iboratki, u o‘zining ishonchliligini talqinlarining rang-barangligidan qat’i nazar
saqlab qoladi.
Dalil ba’zan tasodifiy narsalami ham o‘z ichiga oladi. Fanni avvalo, umumiy,
qonuniy narsalar qiziqtiradi. Ilmiy tahlil negizini bitta dalil emas, balki asosiy
tendensiyani aks ettiruvchi dalillar to‘plami tashkil etadi. Dalillar son-sanoqsizdir.
Ko‘p sonli dalillar orasidan muammoning mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lgan
ayrimlari oqilona tanlab olinishi lozim.
Biroq bunda amaliyot mezoni amalda insonning biron-bir tasavvurini to‘liq
tasdiqlash yoki inkor etishga qodir emasligini unutmaslik kerak. Bu mezon ham shu
darajada nomuayyanki, u insonga o‘z bilimlarini to‘ldmsh va rivojlantirishga muhtoj
bo‘lmagan uzil-kesil va to‘liq haqiqatga aylantirish imkonini bermaydi.
Dalillar ulami talqin qiluvchi nazariya, ulami
tasniflash metodi mavjud
bo‘lgan, ular boshqa dalillarga bog‘lab anglab yetilgan holdagina ilmiy ahamiyat
kasb etadi. Faqat o‘zaro bog‘Iangan va yaxlit ko‘rinishda dalillar nazariy
umumlashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Alohida va tasodifan,
hayotdan ajratib olingan dalillar biron-bir narsa yoki hodisani asoslashga qodir
emas. Noto‘g‘ri tanlab olingan dalillardan har qanday nazariyani tuzish mumkin,
biroq u hech qanday ilmiy ahamiyatga ega bo‘lmaydi.
Kogerent nazariyaga muvofiq «dalil» - bu biluvphi
subektning haqiqiy deb
tan olgan narsalaridir. Bunda subektning mavjud bo‘lgan ishonchlari sistemasi
(birgalikdagi) ichki kelishilgan sistema, deb qaraladi. F.Bekon o‘z bilish nazariy
asida empirik dalilaming ahamiyatini ulug‘laydi. Uning fikricha, «Sof empirik olim
chumoliga o‘xshab faqat dalillami yig‘ishi va ular bilan kifoyalanadi, sof rasionalist,
nazariyotchi esa, aksincha, dalillarga e’tibor bermay, o‘rgimchakka o‘xshab o‘z-
o‘zidan nazariy to‘r to‘qiydi, biroq haqiqiy olim asalariga o‘xshab har xil gullardan
material yig‘adi va ulami o‘z ixtiyoriga ko‘ra tasarmf etadi».
70
Bunda mazkur
dalillar yordamida nazariyaga
aniqlik kiritish yoki aksincha, uni eskirgan va o‘z
ahamiyatini yo‘qotgan deb topish talab etiladi. Ayni shu ma’noda, ilmiy dalil
empirik bilishning natijasi hisoblanadi. Biroq dalillar nazariyani belgilamaydi, balki
nazariya o‘zining anglab etilgan tajribasiga kirishi mumkin bo‘lgan u yoki bu
dalillami tanlaydi. Shuning uchun ham A.Eynshteyn «Fan dalillardan boshlanishi va
boshlanish bilan tugallanish o‘rtasida qanday nazariy tuzilmalar bo‘lishidan,
tuzilishidan qat’i nazar, dalillar bilan yakunlanishi lozim»,
71
degan xulosaga keladi.
Mazkur fikr muayyan darajada to‘g‘ri. Chunki ilmiy dalil o‘zining ishonchliligini
talqinlarining rang-barangligidan qat’i nazar o‘z mazmun-mohiyatini saqlab qoladi.
Dalillami umumlashtirish tahlil, sintez qilish, tiplarga ajratish, birlamchi tushuntirish
sxemalaridan foydalanish va hokazolar asosida amalga oshiriladi. Dalillar saralab
olingani, tasniflangani, umumlashtirilgani va tushuntirilganidan
keyingina ilmiy
ahamiyat kasb etadi.
Fanning rivojlanishida dalillaming muhim roli to‘g‘risida so‘z yuritar ekan,
V.I.Vemadskiy shunday deb yozgan edi: «Ilmiy dalillar ilmiy bilim va ilmiy ishning
asosiy mazmunini tashkil etadi. Ular, agar to‘g‘ri aniqlangan bo‘lsa, shak-shubhasiz
70
Qarang. Бэкон Ф. Сочинения в 2 т-х. - М.: Мысль, 1977. - 567 с.
71
Эйнштейн А. Теория относительности. Избранние работы. - Ижевск: Научно-изд. центр «Регулярная и
хаотическая динамика», 2000. - 224 с.
va hamma uchun majburiydir. Ular bilan bir qatorda asosiy shakli empirik
umumlashtirishlar bo‘lgan muayyan ilmiy dalillar tizimlari farqlanishi ham
mumkin».
Ilmiy dalil - bu faqat voqea tavsifi yoki o‘lchangan kattalik emas, balki boshqa
ko‘p sonli ma’lumotlar hamdir: dalil qachon, qay tarzda va kim tomonidan qayd
etilgan, u boshqa qaysi voqealar, dalillar, tadqiqotlar bilan bog‘langan va hokazo.
Dostları ilə paylaş: