1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja


Dalilning uch tarkibiy elementi bir-biri bilan uzviy bog ’liq va ulami bir-



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/130
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#182477
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   130
1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi

Dalilning uch tarkibiy elementi bir-biri bilan uzviy bog ’liq va ulami bir-
biridan ajratish dalilning buzilishiga olib keladi. O‘z-o‘zidan ravshanki
dalilning lingvistik tomoni uning moddiy-amaliy tomoniga ta’sir ko‘rsatadi.
Gapda voqelikning muayyan fragmenti haqidagi tasavvurlar ifodalanadi va ushbu 
tasavvurlar mazkur fragmentni tadqiq etish uchun asboblar va vositalar ishlab 
chiqilishiga turtki beradi. Agar dalilga uning uchala tomoni birligi nuqtai nazaridan 
yondashadigan bo‘lsak, unga nisbatan haqiqat tushunchasini odatdagi ma’noda 
qo‘llash mumkin bo‘lmasa kerak, zero, ilmiy dalil voqelikning in’ikosi bo‘lish bilan 
bir vaqtda, muayyan madaniyat moddiy va ma’naviy yutuqlari, dunyoni bilish va 
uni amalda o‘zlashtirish usullari, uning dunyoqarashi va voqelik haqidagi 
tasawurlarining ifodasi hamdir. Bundan dalillaming ijtimoiy-madaniy nisbiyligi 
kelib chiqadi. Masalan, metallar qizdirilganda ulaming vazni ko‘payishi vazn 
nimaligini bilmaydigan madaniyat dalili bo‘lmaydi. Falsafa nuqtai nazaridan bu real 
dunyo predmetlarining muayyan xossasi yo mazkur madaniyatda o‘z aksini 
topmagani, yo boshqa dalillarda aks ettirilganini anglatadi. 
Agar dalilning murakkab strukturasini hisobga oladigan bo‘lsak, dalillaming 
«kashf etilishi» to‘g‘risida gapirish o‘rinli bo‘lmaydi. Tabiat oldindan tayyorlagan 
dalillami inson «kashf» etmaydi, balki tabiatga faol ta’sir ko‘rsatadi va unga o‘z 
amaliy vazifalari nuqtai nazaridan yondashib, o‘z shaxsi va faoliyati muhrini bosadi, 
xususan, dunyoni bilish va o‘zgartirish ma’naviy va moddiy vositalarini kashf etadi 
va takomillashtiradi, o‘zi yaratgan konseptual vositalar yordamida voqelikni 
vaziyatlar va holatlarga ajratadi. 
Dalillar inson faoliyati natijasi sifatida, uning dunyoga faol ijodiy ta’sir 
ko‘rsatishi mahsuli sifatida yuzaga keladi. Dalil paydo bo‘lishi uchun muayyan 
gapni ta’riflashning o‘zi kifoya qilmaydi. Bundan tashqari, dalilning moddiy-amaliy 
tomonini yaratish va uning uchala tarkibiy elementini ham bir-biri bilan muvofiq 
holatga keltirish talab etiladi. Bu uzoq davom etadigan murakkab jarayon oddiy 
nusxa ko‘chirishdan ham ko‘ra ko‘proq ijodiy jarayonni eslatadi. 
Dalilni (yoki dalillami) aniqlash ilmiy tadqiqotning zaruriy sharti hisoblanadi. 
Dalil - bu moddiy yoki ma’naviy dunyoning inson bilimining sinashta unsuriga 
aylangan hodisasi, bu muayyan hodisa, xossa va munosabatning qayd etilishidir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin