi. Dalillar 
va ulaming birikmalari bilish jarayoniga qadar mavjud bo‘ladi va biluvchi 
subektning vazifasi faqat ulami qayd etishdan iboratdir. To‘g‘ri, nazariya yangi 
asboblar va vositalarning ishlab chiqilishini rag‘batlantirishi ham mumkin, ammo 
bu olimlar tomonidan aniqlanayotgan dalillar doirasini faqat kengaytiradi yoki ulami 
yanada to‘g‘ri aniqlash uchun imkoniyat yaratadi. Bunda olim tabiatdanfotografik 
aniqlik bilan nusxa ko‘chiruvchi musavvirga ,o‘xshab qoladi va lining barcha badiiy 
vositalari faqat bitta maqsadga - portretni originating ko‘zgudagi aksiga 
aylantirishga qaratiladi. 



Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin