«yangilik kiritish» tushunchalarining o‘zaro uzviy aloqadorligi to‘g‘risida gapirish
to‘g‘ri bo‘ladi. Zero, yuqorida ta’kidlanganidek, qator tadqiqotlarda innovatsiya va
yangilik kiritish sinonimlar sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq bu holatda ham yangilik
kiritish «o‘zgarish»ga bo‘ysundirilgan tushuncha hisoblanadi.
Masalan, X.Bamett yangilik kiritishni madaniy o‘zgarishjarayonlarining
asosiy mexanizmi sifatida talqin etgan edi
90
.
A.I.Prigojin fikricha esa, «yangilik kiritish maxsus mexanizm sifatida ko‘plab
aniq maqsadga yo‘naltirilgan o‘zgarishlarda o‘z o‘rniga ega»
91
. Shunday qilib,
innovatsiya tushunchasining genezisi va uning zamonaviy adabiyotlardagi
ta’riflarining tahlili innovatsiyani kulturologik diskursda madaniyatga tashqi
omillarni kiritish va uning tarkibida yangilikni qaror toptirish mexanizmi sifatida
yuzaga kelib XXI asrda texnik-iqtisodiy muammolar doirasida yangilikni obektiv-
lashtirish, madaniyat ichki salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan mexanizm
sifatida ta’kidlash imkonini beradi.
Innovatsiyaning «ixtiro», «kashfiyot» tushunchalari bilan o‘zaro
munosabatining semantik tahlili uning kreativ-nazariy jihatini aks ettirsa,
innovatsiyaning yangilik kiritish bilan o‘zaro munosabatining shunday tahlili -
predmetli-amaliy xarakterini, uning «o‘zgarish» va «yangilik» tushunchalariga
tatbiq etilishi esa, innovatsiya kategorial mazmunining yo‘nalganligini ochib beradi.
Shunga muvofiq tarzda, innovatsiyaning asosiy funksiyasi madaniy muhitda ijobiy
o‘zgarishlarni keltirib chiqarish va unda keng aks-sado topishda namoyon
bo‘ladigan subekt kreativ-nazariy va predmetli-amaliy faoliyatining birligi sifatida
ta’riflash maqsadga muvofiqdir.
Tahlil XX asr ilmiy diskursida innovatsiya fenomenini tadqiq etish texnik-
iqtisodiy kontekst doirasidan tashqariga chiqmaganini ko‘rsatadi. Xususan, bunga
muvofiq innovatsiyani ishlab chiqarish strukturasida iqtisodiy foyda keltiruvchi
texnologik yangilik sifatida tushunish keng tarqalgan. Shuning uchun, ilmiy muhitda
texnik-iqtisodiy paradigma tushunchasi paydo bo‘ladi. Bu tushuncha «imtiyozi
nafaqat mahsulotlar va tizimlaming yangi diapazonida, balki ko‘proq ishlab
chiqarishga jalb etish mumkin bo‘lgan mablag‘laming nisbiy strukturasidan
izlanishi kerak bo‘lgan o‘zaro aloqador texnik, tashkiliy va menedjerlik
innovatsiyalar to‘plami»
92
ni anglatadi.
Bugungi kunda internet so‘rovnoma natijalariga ko‘ra dunyoning eng
mashhur ixtirolari quyidagilar deb belgilangan:
Dostları ilə paylaş: